Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rusalka”(Suv parisi) operasi
5.Opera ijodiyoti. Dargomijskiyning “ Rusalka” ( Suv parisi) operasi rus klassik musiqasi tarixida yangi sahifani ochdi. Bu birinchi rus xalq- maishiy musiqali dramasidir. Opera syujetini A.S.Pushkinning o’zi tavsiya qilgan. Dargomijskiy opera syujeti mazmuniga bir qator o’zgarishlar kiritib, qaytadan ishlab chiqib, syujet oxiriga knyaz o’limini olib kiradi.”Rusalka” mazmunining asosida ijtimoiy -ziddiyatlar ko’rinishi yotadi.
“Rusalka”(Suv parisi) operasi qisqacha mazmuni: Dnepr qirg’oqlari yonida tegirmon. Tegirmonchining qizi Natasha o’zining sevimli yori knyazni kutmoqda.Hayoli qochgan, parishon holda otasining” qanday qilib knyaz muxabbati orqali o’z foydasiga ulush olish”, kabi maslahatlarini eshitmoqda.Knyaz Natashani sevadi va unda ham o’zaro javobli muhabbat hissini uyg’otgan, lekin so’nggi paytlarda knyaz’ Natasha oldiga kamnamo qatnaydigan bo’ldi. Kunlarning birida knyaz’ xomush ahvolda paydo bo’lib, Natashaga qimmat taqinchoqni hadya qiladi va unga abadiy birga bo’la olmasliklarini va xayrlashishga kelganini aytadi. Ayriliqga sabab knyazning past tabaqadan bo’lgan oila qiziga uylana olmasligidir. Qalbi singan Natashaning knyazdan homilador bo’lganligi xaqidagi yangiligi ham knyazni to’xta olmaydi. Aqli hushini yo’qotgan Natasha bo’ynidan qimmatli taqinchoqni yulib olib, o’zini Dnepr daryosiga tashlaydi. Knyaz’ hurmat e’tiborga sazovor va moliyaviy ta’minlagan amaldor qizga uylanadi. To’y jarayoni mobaynida qaerdandir muxabbatdan aldangan qizning g’amgin qo’shig’i sadosi eshitilib turaveradi. 12 yillik turmush hayotidan so’ng ham Knyaz o’zini baxtsiz his qiladi. Natashaga so’ngmagan muhabbati uni Dnepr qirg’oqlariga chorlayveradi. Odatiy Dnepr qirg’oqiga kelgan paytida raqsga tushayotgan suv parilari knyazni payqab g’oyib bo’lishadi.O’tmishdagi muxabbatining afsusli nadomatlari knyaz qalbini emira boshlaydi. Kutilmaganda qarshisidan telbanamo- g’arib ahvolda telba bo’lib qolgan Natashaning otasi paydo bo’lib, knyazga vajohat bilan tashlanadi va undan qizini qaytarib berishini talab qiladi. Vaqtida etib kelgan ovchilar knyazni telba cholning istehkomidan qutqarib qolishadi. Ancha yillar o’tib Natasha Dnepr daryosi suvlari hukmdoriga aylangan bo’lsada, knyazga bo’lgan muhabbati so’ngmagan edi, ammo kemtik qalbining bir chekkasida undan qasos olish orzusi ham yo’q emasdi. Natasha o’zining farzand- qizi suv parisiga otasining unga qilgan bevafoligini aytadi va unga qirg’oqga chiqib, otasini makr ila daryoga chaqirishini tayinlaydi. Dnepr qirg’oqlari .Odatdagiday knyaz o’tmishdagi baxtli onglarini xotirlash uchun qirg’oq bo’yiga kelgan paytida, suvdan suv parisi chiqib knyazga uning farzandi ekanligi aytadi va uni daryoga chorlaydi. Knyaz’ uning orqasidan ketishga tayyor edi. Qirg’oq bo’yiga etib kelgan rafiqasi va uning xizmatkori Olga uni to’xtatishga harakat qilganlarida, knyazni undovchi Natashaning ovozi eshitiladi. Suv parilarining qahrli -kulgu sadolari ostida Knyaz suv parisi ortidan suv tagiga kirib cho’kadi . Opera syujeti mana shunday fojeali yakun topadi. “Rusalka” maishiy-turmushiy, lirik -dramatik reja asosidagi operadir.Uning markazida oddiy, insoniy drama yotadi. Dargomijskiy o’z qahramonlarining ruhiy kechinmalarini yaqqol tasvirlay olgan. Operaning birinchi qismida asosiy qahramon Natasha nozik, ehtirosli, hissiyotli, go’zal qiyofada aks ettirilgan. Operaning so’nggi qismlarida esa irodali va qasoskor qiyofada gavdalanadi. A.S.Pushkin qalamiga mansub “Kamenno’y gost”(Tosh mehmon) operasi boshqa yo’nalishda ketgan. Bu asar syujet mazmuni o’zgartirilmagan. “Kamenno’y gost” operasida Dargomijskiy operaning yangi yo’nalishda yaratilishini o’ziga maqsad qilgan holda, musiqaning adabiy -matn va sahna harakatlari rivojiga bo’ysunishiga qo’yib bergan. “Kamenno’y gost” operasining namoyishi birinchi bor Dargomijskiy xonadonida yangragan, bizga ma’lumki kompozitor bu operani yakunlashga ulgura olmagan. Kompozitorning vasiyati bilan opera Kyui tomonidan yakunlanib, Rimskiy- Korsakov tomonidan orkestrlashtirilgan. Glinka an’analarining davomchisi sifatida, Dargomijskiy ijtimoiy- siyosiy ko’rinishlar mavzusini ko’tarib chiqqan birinchi kompozitorlardan hisoblanadi. U ko’plab satirik, kinoyali va kulgili qo’shiqlar va lirik -dramatik romanslar avtoridir. Undan keyingi kompozitorlar ijodida Dargomijskiyning yo’nalishi salmoqli ahamiyatga ega. Chaykovskiyning psixologik, musiqali -drama va lirik- drama romanslari janrida Dargomijskiyning asoclari sezilib turadi. Dargomijskiy ijodiy yo’nalishining davomchisi- Musorgskiydir. Rus musiqa tarixida Dargomijskiy kompozitor- realist va “ Musiqiy xaqiqatning buyuk ustozi” sifatida muhrlanib qoldi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling