Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


xalqaro moliya institutlari (XMI)


Download 1.49 Mb.
bet4/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

xalqaro moliya institutlari (XMI) — davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) — O‘zbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni amalga oshirayotgan xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) dunyo bozorlarining rivoji, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish va mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy texnik-texnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, investitsiya loyihalari tashabbuskori bo‘lgan tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;
strategik foydali qazilmalar — oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir yer elementlari, temir, marganets, qimmatbaho toshlar, hamda uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat) va ular bilan bog‘liq komponentlar, sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, ko‘mir, yonuvchi slanetslar;
oltin izlovchilar usulida qazib olish — yer qa’ri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olish;
6. Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash ushbu Nizomga 1-ilovada berilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Hujjatlarni ishlab chiqish
7. Texnik topshiriq tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan ishlab chiqiladi. Texnik topshiriqning tarkibi va talablari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. Loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagi variantlar asosida amalga oshiriladi:
a) loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqilganidan so‘ng uning ishchi hujjatlarini tayyorlash;
b) ishchi loyihani ishlab chiqish.
9. Loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqish Markazda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlangan texnik topshiriq asosida hamda loyihani amalga oshirishning dastlabki manbalarini va moliyalashtirish shartlari bo‘yicha o‘rganishlarni inobatga olgan holda ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Loyihani amalga oshirish shartlariga qarab, loyihaoldi va loyiha hujjatlari quyidagi variantlardan biri asosida ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan sxemaga muvofiq ishlab chiqiladi:
a) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan o‘tkazgan holda TIA ishlab chiqish;
b) infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan o‘tkazgan holda TIHK ishlab chiqish;
v) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qo‘llaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yo‘l-transport, suv xo‘jaligi, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlari bo‘yicha — ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaga ega tashkilotlarda ekspertizadan o‘tkazgan holda ishchi loyihasini ishlab chiqish.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning boshqa turi ham belgilanishi mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling