Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3. Fortepiano ijodi. Raxmaninov ijodiy qiyofasining eng yaxshi xislatlari ko’proq fortepiano uchun yozilga asarlarida aks etdi. Fortepiano uchun yaratilgan asarlarida Raxmaninov san’ati pianinochilik mahorati aks etgan. Raxmaninov ajoyib “ fortepianoda xonanda” edi, uning ijrosi keng kuychanlik bilan ajralib turar edi. Asarlari ohangga boy va kuychandir. Musiqasida xalq qo’shiq intonatsiyasi eshitilib, Raxmaninov ohangi erkin rus qo’shiqlari kabidir.
Uning asarlarida usul katta ahamiyatga ega. “Qaxrli va saxovatli” usul , jasur, irodali kayfiyatda, raxmaninovcha ijroda aks etgan. Raxmaninov ijrosi mardonavor dramatizmda lirikaviydir. Uning asarlaridagi fortepiano bayoniga to’liq ohangli faktura, fortepiano jarangining sofligi xosdir. Raxmaninov tomonidan fortepiano janrida yirik shaklli 2 ta sonata, 2 variatsiyali shakl, 5 ta fortepiano kontserti yaratilgan. Raxmaninov o’zining ijodida rus musiqa madaniyati an’analarini rivojlantirgan. Chaykovskiy an’analari Raxmaninov uchun qadrli edi. Chaykovskiy Raxmaninovga doim e’tibor bilan qarab, uni qo’llab- quvvatlagan. Chaykovskiyning si bemol kontserti kabi Raxmaninov kontsertlarini fortepiano va orkestr uchun yaratilgan simfoniya deb hisoblasak ham bo’ladi. Ularda solist yakka partiyasi birinchi planda bo’lib, orkestr ham mazmun ochilishi yo’lida faol qatnashgan. Raxmaninov asarlari ichida ikkinchi do minor kontserti badiiy obrazlarga boyligi bilan ajralib turadi. Raxmaninov fortepiano ijodida kichik shakldagi asarlar ham katta o’rin egallaydi, bular prelyudiyalar, musiqiy lahzalar, etyud-kartinalardir. Raxmaninovning ilk birinchi yakka fortepiano asarlariga mashhur do diez minor prelyudiyasi kiradi. Bu prelyudiya 1802-yilda 26 sentyabrda birinchi marotaba yangragan. Uning taqdiri o’zgacha noodatiy edi. Bu prelyudiya tezda mashhurlashib, konservatoriya talabalari tomonidan ijro etilar edi. A.I. Zilotining 1898-yilda Evropa va Amerika shaharlarida o’tkazgan kontsertlarida bu prelyudiya muvaffaqiyatga erishgan. Angliyada va Amerikada bu prelyudiya bir necha nashriyotlarda bosilib chiqqan. Keyinchalik mashhur pianinochi ijrochi va dirijer bo’lib tanilgan Raxmaninovning Evropa va Amerika shaharlarida o’tkazgan gastrol safarlaridagi kontsert dasturida do diez minor prelyudiyasi doimiy o’rinni egallagan. Raxmaninovning ilk p’esalariga “ P’eso’-fantazii” asari kiradi. 1892- yilda yaratilgan bu asarlar to’plami keng shuhrat qozonib, pianinochi- ijrochilar dasturiga kirgan. “P’eso’-fantazii” asari 5 ta p’esadan tarkib topgan bo’lib, do diez prelyudiyasi Elegiya, Melodiya, Polishinel kabi mashhurdir. Kichik shakldagi p’esalar qatoriga ikkinchi fortepiano kontsertidan so’ng yaratilgan 10 ta fortepiano prelyudiyalarini kiritishimiz mumkin . “ Ot mraka k svetu” ( Qorong’ulikdan yorug’likka) printsipi asosida joylashtirilgan p’esalar butun bir tsikl kabidir. Beshta dramatik minorli prelyudiyalar ortidan beshta majorli quvnoq kayfiyatdagi prelyudiyalar keladi. Sol minor tonalligidagi prelyudiyasi juda ham mashhurdir. Raxmaninovning 1934-yillar xorijda yaratilgan “ Rapsodiya na temu Paganini” ( Paganini mavzusiga rapsodiya) fortepiano va orkestr uchun yozilgan yirik shakldagi asari ham Raxmaninovning eng sara va mashhur asarlari sirasiga kiradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling