Иоганн Себастьян Бах


Inventsiya—( lot.inventio –o’ylab topish ijod etish)—


Download 0.91 Mb.
bet147/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

10. Inventsiya—( lot.inventio –o’ylab topish ijod etish)—polifonik p’esaga berilgan nom. Inventsiya prelyudiya, fuga turida bo’lib, erkin imitatsiyali tuzilishda bo’ladi ( buyuk nemis kompozitori I.S. Bax klavesin uchun ko’p miqdorda inventsiya yozgan).
11. Kantor—1.Katoliklar cherkovida xonishchi.
2. Protestantlarda: ashula o’qituvchisi, xor dirijyori, organist.
12. Passion—Qavm .Biror cherkovga qatnaydigan ibodatchilar.
13. Klavir—1. Klavishli cholg’u asboblarining umumiy nomi.
2. Fortepianoga moslab qayta ishlangan partitura.
14. Temperatsiya— Musiqa pog’onalari sistemasi oralig’idagi intervallar munosabatini tekislash
15. Passakalya—1. 17-18 asrgacha qadimiy ispancha raqs. Frantsiyada Lyudovik XIV davrida yakka raqs tariqasida keng tarqalib, vazmin, uch hissali o’lchovda ijro etilgan.
2. Variatsiya shaklida organ uchun yozilgan musiqa p’esasi. Bunda kuy har doim basda qaytariladi.
16.Tokkata—Musiqiy janr bo’lib unda fugaga yaqin imitatsiyali tuzilmalar bilan passajli texnika erkin ravishda almashinadi. Tokkataning asosiy belgisi – xarakteri va bayon etish uslubi bo’yicha qarama-qarshi bo’lgan musiqiy tuzilmalar birikmasidir.
17. Fuga—( lot.fuga—yugurish)—polifonik shaklda tuzilgan musiqa asari. Bir ba’zan, ikki yo uch mavzu, badiha tarzida ma’lum tonalliklarda kengayib, rivojlanib boradi.
19. Prelyudiya—( lot. prae – oldin, ludus- o’yin )--Cholg’u p’esa. Dastlab ijro etiladigan asosiy musiqa oldidan keladigan daromad, ya’ni kichik p’esa, muqaddima. 15-asrdan boshlab, lyutnya keyinroq, klavesin va organ cholg’u asboblarini chaluvchi sozandalar o’rtasida tarqala boshladi. 16-18 asrlarda prelyudiya organ musiqasida birmuncha murakkablashdi. Tsiklli cholg’u asarlar masalan: prelyudiya va fuga tsikllarida boshlovchi qism sifatida qabul qilindi.
20. Divertisment—qo’shimcha kontsert programmasi.
21. Furiya—Qadimgi rim afsonalarida qasos oluvchi uchta xudodan bittasi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling