22. Libretto—Opera, operetta kabi asarlarning matni. Balet, opera, p’esaning qisqacha mazmuni.
23. Regent—1. Muvaqqat podsho (hokim). 2. Xor dirijyori( asosan cherkovda).
24. Kafedral- Ma’muriy cherkov okrugidagi bosh cherkov,katta butxona
25. Metsenat—Fan va san’atga homiylik qiluvchi davlatmand odam.
26. Antreprenyor—Teatr, tsirk xo’jayini.
27. Patriarxal—Qadimgilik, qo’hnaviylik.
28. Kurfyurst-Qadimgi Germaniyada imperator saylash xuquqiga ega bo’lgan davlatmand knyaz.
29. Arxiepiskop- Bir necha cherkov okrugini boshqaruvchi ruhoniy.
30. Divertisment- Qo’shimcha kontsert programmasi.
31. Buffa-qiziq, kulgili opera
32. Trilogiya- Mazmunan bir-biriga bog’langan uchta mustaqil asar.
33. Lamentatsiya- Zorlanish, shikoyat, hasrat, nola.
34. Kassatsiya –Shikoyat, norozilik xati.
35. van--Kompozitor oilasining kelib chiqishi golland nasl-nasabiga mansub ekanligiga qaratish uchun qo’yiladigan qo’shimcha.
36.Ertsgertsog—Avstriya shahzodalarining unvoni va shu unvonga sazovor odam.
37. Reaktsion—teskari, jaholatparast.
38. Koalitsiya—Ittifoq.
39. Kantsler—Avstriya va FRGda federal kantsler—hukumat boshlig’i.
40. Metronom—qisqa vaqt oraliqlarini bildiruvchi asbob.
41. Rampa—Sahna oldiga o’rnatilgan va yorug’i faqat sahnaga tushadigan chiroqlar.
42. Epigraf—Adabiy asarning tepasiga yozilgan jumla, ibora.
43.Pastoral—Cho’ponlar hayoti tasvirlangan badiiy yoki musiqiy asar.
44.Opus—Biror kompozitorning ayrim musiqa asari.
45. Skertso-Jadal tempida ijro etiladigan kichik sho’x musiqa asari.
46. Noktyurn- Hayol orzularni tarannum qiluvchi kichkina lirik musiqa asari.
47. Mazurka- Polyakcha raqs va shu raqs musiqasi.
48. Ballada- Adabiy-poetik janr bo’lib, xalq o’tmishi va va davr xaqida she’riy qissa va musiqiy asar.
Do'stlaringiz bilan baham: |