Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
Download 1.49 Mb.
|
PQ-332 25.07.2022
tashabbuskor (buyurtmachi) — loyiha tashabbuskori bo‘lgan davlat organlari, budjet tashkilotlari, yuridik yoki jismoniy shaxslar;
investitsiyaviy loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida investitsiya jalb qilinishi yoki amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyiha; infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha; loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (texnik topshiriq) — loyiha uchun ishlab chiqilayotgan loyihaoldi hujjatlarining asosiy yo‘nalishlari, uning texnik tavsifi, sifat ko‘rsatkichlari va texnik-iqtisodiy talablari, hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur taomillarni bajarish va ularning tarkibi bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, boshqa maxsus talablarni belgilovchi hujjat; ishlab chiquvchi — tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki shartnoma asosida jalb qilingan, agar qonunchilikda mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish nazarda tutilgan bo‘lsa, tegishli sohada obyektlarni loyihalashtirishga litsenziya olgan, loyihaoldi yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi ijrochi; texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (TIA/TIHK) — loyihaning umuman eng ko‘p miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini ko‘rib chiqilgan moliyalashtirishning dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar; ishchi loyiha (IL) — eng ko‘p qiymat aks etgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishchi hujjatlar bo‘lgan hamda ishchi chizmalardan tashkil topgan loyiha hujjati; ishchi hujjatlar — alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab obyektlar bo‘yicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalari bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga esa o‘lcham sxemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi, shuningdek, ish haqi va asosiy qurilish materiallari xarajatlari va ularning qiymatlari (loyiha smetasi) ko‘rsatilishi lozim. Qoidaga ko‘ra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi; Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling