Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet127/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

5. Simfonik ijodi. Rimskiy-Korsakov ijodida simfonik asarlari ham katta ahamiyatga ega. Ularnning barchasi 90-yillarga qadar yaratilgan edi. Rimskiy-Korsakov simfonik ijodi o’zining mazmun va uslubiga ko’ra opera ijodiyoti bilan birma birdir. Bu simfonik ijodda dasturli va dastursiz tsikllarning turli ko’rinishlari bor : ulardan simfoniya, simfonietta, syuita, bir qimsli p’esalar, turli xil cholg’u va orkestr uchun kontsertlar, “Pskovityanka” dramasiga musiqa va 3 ta kantatalaridir. Rimskiy-Korsakov simfonik uslubi Glinka uslubi ahamiyati ostida va Berlioz, List romantik maktabi ustalari uslubi ostida shakllangan.
Shahrizoda”. ”Shahrizodada” nafaqat bir nasriy g’oyadan, balki umumiy musiqiy mavzulari birlashmasidan iborat 4 qismli simfonik syuitadir.Shu bilan birga ikki asosiy mavzu, Shaxriyor va Shahrizoda mavzulari bilan birlashgan. Shaxrizoda mavzusi barcha qismlarda uchraydi. Syuita finalida, tugallanish qismida barcha qismlar mavzusi uchraydi. “Shahrizoda” simfonik syuitasida arabiy Sharq manzaralari va obrazlari, xalq maishiy-turmush tarzining go’zalligi, tabiati va san’ati aks ettirilgan. Epizod janrlarining fantastikaga aylanishi, tabiat manzaralari muxabbat sahnalari bilan boyitilganligi bu asarda aks ettirilgan. Bularning barchasi nasriy va nazmiy ohangda Sharq ertaklarining muattar, hushbo’y hidiga uyg’unlashgan. Rimskiy-Korsakov bu asar mavzusini “1001 tun” arab ertagi motivlaridan olgan.
Sulton Shaxriyor, o’zining haramidagi ayollarni makkorlik va bevafolikda gumonsirab, ularning barchasini har bir tun ertasiga boshidan judo qilishlariga farmoyish beradi. Faqatgina sultona Shahrizoda o’zining donoligi bilan ish tutib, 1001 kecha oqshomi mobaynida sultonga har kechasi o’zining ertaklarini qiziqarli tarzda so’zlab berar, sulton esa uning ertaklariga qiziqib va ertangi tunda ertak davomini eshitish uchun Shahrizodaning boshini judo qilishni ertangi kunga qoldiraverar ekan .Shunday qilib xotinlarining boshini judo qilish fikridan qaytgan ekan. Shahrizoda ajoyib va g’aroyib voqealarni shoirlarning she’rlaridan va qo’shiqlarning she’rlaridan namunalar keltirib, ertakni ertakka, hikoyani hikoyaga, ulab haram ayollarini fojeadan qutqarib qolgan ekan.
“Shahrizoda” simfonik syuitasida turli xarakterga ega obrazlar, epizodlar tasvirlangan. Syuita asosiy rejasida individual qiyofa, ya’ni ertakchi-obrazi turadi va shuning bilan birga tinglovchiga bu bir shaxs tomonidan so’zlanayotgan ertak hissini eslataveradi. Sharq xaqidagi hikoyasida kompozitor aynan xaqiqiy sharq ohanglarini ishlatmagan, lekin “Shahrizoda”da Sharq yangramoqda. “Shahrizoda” go’zal simfonik syuitasi butun jahonda keng ijro etiladigan asarlardan biridir.
Rimskiy-Korsakov ijodi XIX asr rus klassik musiqasi rivojlanishining tugallanishi bo’ldi. 1880-1900 yillardagi ilg’or kompozitorlarga Rimskiy-Korsakov ijodi ta’siri va ahamiyati katta bo’lgan. Moskva rus operalari sahnasida Rimskiy-Korsakov operalariga badiiy ko’rgazmalar va sahna bezaklari ishlagan bir talay Vrubel, Vasnetsov, Korovin kabi rassomchilarni aytib o’tishimiz lozim.
Rimskiy-Korsakov asarlari Milliy musiqiy me’rosining “Oltin fondi”ga kiritilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling