Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet136/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3. Ijodiga xarakteristika. Taneev o’z musiqasida Glinka, Chaykovskiy Bax, Motsart, Betxoven an’analarini davom ettirgan holda, XX asr musiqa san’ati tendentsiyalaridan zavqlangan.
Taneev ijodida, falsafiy muammoning boshi asosiy rolni bajarar edi. Insoniy kechinmalar dramatizmi uning musiqasida keng boyitilgan bo’lib, vazmin tonlarda aks ettirilgan. Falsafiy, chuqur g’oyalarni asosan yirik shaklli asarlarda va sonata shaklidagi asarlarda ifodalagan. Qismlar uyushmasida monotematizm asosiy printsip hisoblanadi,”do minor” simfoniyasida Taneev birinchi bo’lib intonatsion yagonalik tsiklini yaratgan.
Falsafiy rejadagi bu monumental asar Taneev simfonik ijodidagi yuksak asarlardan biridir.
Ishdagi qat’iy tartiblik Taneev uchun xos xususiyat edi. U doimo husnihat texnikasi ustida ishlar, polifoniyaning keng tomonlama egallanishini texnika asosi deb hisoblar edi. Shuning uchun ham Bax, Palestrina, Orlando Lasso kabi kompozitorlar ijodining asarlarini tahlil qilar edi. Unda o’ziga xos ishlash uslubi bor edi. Tayyorlangan tematik materialni imkoni boricha o’zgarishlarga, kombinatsiya (ranglar tuzilmasiga) yo’liqtirar, “chiroyli tushunarli “ohanglarni tanlab olar edi. Rus xalq qo’shiqlari, “qat’iy uslubda” bo’lgan qadim-madaniy ohanglarni ko’povozlikda qayta ishlagan.
Taneev uchun polifoniya, musiqiy materialning rivojlanish uslubi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. Taneev polifoniyasi, badiiy vazifa shartini bajarilishida kuchli shakl hosil qiluvchi vositadir.
Ikkitalik, uchtalik fuganing qo’llanilishi, Taneev uchun o’zgacha ahmiyatga egadir. Fuga mustaqil asar yoki tsikl qismi bo’lishi mumkin.
Kontrast(farqli) polifoniyasi ham katta o’rinni egallaydi. Bir necha ohang yo’lining o’ralib ketishi natijasida garmoniya hosil bo’ladi. Taneev asarlarining mazmundorligi va chuqurligi, tematika va polifoniyaning mahorat ila rivojlanganligi, shaklning xushbichimliligidan, Taneev XIX asr oxiri va XX asr boshlari eng yaxshi kompozitorlar sirasiga kirgan. Ammo murakkab polifonik kombinatsiyalarga haddan ziyod berilib ketishi tomonidan, bosiqliligi va mulohazaliligi tomonidan uning asarlarini tushunish va qabul qilish murakkabdir.
4. Cholg’u instrumental va xor ijodiyoti. Taneev ijodi turli janrlar bilan qamrab olingan. Cholg’u instrumental musiqasi ko’rimli joyni egallaydi. Ko’pgina orkestrli asarlari nashriyotda bosilmagan. 3 ta simfoniyasi ichidan faqat” do minor” simfoniyasi va 4 ta uvertyurasi ichidan “Oresteya” uvertyurasi nashriyotda bosilgan. Skripka va orkestr uchun yaratilgan “Syuita”si simfonik musiqaga kiradi
Ijodiy yo’li mobaynida, Taneev kamer ansambliga o’z diqqatini qaratgan. U tomonidan kamonli cholg’ular uchun 14 ta ansambl, kamonli va fortepiano uchun 4 ta asar yaratilgan. Cholg’ular partiyasining murakkabligi, polifonik xatning ko’pligi, shaklning xushbichimligi va sofligi, detalizatsiya uning musiqiy tiliga xosdir.
Taneev o’z ijodida xor janriga ham katta e’tibor bilan qaragan. U ahamiyatga ega bo’lgan a capella, xor, solist va orkestr uchun 3 ta kantata yaratgan. Kompozitorning vokal-xor mahorati shakllanishida Bax va Gendel ijodi asarlari ta’limoti katta ahamiyat kasb etgan. Kompozitor xor asarlarining, polifonik rivojlanishga boyligi shu erdandir. Monumental xor san’ati cho’qqisidagi asarlardan biri “ Ioann Damaskin” va “ Po prochtenii psalma “ kantatalaridir. Falsafiy-lirik xarakterga boytilgan asar kabi, kantatalar Taneev tomonidan risolalangan. Taneev ijodi rus musiqasida kantataning falsafiy-lirik janri boshlanishini o’z ichiga oladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling