Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet119/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Tayanch iboralar:
1.Dasturli musiqa.--- Muzikaning asosiy janrlaridan bo’lib dasturli muzikaning aksariyati cholg’u muzikasi (ko’proq orkestr uchun) bo’lib, ma’lum bir mavzu--tarixiy voqealar, xalq qahramonlari hayoti va jasorati, xalqning urf odatlari, fantastik voqealarga asoslanib yozilishi mumkin. Ko’proq dasturli musiqaning mavzusi badiiy adabiyot, adabiyot, san’at turlaridan olinadi. Dasturli musiqa turli shakl (simfoniya, syuita, poema, sonata, kichik p’esa )da yozilishi mumkin. Dasturli musiqa uchun simfonik poema, simfonik manzara, uvertyuralar xarakterli janrlardir. Dasturli musiqaga maxsus nomlarga ega bo’lgan cholg’u p’esalar kiradi.
2. Miniatyura.--- Uncha katta bo’lmagan muzika p’esasi. Masalan: fortepiano uchun Miniatyura, vokal Miniatyurasi, orkestr Miniatyurasi va hokazo.


Adabiyotlar:

  1. Yarustovskiy B.M. Dramaturgiya russkoy opernoy klassiki .M.1952.g.

  2. Muzo’kalnaya entsiklopediya .M. 1978.tom 4.

  3. Levashova O.E., Keldo’sh Yu.V., Kandinskiy A.I. Istoriya russkoy muzo’ki.M.1979 g.t.2.

MA’RUZA№5 “Modest Petrovich Musorgskiy (1839 -1881)”.

1. Musorgskiyning ijod yo’li.


2. Musorgskiyning ijodiga xarakteristika.
3. Musorgskiyning opera ijodiyoti.
4. Musorgskiyning “Ko’rgazmadan kartinalar”kamer-cholg’u asari.
1. Ijod yo’li. Modest Petrovich Musorgskiy o’z davrini yorqin yashab o’tgan kompozitorlardan . Stasov aytganiday, Dargomijskiy o’z musiqasida hayot, turli xil xarakterlar munosabatlarini, baxtsizlikni, bardosh berib bo’lmas og’irlik va tushkunlikni, umuman rus insonlarining “ummonini” ko’rsata bila olganligi bilan “Qudratli To’da”da o’z o’rni bilan ajralib turar edi. “Rassomchi o’z ijodi bilan har qaysi salbiy ko’rinishga hukm chiqarishga majburdir”, deb hisoblar edi Musorgskiy. U musiqaning jamiyatdagi rolini adabiyot roliga va ozodlik uchun kurashish ishlari musiqasiga biriktirishni hohlar edi. Musorgskiy asarlarining mavzusida asosan xalq qashshoqligi, ochlik, noilojlilik shu bilan birga xalqning engilmas ruhi va uning baxtga intilish tematikasi egallaydi. Uning san’at xaqidagi fikr mulohazalari uning ijodida aks etgan. “ San’at maqsad emas, balki insonlar bilan muloqot vositasidir” deb hisoblar edi. Uning san’atdagi diqqat e’tibori - XALQ edi. “ Men xalqni yagona maqsad bilan birlashtirilgan “BUYuK ShAXS” deb hisoblayman va bu shaxsni operalarimda gavdalantirish mening vazifamdir” deb yozadi Musorgskiy.
Buyuk psixolog –dramaturg, u o’zining operalarida har bir inson shaxsining qalbini chuqur ko’ra bila olib, ularni yorita olgan . Uning asarlaridagi harakatlar manzarasi asosan ijtimoiy jamiyatning noxaqliligini ask ettirgan. Uning “Seminarist”(Seminariya o’quvchi) qo’shig’ini ta’qiqlab qo’yishganida, u shunday degan: ”O’rmonlarda oy shu’lasidan ilhomlangan bulbullar kabi, muzikantlar insoniy jamiyatning a’zolaridir, agarda shularning barchasini menga ta’qiqlab qo’yishganida, men tosh kemirishni to’xtatmagan bo’lar edim...” deb yozadi Musorgskiy. Uning milliy rassomchi bo’lishi nafaqat xalq hayotiga bo’lgan muxabbatidan, balki uning keng ma’lumotga ega ekanligi va rus xalqining tarixini chuqur o’zlashtirgani va jahon adabiyoti durdonalarini yaxshi bilganligidandir. Musorgskiy iste’dodi serqirrali, avvalo u dramaturg- tarixchidir. Uning “Boris Godunov” va”Xovanhina” operalari Rossiya hayotidagi o’zgarishlar davrida yaratilgan. Jahon musiqa san’atida bu mukammal asarlar tarixiy mavzuda deb hisoblanadi. Musorgskiyning bu ikki operasi xalq musiqiy dramalaridir. Tarixda birinchi marotaba bu operalarda qo’zg’olon ko’tarayotgan xalqning harakatlari ko’rsatilgan. “Boris Godunov” operasida Novodevichya cherkovida, Vasiliy Blajenno’y sobori yonidagi Qizil maydonda xalqning norozilik bilan qo’zg’olon ko’tarayotgan sahnalari yoritilgan. “ Xovanhina” operasida junbushga kelgan va o’z hissiyotlarini boshqara olmayotgan xalq sahnalari ko’rsatilgan. “ Xovanhina “da hokimiyat va xalq orasidagi ziddiyatli ko’rinishlar aks ettirilgan. Bu operalarni Musorgskiy tarixchi va dramaturg Pushkin an’analarini davomchisi sifatida yaratgan.
Hayoti. Modest Petrovich Musorgskiy 1839-yil 9 mart oyi Pskov guberniyasining Karevo qishlog’ida amaldorlar oilasida dunyoga keldi. Ilk bolaligi rus qo’shiqlari va rus ertaklarini eshitib, rus dexqonlari va rus tabiati qo’ynida o’tgan. Qobiliyatli bolaning musiqadan olgan mashg’ulotlari erta boshlandi. Unga fortepianoda chalishni birinchi bor onasi Yuliya Ivanovna o’rgatgan. Oilaning 1849-yilda Peterburgga ko’chib kelish munosabati bilan Musorgskiy Anton Avgustovich Gerke ismli mohir pianinochi sinfida tahsil ola boshladi. 1852- yilda Musorgskiy gvardiyachilar maktabiga o’qishga kirdi. Bu maktab “Avliyo Petr” yoki Petrishule deb nomlanar edi. Musorgskiyning ota-onasi kichik amaldorlardan bo’lib o’g’illarining harbiy mavqelarga erishishlarini juda orzu qilardilar. Musorgskiylar sulolasidagi barcha erkaklar azaldan harbiylardan bo’lishgan. Ammo Musorgskiyning otasi Petr Alekseevich harbiy bo’la olmadi. Bu maktabni 1856-yili tamomlab, Preobrajensk polkida leyb-gvardiya ofitseri bo’lib xizmat qila boshladi. O’quv yillari davomida u o’zining ilmga chanqoqligi bilan ajralib turib, falsafa va tarix fanlariga juda qiziqar edi. Ustozi A. Gerke sinfida mashg’ulotlarni davom ettirgan holda, hayriya kontsertlarida ham ishtirok etib turar va musiqani ko’p tinglar va spektakl namoyishlariga borib turar edi. Bo’lajak kompozitor rus klassik musiqiy durdonalarini hali bilmasdan turib Motsartning “ Don Juan” va italyan operalarini eshitgan edi.
1856-yilda M.P.Musorgskiy 1857-yilda Ts.Kyui va M. Balakirev kabi kompozitorlar bilan tanishganidan so’ng, o’zini to’laqonlik bilan musiqaga bag’ishlashni ahd qildi. Musorgskiy uchun yangi hayot boshlandi va bu yangi hayotda M . Balakirevning ijobiy ta’siri katta edi. Ular rus va evropa kompozitorlarining fortepiano uchun yozilgan asarlarini to’rt qo’lda ijro etishar edi. Bu paytga kelib Musorgskiy M.I.Glinka va A.S. Dargomijskiy asarlarini mukammal o’rganib chiqdi. Musorgskiy balog’at yoshidan boshlab o’zining demokratik qarashlari va serqirrali qiziqishlari va hatti harakatlari bilan atrofidagilarni ajablantirar edi. 1861-yil dehqonlar reformasi islohotidan so’ng, o’zining ish ostidagi dehqonlarning soliq to’lashini man qilish maqsadida unga atalgan me’rosning ulushidan voz kechib akasi nomiga o’tkazgan. O’z ulushidagi erlardan va talaygina qo’l ostidagi dehqonlardan voz kechgan holda u mehnat bilan oddiy muzikant va o’z mehnati bilan daromad topish yo’lini tanladi. Ba’zan moliyaviy ahvoli nochorligidan 1863 -1879 yillarda Injeneriya va O’rmon departamentlarida (ma’muriy xudud) va Davlat nazorat muassasalarida hujjat ishlari yurituvchisi bo’lib ham ishlagan.
1860-yil boshlari ancha ilm to’plaganidan kelib chiqib, o’zini aktiv ijodiy faoliyatga yo’naltirdi. Musorgskiy katta xalq sahnalari va kuchli irodali shaxs uchraydigan opera yaratishni o’ziga maqsad qilib oladi. 1867- yilda Nekrasov qalamiga mansub «Noch’ na lo’soy gore» simfonik kartinasini va « Kalistrat « « Kolo’belnaya Eremushki» kabi qo’shiqlarini yaratadi.
1868-1874 yillar Musorgskiy ijodining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Gogol qalamiga mansub “Jenitba” (Uylanish) komik operasini yozishga kirishadi va faqat bitta sahna ko’rinishini yozadi. Shu yili kompozitor mahoratining butun kuchini ochib bera oladigan “ Boris Godunov”operasi ham yaratila boshladi. Opera postanovkasiga ruxsat berildi va u sahnaga olib chiqildi. “Boris Godunov” operasi tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi kutib olindi va bu opera omadga uchradi. Mashshaqatli izlanishlar va hayajonlanishlar kompozitor salomatligiga salbiy ta’sir etdi. Rimskiy -Korsakov va Stasov kabi do’stlari uni har tomonlama qo’llab-quvvatlab turishdi. Bu yillar uning hayotida eng baxtli onglari edi. Sekin-asta uning hayotida qayg’uli va ma’yus onglar boshlandi. “ Qudratli To’da” tarqalganligidan u tushkunlikka tushar va buni xoinlik deb bilar edi, eng yaqin do’sti, rassomchi V.Gartman vafot etgan va sevimli ayoli hayotdan ko’z yumgan va rus xonandasi O.A. Petrov ham vafot etgan edi Musorgskiy o’zini tamomila yolg’iz his etar edi.
Ijoddagi yonish va tinimsiz izlanish uni tark etmadi u “Xovanhina” operasi ustida tinimsiz ishlay boshladi. Pulga bo’lgan ehtiyoj, ijodiy faoliyatda tanaffusga olib keladi va Musorgskiy yashash uchun O’rmon departamentida hujjatiy ishlarni yozib ko’chirish ustida ishlaydi.
Mana shu paytlarda xorijdan unga yaxshi xabar keladi. F.List uning “ Detskaya”(Bolalarcha) qo’shiqlar to’plamini eshitib, uning musiqiy asarlaridan hayratda ekanligini va katta taassurot olganini yozadi. Tanqidchi Stasovda Musorgskiyni Veymar shahriga, F.List oldiga olib borish fikri tug’iladi. Mag’rur va mustaqil Musorgskiy yo’l harajati uchun taklif qilingan pullarni rad etgan holda, Peterburgda tinchgina hayot kechirishni lozim ko’radi.
1874-1881 yillar Musorgskiy ijodining uchinchi bosqichi. Uning butun hayoli “Xovanhina” operasida edi. Ijodini fojeali obrazlar egalladi. U A.A. Goliniheva Kutuzova so’zlariga “Bez solntsa”(Quyoshsiz), “Pesni pri plyaske i smerti”( Raqs va o’lim oldidagi qo’shiqlar) vokal tsikllarini, Verehagin kartinasiga “Zabo’to’y”(Unutilgan) asarlarini yozadi. Rassomchi do’sti V.Gartmanni vafotidan so’ng, xotirasiga qo’yilgan ko’rgazmali namoyishdan ta’sirlanib, “ Kartinki vo’stavki” (Ko’rgazmadan kartinalar)fortepiano p’esalari asarini yaratadi.
Musorgskiy, hayotining so’nggi yillarida qalbidagi butun yorug’likni Gogolning komik syujetiga “Sorochinskaya yarmarka”( Sorochin bozorchasi) operasiga yo’naltiradi.
Bu davrning, Musorgskiy uchun eng yorug’ xotiralaridan, Mariinskiy teatri xonandasi D.M. Leonova bilan Rossiyaning janubiy shaharlariga uyushtirilgan kontsert safarlari bo’ldi.
Kontsert safarlaridan qaytib kelganidan so’ng, Musorgskiy “Xovanhina” va “ Boris Godunov” operalariga qattiq kirishdi.
Peterburgda uni uy-joysizlik, yolg’izlik kutar edi. 1881-yil fevral oyida uning salomatligi keskin og’irlashdi. Oy davomida uni N.A. Rimskiy-Korsakov rafiqasi bilan va Musorgskiyning katta opasi Aleksandra Nikolaevna, A.P. Borodin, Ts.Kyui, V.Stasov, I.E.Repin kabi do’stlari shifoxonaga kelib turishdi. Stasov rassomchi Repinga kompozitorning portretini chizish taklifini kiritdi. Bemorning oldida o’tkazgan 4 kunda rassomchi I.E.Repin kompozitorning ijodga to’la qiyofasini chizdi. Hozirgi paytda Moskva Tretyakov galereyasida bebaho asarlardan hisoblanmish, Musorgskiy portretining yaratilish tarixi shunday edi. 16 martda Musorgskiy olamdan ko’z yumdi. Tugallanmagan “Xovanhina” operasini Rimskiy-Korsakov nihoyasiga etkazdi. “Sorochinskaya yarmarka” operasini esa Ts.Kyui nihoyasiga etkazgan. V.Shebalin esa uni orkestrlashtirgan.
Musorgskiyning shaxsiy hayoti fojeali edi.U hech qachon o’zining ijodiy printsiplarini o’zgartirmagan. Musorgskiy hayotida katta rol o’ynagan va uning chinakam do’sti V.V.Stasov u xaqida ko’p iliq xotiralarni yozib qoldirgan. Musorgskiy xaqida boshqa zamondoshlari ham ko’p yozishgan. Kyui va Larosh kabi musiqiy tanqidchilar Musorgskiyni tanqidiy baholashgan. Musorgskiyning musiqiy iste’dodini Chaykovskiy ham tushunmagan.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling