Иоганн Себастьян Бах


Xor va vokal-simfonik asarlari


Download 0.91 Mb.
bet145/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4. Xor va vokal-simfonik asarlari. Chaykovskiyning o’limidan ta’sirlanib yozilgan “Elegicheskoe trio”( Mungli uchlik) re minor asari Raxmaninovning kamer-cholg’u musiqasi vohasida yaratgan asaridir. Raxmaninov tomonidan rus va xorij she’rlariga yozilgan 80 ta romanslari bor. Uning romanslari yorqin ohangdorligi bilan birga, matnning ifodali o’qilishiga intilish va obraz lahzalarining rangdorligi bilan ajralib turadi. Fortepiano jo’rligining puxtalik bilan ishlab chiqilganligi vokal partiyasining teng xuquqligini yaratadi. Kompozitor tomonidan “V molchani nochi taynoy”( Sirli tundagi sukutlikda) “Ya opyat odinok” ( Men yana yolg’izman) “Vesennie vodo’” (Bahor suvlari) “Son” (Tush) yaratilgan vokal lirikalari durdona asarlar sirasiga kiradi. Kompozitorning ajoyib iste’dodi “Vokaliz”da namoyon bo’ldi.
5. Raxmaninov pianinochi-sozanda va dirijyordir. Raxmaninov nomi F.List va A.G.Rubinshteyn nomlari bilan bir qatorda turadi. Uning yuksak mahorati o’z imkoniyatida chegarasiz bo’lib, u hech qachon bu imkoniyatini badiiy g’oyalarga to’la bo’ysungan holda birinchi o’ringa qo’ymagan. Raxmaninov ijrosi ulkan ifodali kuchi bilan tinglovchini qamrab olar va uning ijrosi musiqaning ayrim qismlarining bo’rtib chiqqanligi va ta’sirchanligi, o’zgacha raxmaninovcha usuli bilan ajralib turadi. Raxmaninov ijrosida orkestrning boyligi, tovush tuslarining nozik farqlarining turliligi, har bir ovozning ajralib turishi sezilar edi. Yaxlitlikning talabchanlik bilan o’ylanganligi, ijrochilik mahoratining amalga oshirilganligi Raxmaninov pianinochi va Raxmaninov dirijerga xosdir. Tashqi qiyofasining vazminligi va dirijerlik ishoralariga yaxshi ma’noda xasisligi bilan orkestr musiqachilariga va tinglovchilarga sehrli -gipnostik ta’sir qilishga ega edi. Raxmaninov orkestrdan o’z maqsadini bajartirishga erishar edi. Uning dirijerlik talqinida Chaykovskiyning 4 chi va 5 chi simfoniyalari, Borodinning “Bogato’rskaya”( Bahodirona) simfoniyasi, Grigning «Per Gyunt”, Glinkaning “ Ivan Susanin”, Chaykovskiyning “ Pikovaya dama” operalari kabi asarlari ajralib turar edi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling