Иоганн Себастьян Бах


Hayoti va ijod yo’lining asosiy bosqichlari


Download 0.91 Mb.
bet112/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. Hayoti va ijod yo’lining asosiy bosqichlari. Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy 1813-yil 2 fevral kuni Tulsk guberniyasining Troitsk qishlog’ida tavallud topgan. 1817-yilda Dargomijskiylar oilasi Peterburgga ko’chib kelishadi. Peteburg shahri bilan kompozitorning butun hayoti bog’langan. O’quv ta’limini uy sharoitida ola bashlaydi. Kompozitorning ota- onasi bolalarda hayotga o’ychanlik bilan yondashishni, kuzatuvchanlikni, maqsadga intilishni va atrofdagilarga tanqidiy yondashishni, san’atga va adabiyotga bo’lgan muxabbat kabi xislatlarni shakllantirishgan. Dargomijskiy 6 yoshidan boshlab musiqadan saboq ola boshladi. Unga fortepiano ijrochiligining asoslaridan birinchi bo’lib iste’dodli va ma’lumotli muzikant Danilevskiy saboq bera boshlaydi. Keyinchalik Dargomijskiy skripkada chalishni va xonandalik sinfidan saboq ola boshlaydi. Bola 10 yoshligida rondo ,romans, variatsiya kabi ilk asarlarini yarata boshlaydi. Bolalikda yaratgan asarlaridan “Melanxolik vals”(G’amgin vals) “Kazachok” kabi asarlari juda ham ajoyibdir. F.Shoberlexner kabi mashhur pianinochidan olgan mashg’ulotlari Dargomijskiyga fortepiano ijrochiligining oliy ta’lim dunyosini ochadi. Uch yil mobaynida Shoberlexner o’zining o’quvchisida nafaqat fortepiano ijrochilik mahoratini rivojlantiribgina qolmay ,balki musiqa san’atidagi did va go’zallikka intilish kabi hislatlarni ham uyg’ota oldi. 1831-yilga kelib Dargomijskiy mahoratli pianinocha sozanda bo’lib etishdi. Mumtoz klassik an’analari ta’limotidan Dargomijskiy xonanda va pedagog B.Tseybix kabi o’qituvchi sinfida ham mashg’ulotlar olib borgan. B.Tseybix unga musiqa elementar nazariyasini ham o’rgatgan.
Shunday qilib 30- yillar boshida kompozitorning umuta’lim o’quv yillari nihoyasiga etdi. Dargomijskiy juda ham kuchli va mahoratli pianinochi va skripkachi sozanda hisoblanib, talaygina xonandalar undan mashg’ulotlar olar va uning maslahatlariga tayanar edilar.
Shu davrda Dargomijskiy skripka va fortepiano uchun ko’plab romanslar va kvartetlar yaratgan. Bu musiqiy asarlar nashriyotda bosilgan bo’lib, albatta ularda, kompozitorning hali etilmagan texnikasi sezilib turar edi. Kompozitor sifatida Dargomijskiy havaskor edi. Keyinchalik mashaqqatli o’z ustida ishlash jarayonida kompozitor etuklilikka erishadi U xalq musiqasi va mumtoz klassik musiqasini tahlil eta boshlaydi.
1834- yilda Dargomijskiy Davlat hokimiyati muassasida hujjat ishlarini yurituvchi lavozimida ishlagan .1836-yilda butun kollejlar kotibi lavozimida ishlaydi. 1843-yilda Davlat maslahatchisi lavozimidan iste’foga chiqadi.
1843- yilda Dargomijskiyning Glinka bilan tanishuvi uning hayotida katta muhim rol o’ynaydi. Oralaridagi 9 yoshlik farqga qaramasdan ular yaqindan do’stlashadilar. Birinchi rus operasi “ Ivan Susanin”ning yaratilishi Dargomijskiyning ko’z o’ngida sodir bo’lgan. Dargomijskiy Glinka qiyofasida buyuk inson, ko’p qirrali mahoratli musiqachi va uzoqni ko’ra bila oladigan insonni ko’rdi. Dargomijskiyning Glinka bilan tanishuvi uni kompozitorlik mahoratining asoslari ta’limotini chuqur o’rganishga etakladi va unda ijodiy yangi g’oyalarning tug’ilishiga turtki bo’ldi.
30- 40 yillar Dargomijskiyning ilk ijodiy davrlaridir. 1839 -yilda Dargomijskiy adib Gyugo qalamiga mansub “Sobor parijskoy bogomateri”(Parij Bibimaryam butxonasi) romani syujetiga “Esmeralda” operasini yaratadi. 8 yildan so’ng “Esmeralda”operasining sahna yuzini ko’rishi juda qiyin kechdi. Imperator teatrlari rahbarlarining o’z Vatani musiqasiga bo’lgan munosabati shunday edi. “Esmeralda”dan so’ng kompozitor talaygina vokal p’esalari, romanslar, qo’shiqlar, ariyalar, duetlar, trio, kvartet va “Vakxa tantanasi” kantatasini yaratadi. Bu kantata keyinchalik kompozitor tomonidan qayta ishlanib, opera- baletga aylantiriladi.Dargomijskiy romans janrida ham oliy badiiy mahoratga etishadi.Uning Pushkin she’rlariga yaratilgan “ Ya vas lyubil”(Sizni sevar edim),” Nochnoy zefir”(Tungi sabo), “V krovi gorit ogon jelanya”(Qonimda hohish alangasi yonmoqda), “Shesnadtsat let”(O’n olti yil) kabi romanslari shular namunasidandir.
40- yillar boshida Dargomijskiy o’z uyida o’tkazgan musiqali yig’ilishlarga ko’p vaqtini ajrata boshlaydi. Dargomijskiy Peterburgda tan olingan, xonandalik sinfi o’qituvchisi hisoblanib, uning atrofida ko’plab xonandalar to’planar edilar, ulardan ko’pchiligi keyinchalik mashhur artistlarga aylanishar edi. Mana shu kechki musiqiy tadbirlarda rus kompozitorlarining asarlari, asosan Glinka va Dargomijskiy asarlari ijro etilar edi. Xonandalar ijrosi xaqida Dargomijskiy shunday deb yozar edi “ Rus musiqasi bizda oddiy va dabdabasiz ijro etiladi” . Umrining oxirigacha u o’zining o’quvchilari bilan mashg’ulotlarni to’xtatmadi. Dargomijskiy o’z o’quvchilari tarbiyasida Glinka ijodi va an’analarini singdirishga harakat qilgan. O’z operalari namoyishi oldidan Dargomijskiy xonandalarga o’zi musiqiy partiyalarni o’rgatar va ularga badiiy to’g’ri oddiy va ifodali kuylashni ta’kidlab o’tar edi.
1843- yilda uning ilk romans va qo’shiqlar to’plami bosmadan chiqadi. Romanslar unga mashhurlikni olib keladi . 30- yillar oxiri Dargomijskiyning “Bolero” birinchi simfonik p’esasi yaratiladi.
1844- yilda Dargomijskiy xorijga chiqib Leyptsig, Vena, Bryussel, Parij kabi shaharlarda bo’ladi. Parijga safar qilishidan maqsad shaharning butunjahon musiqiy madaniyat markazi hisoblanishida edi. Xorijda ko’plab kompozitorlar va sozanda muzikantlar bilan tanishadi. Opera, kontsert va teatr namoyishlariga boradi. Xorij safari davrida Dargomijskiyda Glinka kabi o’z Vataniga muhabbat va sog’inch hissi uyg’onadi va u rus musiqasini yaratishni hohlaydi. 1845- yilda o’z Vataniga qaytib keladi.
Ijodiy davrining ikkinchi davriyasi boshlanadi, bu davrda kompozitor rassomchi -realist bo’lib etishadi . U o’zining Pushkin syujetidan olingan ijtimoiy xarakterdagi “Rusalka” (Suv parisi) operasini yaratishga kirishadi. Shu bilan bir qatorda Pushkin va Lermontov she’rlariga bir qator romanslar yozadi. Lermontov she’rlariga yozilgan romanslarda Dargomijskiy ijodida tanqidiy yo’nalish rivojlana boshlaydi.” I skuchno i grustno” “Mne grustno” romanslari shular jumlasidandir.
1853- yilda Dargomijskiy asarlari dasturidan tuzilgan katta kontsert juda ham omadli namoyish etiladi. Dargomijskiyning kompozitor kabi tan olinishi unga yanada ijodiy kuch- quvvat bag’ishlaydi va u rus milliy asarini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’yadi. “Rusalka” operasi ustida qizg’in ish boshlanib 1855- yilda opera yaratilishi o’z nihoyasiga etadi. 1856- yilda “Rusalka” sahna yuzini ko’radi ,lekin omadsizlikka uchraydi. Dargomijskiy himoyasiga mashhur rus musiqiy tanqidchi Serov namoyishga chiqadi. Uning opera tahlilida, “Rusalka”ning bizning davrgacha eng yaxshi asarlardan hisoblanishi isbot qilingan. Dargomijskiy “Rus musiqa jamiyati” komiteti a’zosi sifatida ham ko’plab ishlarni amalga oshirgan.
1864- yilda Dargomijskiy yana xorij safariga jo’naydi. Leyptsig, Vena, Bryussel, Parij kabi shaharlarda bo’ladi. Endilikda, u nafaqat o’z yurtida, balki mana shu xorij shaharlarida ham kompozitor sifatida tanilgan edi. Ayniqsa Bryussel shahrida uning “Rusalka”operasidagi uvertyurasi, ya’ni muqaddimasi va “Kazachok”simfonik- p’esasi ijrosi iliq kutib olindi.
Dargomijskiy Peterburgga qaytib kelganida 1856- yilda “Rusalka” operasining qo’yilishi yangilandi. 60- yillarda yangi demokratik ruhda kelgan yoshlar opera namoyishini tantanali kutib oldilar. Dargomijskiy o’z Vatanida chuqur e’tibor va hurmat qozondi.
Bu yillarda Balakirev, Kyui, Borodin, Rimskiy -Korsakov kabi kompozitorlar va Stasov kabi musiqiy- tanqidchi Dargomijskiy xonadonining doimiy mehmonlari edilar. Ular Rimsiky- Korsakovning asarlarini, Dargomijskiyning yangi musiqiy “Kamenno’y gost”(Tosh mehmon) operasidagi asarlarni fortepianoda 4 qo’lda ijro etishar edi. Dargomijskiyning bu so’nggi”Kamenno’y gost” operasi yakunlanmay qoldi. 1869-yil 5 yanvar kuni kompozitor og’ir yurak -xuruji kasalligidan vafot etdi. Uni M.I. Glinka qabri yoniga dafn etishdi.
3. Ijodiga xarakteristika. Dargomijskiy musiqiy me’rosi juda ham boy bo’lmasada, unga o’zining yangi mavzu timsollari va badiiy asoslarini kiritgan. Shuning uchun ham uning ijodi kelajakdagi rus musiqasining rivojlanishiga o’z ulkan hissasini qo’shadi. Dargomijskiy o’z asarlarida g’oyaviy xaqiqatga intilgan “ Xaqiqatni hohlayman” ,deb yozadi kompozitor. Kompozitor o’z asarlarida qalb kechinmalarini turli xil bo’yoqlarda aks ettirgan. U bu hissiyot kechinmalarini umumiy shaklda emas, balki ularning paydo bo’lish jarayonini va hissiyotlarning rivojlanishini ko’rsatgan. Dargomijskiy turli xil fe’l- atvorlarning turli xil ko’rinishini va ularning odatlarini musiqada to’g’ri aks ettirilishiga katta e’tibor qaratgan. Uning musiqiy portretlari yorqin va ishontiradigan, shu bilan birga o’z qahramonlarining ruhiy holatini aniq ifodalagan. Uning bu xarakterlarni tasvirlash usuli, musiqiy ifodalashda yangi qirralarni ochib berishga va foydalanishiga olib keldi. Dargomijskiy asarlarida xalq musiqasiga yaqinlikni, maishiy- turmush tarzi va shahar qo’shiqlari romanslarini his qilish mumkin. Ba’zi asarlarida xaqiqiy xalq ohanglarini ham uchratish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling