Иоганн Себастьян Бах
MA’RUZA№10. Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915)
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
MA’RUZA№10. Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915)
1. Aleksandr Nikolaevich Skryabinning ijod yo’li. 2. A.N. Skryabin musiqiy tili. 3. Aleksandr Skryabinning fortepiano ijodi. 4. Aleksandr Skryabinning simfonik ijodi. 1. Ijod yo’li. Aleksandr Nikolaevich Skryabin—kompozitor, pianist, pedagog. O’z zamondoshlari orasida ijodiy qiyofasining murakkabliligi bilan ajralib turadi. Skryabinning XIX asr 90-yillari va XX asr boshlarida yaratgan asarlarida shu davrning keskin siyosiy kurashining kuchayishi va jamiyat atmosferasining salbiy vaziyati aks etdi. Asarlaridagi musiqiy tilning targ’iboti o’zining serma’noliligi va g’oyalarning yangi ekanligi bilan real voqelikni ifodalagan. Uning g’oyalari nihoyatda keng edi. Skryabin ijodiy yo’li mobaynida katta evolyutsiyani bosib o’tdi. Yoshlik davrlarida u mumtoz klassik an’analariga aloqador bo’lgan bo’lsa, keyingi yillarida, XIX asrning boshi impressionizm va ekspressionizm oqimlariga murojaat qilgan. Hayotining kechki davrida esa simvolizmning adabiy -badiiy oqimiga aloqador bo’lgan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin 1871-yil 26 dekabr Moskva shahrida tavallud topdi. Uning otasi Nikolay Aleksandrovich Skryabin diplomat, onasi Lyubov Petrovna Skryabina pianinochi ijrochi edi. Aleksendr Nioklaevich Skryabin yoshligida Moskva kadet korpusida( Dvoryanlarning bolalaridan ofitserlar tayyorlagan o’rta harbiy bilim yurti) tahsil olgan. Musiqaga bo’lgan layoqati bolaligidan boshlangan. Georgiy Eduardovich Konyus, Nikolay Sergeevich Zverevlardan fortepiano darslarini olgan.1888-yilda Moskva konservatoriyasiga o’qishga kirib Vasiliy Ilich Safonov sinfida fortepianodan, S.I.Taneev sinfida nazariyadan, Arenskiy sinfida kompozitorlikdan saboq ola boshlagan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin umri mobaynida ikki marotaba uylangan bo’lib birinchi rafiqasi Vera Ivanovna Skryabina (Isakovich), ikkinchi rafiqasi esa Tatyana Fedorovna Shletser edi. Uning ijodiy yo’lini uch davrga bo’lamiz. Ilk ijod davri 80-90 yillar oxiri. 1894-yil Skryabin Moskva konservatoriyasi professori bo’lib o’zining pedagogik qobiliyatini ko’rsatdi. U Rossiya va xorijda kontsert chiqishlarini bergan. Bunda, Skryabinning asarlarini nashriyotdan chiqargan, Skryabinning xorijiy kontsert safarlariga homiylik qilgan Belyaev unga katta yordam ko’rsatdi. Skryabinning 90-yillaridagi ijodi ancha xarakterli bo’lib ular orasidagi fortepiano uchun yozilgan asarlari yorqin, ifodali mazmun kasb etdi. Bular ”Uchinchi sonata”, bir qator prelyudiyalar va etyudlardir. Ijodining ikkinchi davri 1900-1909 yillarga to’g’ri keladi. Bu davr Skryabin uchun “gullab yashnash” davri bo’ldi. Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, (“Ilohiy poema”) simfoniyalari ko’rimli o’rinni egallaydi. Bir paytning o’zida fortepiano uchun - To’rtinchi sonata, “Tragicheskaya poema” (Fojeali poema), “Sataninskaya poema” ( Shayton poemasi) va prelyudiyalari yaratilgan. 1904-1910 yillari Shveytsariya, Italiya, Frantsiya, Amerika Birlashgan shtatlarida yashab ijod qilgan. Xorijda Skryabin orkestr uchun “Poema ekstaza”, Beshinchi sonata kabi yirik shaklli asarlarini yaratdi. Hayotining so’nggi 1910-1915 yillari Moskvada o’tdi. Rossiya, Gollandiya, Angliya kabi shaharlariga kontsert safarlarini amalga oshirdi. Bu paytga kelib, uning ijodi rus musiqa hayotida yanada ko’rimli joyni egallaydi. Bu davrda orkestr, fortepiano va xor uchun so’zsiz kuylaydigan “Prometey”( Poema ognya, Olov poemasi) simfonik poemasini, 5 ta sonata “ K plameni” ( Alanga uchun) poemasini, fortepiano uchun p’esalarlarni yaratadi. Skryabinda, san’at turli ko’rinishlarini bir butunlikka birlashtiruvchi “Misteriya”(O’rta asrlarda diniy drama) buyuk asarini yaratish fantastik g’oyasi tug’ildi. U san’at sintezini orzu qilar edi. “Prometey” partiturasiga mavjud bo’lmagan, cholg’uga atalgan, bo’lak nota yo’lagini olib kirdi. Shu bilan birga ma’lum mavzu va garmoniyaga muvofiq holda, zal qizil, ko’k va boshqa ranglar to’lqinida yoritilishi kerak. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling