Иоганн Себастьян Бах


MA’RUZA№9. Sergey Ivanovich Taneev (1856-1915)


Download 0.91 Mb.
bet135/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

MA’RUZA№9. Sergey Ivanovich Taneev (1856-1915)

1. SergeyTaneev kompozitor, olim, pianist, musiqa-jamoat arbobi..


2. Sergey Ivanovich Taneevning ijod yo’li.
3. Sergey Ivanovich Taneev ijodiga xarakteristika.
4. Sergey Ivanovich Taneevning instrumental va xor ijodiyoti.
5. Sergey Ivanovich Taneevning “Ioann Damaskin” kantatasi.


1. Taneev kompozitor olim, pianist, musiqa-jamoat arbobi. Sergey Ivanovich Taneev rus kompozitori, olim, pianinochi, pedagog va musiqa- jamoat arbobi. U “Oresteya” operasi, simfoniyalari, kantatalar, xalq qo’shiqlar qayta ishlanmalari kabi yuksak-badiiy asarlarning yaratuvchisidir. U musiqiy san’atining yirik nazariyotchisi. Uning polifoniya vohasida qilgan ishlari bizning davrimizda zamonaviy, musiqiy fanlarida bebahodir; ajoyib pianist, ko’plab rus kompozitorlar asarlari ijrochisi, Chaykovskiy yirik asarlarining birinchi ijrochisi, oliy ma’lumotli pedagog, A.N.Skryabin, S.V.Raxmaninov, N.K.Metner kabi nomli o’quvchilarning tarbiyachisidir. Uning keng zakovati, aqli konservatoriya uchun ko’p ishlarni qilishga xizmat qildi. Moskva simfonik kapellasi va rus musiqa havaskorlari to’garaklarining doimiy maslahatchi konsultanti bo’lgan. “Musiqiy ko’rgazmalar”, musiqiy etnografik komissiya ishlarida va boshqa jamoat ishlarida faol qatnashganidan, shu davr ilg’or insonlarining hurmatiga sazovor bo’lgandir. Taneevning ko’ptimsolli, ijodiy siymosi uning yorqin, serqirra iste’dodi va yuksak fazilatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
2. Ijod yo’li. I.S.Taneev 1856-yil Vladimir shahrida tavallud topgan. Otasi Ivan Ilich Taneev Vladimir “Davlat mulki” viloyat hokimligida maslahatchi bo’lib ishlardi. Onasi esa Varvara Pavlovna Taneeva bo’lib frantsuz tilini mukammal bilar, yaxshigina rasm chizib fortepianoda chalar edi. Sergey Taneev 5 yoshligidan fortepiano cholg’usida chalishni boshlagan. Xonadondagi boy kutubxona ta’siri, oilaning ma’nan boyligi va aqliy zakovatning yuqoriligi ta’siri bola qobiliyati rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, bolani 9 yoshligidan Moskva konservatoriyasiga o’qishga beradilar. Moskva konservatoriyasida fortepiano sinfi bo’yicha N.G.Rubinshteyn va kompozitsiya sinfi bo’yicha P.I. Chaykovskiylardan saboq ola boshlaydi. Bu o’qituvchilar o’z o’quvchisida porloq kelajakni ko’rishgan. Taneevning konservatoriya yillarida yaratilgan asarlarida Chaykovskiyning ta’siri sezilib turadi, ammo Taneevning o’z kompozitorlik individual xususiyatlari ham yo’q emasdi. 1875-yil konservatoriyani “oltin medal” bilan tamomlagach, uning nomi marmarli Faxriylar taxtasiga kiritilgan edi.
Navbatdagi yillarda u o’zini ijrochilikka bag’ishlaydi. Moskvada, Peterburgda, Nijniy Novgorodda (1875-1877) uning kontsert chiqishlari katta muvaffaqiyat bilan o’ta boshladi. 1980-yillari xorijga bo’lgan safari va Parijda yashagan yillarida I.Turgenev, G.Flober, E.Zolya, Sh.Guno, Kamil Sen-Sanslar bilan muloqotda bo’lib impressionstlar rassomchilik san’ati bilan tanishgan.
1978-yilda P.Chaykovskiy va N.Rubinshteynlar iltimosiga ko’ra, Taneev Moskva konservatoriyasida garmoniya, cholg’ulashtirish kurslari va fortepiano kompozitsiya sinflarida dars bera boshladi. 1981-yilda professor darajasini olib, 1885-yildan 1889-yilga qadar konservatoriya direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Taneev, butun umri mobaynida xalq qo’shiqlari ijodiyoti izlanishlari bilan shug’ullangan: yozib olish, rus xalq qo’shiqlari tahlili va ulani qayta ishlanmasi ustida ish olib borgan. Taneev tomonidan 27 ta ukrain qo’shig’i qayta ishlangan. Svanetiyaga qilgan sayohatida Shimoliy Kavkaz xalqining cholg’uli qo’shiqlarini nota yozuvi qo’lyozmasiga tushirgan.
Taneevning 80-yillar asarlar sirasiga N.Rubinshteyn xotirasiga yaratilgan “Ioann Damaskin” kantatasi kiradi. 90-yillar asarlar ro’yxatidan “Oresteya” operasi, “do minor”simfoniyasi, romanslari, kamer ansambllari joy olgan. 4 ta kamonli cholg’u va fortepiano uchun yozilgan “ sol minor” kvinteti eng yaxshi asarlaridan biridir. Unda yuksak polifonik mahorat, yuksak ilhom, musiqa obrazlari poetikasi bir biri bilan uyg’unlashgan.
Taneev hayotining so’ngg 10 yilligida ko’p ishlarni qilishga muvaffaq bo’ldi. “ Podvijno’y kontrapunk strogo pisma” ulkan mehnati nashriyotda bosildi. O’limidan bir oz oldin, solist, xor va orkestr uchun yozilgan “Po prochtenii Psalma” kantatasi uning yirik asarlari sirasiga kiradi. Moskva, Peterburg, Avstriya, Germaniya, Chexiya kabi shaharlarida ijrochi sifatida qatnashgan kontsertlarida, o’zining kamer ansambllari asarlaridagi fortepiano partiyalarini ijro etgan. “ Uchenie o kanone” ilmiy ishi tugallanmay qolgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling