Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 . Opera ijodiyoti.”BORIS GODUNOV”
- Boris Godunov”opera mavzusi.
2.Ijodiga xarakteristika. Musiqa san’ati tarixida, Musorgskiy obrazlarinig xilma-xilligi va va ularning o’ziga xos yorqin aks ettirilganligi muhim rol o’ynaydi. Musiqiy ifodaning yorqin tomonlarini topishga qaratilgan izlanishlari, ohangdorlikni keskin o’zgartirish vositasi, to’satdan ohangning siljishi faqatgina Musorgskiy ijodiga xos uslublardan edi. Musiqiy tilning noodatiyligi Musorgskiy zamondoshlariga tushunarsiz edi. Musorgskiyning musiqali dramalari Glinka asos qilib yaratib ketgan “Ivan Susanin “kabi operalarning davomi desak mubolag’a bo’lmas. Glinka operalarida rus xalqining boshqa millat xalqlari orasidagi ziddiyatli urushlari tasvirlangan bo’lsa, Musorgskiy operalarida xalq va hokimiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar tematikasi ko’rsatilgan. Shu bilan birga Musorgskiyni Dargomijskiyning davomchisi sifatida ham ko’ramiz. Ularning ijodiy yo’nalishida hayotga bo’lgan qiziqish, oddiy insonlarning fe’l-atvorlari, musiqiy personaj ko’rinishlarini yoritish kabi vositalar o’xshash edi. Faqat Musorgskiy Dargomijskiydan farqli o’laroq, o’z personajlarining qalb kechinmalarini chuqur ko’rsatib berishga harakat qilgan. O’z asarlarida Musorgskiy dehqonlarning turli xil shevasiga mos tushadigan turli xil intonatsion musiqiy ohangdorlikni topa olgan.
Musorgskiy o’ziga xos vokal kompozitoridir. Qo’shiq--- uning yaratgan musiqiy asarlaridagi cholg’u asbobidan emas ovoz orqali ifodalanadi, ya’ni musiqiy cholg’u sezilarmas holatda sado berib turadi. U 1868-yilda yozar ekan, “ Mening musiqam insoniy nutqning badiiy uyg’unligiga aylanishi kerak. Insoniy nutqning tovushi va uning ohangdorligi bo’rttirilmasdan ,xaqiqatga yaqin va tabiiy ovozlarda musiqiy til xaqiqatiga aylanishi lozim, ya’ni musiqa insoniy nutqga bo’ysunishi kerak! ”. 3 . Opera ijodiyoti.”BORIS GODUNOV” Bu tarixiy syujetga opera yaratish fikrini unga do’sti tarixchi V.V.Nikolskiy bergan.1869-yilda “Boris Godunov”operasi tugallanib, teatr komitetiga ko’rsatilgan edi, lekin operaning yangi badiiy-g’oyasidan sochi tikka bo’lgan komitet a’zolari operada yutuqli ayol obrazi yo’q ekanligini vaj qilib, operani inkor etishdi. Musorgskiy operaga ba’zi bir musiqiy o’zgarishlarni kiritganidan ham so’ng, 1872-yil opera, imperator teatrlari direktsiyasi tomonidan qabul qilinmadi. A.S. Pushkin qalamiga mansub “Boris Godunov” syujetiga librettoni Musorgskiyning o’zi yozgan. Syujetdagi xalqning noroziligi va keyinchalik bu norozilikning qo’zg’olonga aylanib ketishi Musorgskiy diqqatini tortdi. “ Shoh va xalq o’rtasidagi ziddiyatlik. Shu bilan birga, shoh Boris ko’nglida kechayotgan “vijdon fojeasi” ga katta ahamiyat qaratilgan. Boris obrazining keng ko’lamligi jahon opera san’atining yuksak yutuqlaridan biriga kiradi. Musorgskiy- xalq musiqali dramasining opera janridagi yangi talqini yaratuvchisidir. Opera birinchi bor ilg’or artistlar sayi harakatlari bilan va asosan Yu.F. Platonova kabi xonandaning yordami bilan Peterburgdagi Mariinskiy teatrida 1874-yil 8 fevral kuni sahnada qo’yilgan. Opera mavzusi 1598-1605 yillarda Rossiya va Polsha xudularidagi voqealarga asoslanib yozilgan. Demokratik omma operani tantanavor qabul qilishdi. Dvoryan va pomehchiklar jamiyati esa bu operani keskin inkor etishdi. 1882-yili operani dastur ro’yxatidan tamomila olib tashlashdi. “ Emishki, bu opera mavzusi shoh sulolasiga yoqmasmish “ degan mish-mishlar yurar edi”, deb yozadi bu xaqida N.A.Rimskiy Korsakov. 1896-yil opera N.A. Rimskiy Korsakov shaxsiy muharririyatida yangidan cholg’ulashtirilib, nihoyat katta omad bilan jahon teatr sahnalarida namoyish eta boshladi. So’nggi paytlarda D.D. Shostakovich tomonidan cholg’ulashtirilgan operaning yangi talqini ham operaning yanada mashhur bo’lishiga olib keldi. “Boris Godunov”opera mavzusi. Novodevichiy cherkovi hovlisida to’plangan xalq boyar (xokim sinfi vakili, katta er egasi) Boris Godunovga shoh taxtini qabul qilishni so’ramoqda. Boris esa taxtni jon jahdi bilan rad etmoqda.Bu xaqida saroy maslahatchisi Helkalov xalqga darak berib, saroy ayyonlariga Borisni ko’ndirishni aytmoqda.Ertangi kuni Uspenskiy sobori(bosh cherkovi, jomesi) oldida to’plangan xalq va saroy ayonlari Borisga tantanavor tarzda shoh tojini kiydiradilar, lekin xavf-xatarni oldindan sezayotgan Boris bu hodisadan xursand emas. Chudov cherkovi kulbasida, zamon tarixini qayd qiladigan darvesh, qalandar, qariya Pimen, Borisning qanday qilib xaqiqiy taxt vorisi shahzoda Dmitriyni qatl etgani xaqida xaqiqatni yozmoqda. Bu xaqiqatni faqat bir necha kishi bilar edi. Bu xaqiqat tafsilotlari bilan juda qiziqqan darvesh-rohib Grigoriy Otrepev o’ldirilgan shahzoda uning tengdoshi ekanligini biladi va o’zini yolg’ondan shahzoda deb ko’rsatib Boris bilan kurashish g’oyasini o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Grigoriy litva chegarasidagi tasodifiy qochqinda bo’lgan monaxlar Varlaam va Misail nomli qochoqlar bilan tanishib qolganida birdan shoh askarlari kelib, qochoq-qallob Grigoriyni qidirishayotganlarini aytadilar. Grigoriy ularni Varlaamga yo’naltiradi va o’zi qochib ketadi. Xaqiqiy aybdorning qo’ldan chiqib ketgani ma’lum bo’ladi. Kremldagi shoh saroyi . Boris, kuyovi vafot etgan qizi Kseniyaga taskin bermoqda. Oilada ham davlat ishlarida ham omadsizliklar yuz bermoqda. Xalq muxabbatini qozona olmayotgan Boris qilgan jinoyatini eslab azoblanmoqda. Vasiliy Shuyskiy nomli knyaz shoh oldiga kelib ayyorona, kinoya bilan “ Litvada o’zini Dmitriy deb yurgan bir yigit Litva shohini va ayonlarini e’tiborini qozonganligini va ular uni qo’llab quvvatlashayotganini “aytadi. Talvasaga tushgan shoh Boris Shuyskiydan “Shahzoda xaqiqatdan ham o’ldirilganmi yoki yo’qmi?”deb so’roq qila boshlaydi, ammo voqea tafsilotini eshitib ulgurmasidanoq shoh ko’ziga o’ldirilgan go’dak arvohi ko’rina boshlaydi. Sandomir saroyida Marina Mnishekga qizlar qo’shiq aytib ovutmoqdalar. O’ziga bino qo’ygan polyak malikasi Marina azaldan Moskva malikasiga aylanishni orzu qiladi va o’zini Dmitriy deb yurgan ajnabiyga ayyorlik bilan “Agarda u polk qo’shinlari bilan Moskvani bosib olsagina uning rafiqasi bo’lishga rozi ekanligini aytadi”. Vasiliy sobor qarshisidagi maydonda, xalq o’zini Dmitriy deb ko’rsatayotgan yigitni shaharga qo’shin tortib kelayotganini eshitadi. Xalq uni xaqiqiy Dmitriy deb o’ylab, uning kelishini va xalqni ochlikdan va shoh Borisdan qutqarishini kutmoqda. Mana shu erda, xalq talvasaga tushib ,Borisdan non berishini so’raydi. Aft angori xunuk bo’lgan telbanamo bir gadoy Borisga qarata” Kichkina go’dakni qanday qilib so’yib tashlagan bo’lsang hozir seni xafa qilgan bolachalarni ham shunday o’ldir “ deb unga ayb qo’yadi. Kechikib kelgan knyaz Shuyskiy saroy ayonlariga Borisning o’tmishdagi jinoyatini fosh qiladi. Qariya Pimen esa shohga “ Dmitriy shahzoda qabriga nola qilgan, ko’r odamning ko’zlari ko’ra boshlaganini aytadi”. Kutilmaganda shoh ko’ziga ko’rinayotgan go’dak arvohini haydayotganida holidan toyib, hushidan ketadi va hushiga kelgan paytida o’g’li Fedorni chaqirib bazo’r oxirgi gaplarini aytishga ulguradi va hayotdan ko’z yumadi. Xalq o’rmon xududida, Kroma qishlog’i yonida Borisga tegishli er maydonlarida qo’zg’olon ko’tarib hamma joyga o’t qo’ya boshlaydi. O’zini Dmitriy deb yurgan Grigoriy paydo bo’ladi, xalq uni xursandchilik bilan kutib oladi faqatgina telba, aft angori xunuk bo’lgan gadoy “ Musibat, musibat,Rus, rus xalqi, och xalqi, musibat “ deb qo’shiq aytar edi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling