Иоганн Себастьян Бах


MA’RUZA№11. Sergey Vasilevich Raxmaninov (1873-1943)


Download 0.91 Mb.
bet142/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

MA’RUZA№11. Sergey Vasilevich Raxmaninov (1873-1943)

1. Sergey Raxmaninov ijod yo’li.


2. Sergey Raxmaninov ijodiga xarakteristika.
3. Sergey Raxmaninov fortepiano ijodi.
4. Sergey Raxmaninov xor va vokal-simfonik asarlari.
5. S.V.Raxmaninov-- buyuk pianinochi va dirijyor.
1. Raxmaninov ijod yo’li. XX asr buyuk pianinochisi, yirik dirijyor. Butun jahon muzikantlar kontsert dasturiga kiritilgan o’zining va M.I. Glinka, A.P.Borodin, M.P.Musorgskiy, N.A.Rimskiy-Korsakov, P.I.Chaykovskiy kabi kompozitorlar asarlarini o’zgacha talqinda, yorqin emotsional ijro etgan iste’dodli ijrochidir.
Sergey Vasilevich Raxmaninov 1873-yil 1 aprel Oneg Novgorod shaharida tavallud topgan. Bu o’lka o’zining yuqori xalq musiqa madaniyati, ayniqsa xor ijrochiligi va qo’ng’iroqlar jarangi bilan mashhur bo’lgan.
Ilk bolaligidan boshlab professional musiqa madaniyati bilan tanisha boshlaydi. Raxmaninovlar qadim avlodi moldavan oqsuyak zodagonlardan edi. Raxmaninov avlodida xonandalar, skripkachi va pianinochilar bor edi. Uning otasi Vasiliy Arkadevich Raxmaninov va onasi Lyubov Petrovna fortepianoda ijro etishar, asar yaratishar, hattoki otasining XIX asr o’rtalarida nashr etilgan asarlari ham bor edi. Bobosi Arkadiy Aleksandrovich Raxmaninov mashhur Jon Fildning o’quvchisi, ajoyib kompozitor va pianinochi sozanda edi. Kompozitor rafiqasi bo’lgan Natalya Aleksandrovna Satina konservatoriyani fortepiano sinfini bitirgan pianinochi-ijrochi edi.
Musiqaga bo’lgan qiziqish Raxmaninovda erta uyg’ondi. Uning birinchi musiqa o’qituvchilari uning onasi va A.D. Ornadskaya edi. Raxmaninov 7 yoshligida oilaning Peterburgga ko’chib kelishlari munosabati bilan uni konservatoriyaga V.V. Demyanskiy o’qituvchisi sinfiga berdilar. O’z holiga qoldirilgan bola o’quv jarayonida natija ko’rsatmadi. Uning musiqiy qobiliyati rivoj topmadi. Mashhur muzikant N.G.Rubinshteyn va Ferents List kabilarning o’quvchisi to’ng’ich, amakivachcha-akasi A.I. Ziloti maslahati bilan, 1885-yilda Raxmaninov Moskva konservatoriyasi N.S.Zverev pansioniga o’tkazildi. Zverev teatr kontsertlarga borib turadigan, yirik rus rassomchilari akterlari, muzikantlari bilan uchrashib turadigan, ko’plab rus pianistlarini tarbiyalab, ularni nafaqat o’qitgan, balki musiqiy va umumiy rivojlanishini kuzatgan insondir.
1888-yilda Raxmaninov konservatoriyaning kattalar bo’limi, professor A.I. Ziloti sinfiga o’tadi. Kompozitsiya nazariyasi bo’yicha S.I. Taneev sinfida, erkin ijod bo’yicha A.S. Arenskiylardan mashg’ulot ola boshladi. Konservatoriyada talabalar orasida Raxmaninov qobiliyatliligi bilan ajralib turar edi. Bu yillarda Raxmaninovda mashhur muzikant bo’lib etishishini bildirib turuvchi xislatlar paydo bo’ldi. Unda mukammal eshitish qobiliyati va kuchli xotira kabi kompozitorlik xususiyatlari bor bo’lib, qachonlardir bir marta eshitgan ohangini xuddi uzoq vaqt tahlil qilganday ijro etib berar edi.
Pansionda doimiy jaranglab turadigan talabalar ijrosi Raxmaninovning ijodiy ishiga xalaqit berib, tez orada otasining singlisi bo’lgan, xolasi Varvara Arkadevna Satina xonadoniga joylashadi.
1891-yilda konservatoriya fortepiano sinfini, 1892-yilda kompozitsiya sinfini muvaffaqiyatli tamomladi. Konsevatoriyani oltin medal bilan tamomlagan va uning nomi faxriylar marmar taxtasiga kiritilgan edi. Bunday faxrni qo’lga kiritgan S.I.Taneev va A.N.Korehenkolardan keyingi uchinchi odam Raxmaninov edi.
Konservatoriya talabalik paytida bir qator vokal va instrumental asarlarini yaratdi, ular orasida fa diez minordagi fortepiano kontserti juda ajoyibdir. Bu asar keyinchalik 1917-yilda kompoziyalik sinfi bo’yicha, A.S. Pushkin poemasi asosida “Aleko”(Tso’gane) bir qismli opera qilib qayta ishlangan edi. Bu opera birinchi namoyishi 1893-yilda muvaffaqiyatli ijro etildi. Shu yilning oxirlarida uning birinchi dirijerlik chiqishlari boshlandi. U o’z operasini dirijerlik qilish uchun Kiev opera teatriga taklif qilingan edi.
Konservatoriyani tamomlagach yosh Raxmaninov ijod va kontsertlik faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Chaykovskiy, Motsart, Betxoven, Shopen, List va o’zining asarlaridan tuzilgan dastur bilan Moskva, Peterburg va boshqa shaharlarda kontsert chiqishlarini namoyish eta boshlaydi. Bu davrda kompozitorning moddiy ahvoli og’ir edi . Na ijod, na kontsert faoliyati unga kerakli mablag’ni keltirmasdi. Uni undovga chaqirmaydigan va uni og’irsintiradigan pedagoglik ishini qilishga majbur bo’lar edi.
Bu yillarda Raxmaninov ko’p ijod qiladi. Bu asarlar turli janrlarda bo’lgan “ Pyat p’es fantaziy” (Fantaziyaning beshta p’esasi), “Salonno’e p’eso’”( Salonli qo’shiqlar), do diez minorli prelyudiya va «Elegiya»(Mungli), kompozitorga sharaf olib kelgan fortepiano ansambllari, ikkita syuita, Chaykovskiy o’limiga yozilgan qayg’uli «Elegicheskoe trio pamyati velikogo xudojnika»( Buyuk rassomchi xotirasiga elegik trio) asarlaridir . Uning romanslari 90-yillardayoq shuhrat qozongan. F.I. Shalyapin, L.V.Sobinov, A.V. Nejdanova kabi mashhur xonandalar Raxmaninov bilan birga uning romasnlarini ijro etishgan. “Utyos” (Qoyatosh) orkestrli fantaziyasi ham tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan edi. Shundan so’ng uning birinchi simfoniyasi bilan bog’liq bo’lgan Raxmaninovning tanqidiy davri boshlanadi. A.K. Glazunov rahbarligi ostida birinchi marotaba palapartish, beparvolik bilan ijro etilgan bu simfoniya muvaffaqiyatga uchramadi. Simfoniya inqirozini og’ir boshdan kechirgan Raxmaninov ancha yil ijodi qilishni to’xtatdi ham.
1892-yil kuz faslidan boshlab Raxmaninov Mamontov opera teatrida ikkinchi dirijer bo’lib ishlay boshlaydi. Teatrda xaqiqiy dirijerlik texnikasiga ega bo’ldi va yaxshi dirijer sharafini qozondi. Teatrda ishlagan paytlarida Raxmaninov eng yaxshi artistik kuchlar bilan tanishadi, ulardan biri iste’dodli xonanda F.I. Shalyapin edi. Ularning do’stligi Shalyapining so’nggi hayotigacha davom etdi.
1899-yilda Raxmaninov Angliyaga o’zining birinchi safarini amalga oshiradi. Shu safardan so’ng Raxmaninov dirijer, pianinochi sozanda va kompozitor sifatida mashhur bo’ladi. Uning ijrosidagi “Utyos” simfonik poemasi va bir qator o’zining fortepiano asarlari shuhrat qozonadi. 1899-yil Peterburgda o’zining “Aleko” operasiga dirijerlik qiladi. Bosh rolni F.I. Shalyapin ijro etadi.
Raxmaninov yangi ijodining rivojlanishi 1901-yilga to’g’ri keladi. Bu yilda Raxmaninov o’zining ikkinchi fortepiano kontsertini, Shopen mavzusiga “Vesna”(Bahor) kantatasini, fortepiano variatsiyalarini, N.A.Nekrasov she’riga “Zeleno’y shum”( Yashil shovqin ) kantatasini, violonchel sonatasini, romanslar tsikli asarlarini yaratadi. Bu asarlarda Raxmaninovni rassom sifatida etilganligini ko’ramiz. Ikkinchi kontserti hayratga soladigan taassurot qoldirdi. Bu asar rus va xorij pianinochi sozandalar dasturiga kiritilgan. Romanslari ham esa juda mashhurdir. Shalyapin, Sobinov, Nejdanov kabi xonandalarning muallif bilan birga etilgan ijrosida bu romanslar katta muvaffaqiyatga erishgan edi. Bu yillar L.N. Tolstoy, A.P. Chexov, I.A. Bunin, A.I. Kuprin kabi atoqli yozuvchilar va bir qator buyuk muzikant, rassomchi va artistlar bilan bo’lgan uchrashuvga boy edi. Chuqur insoniylik, yumshoq lirika va elegiyasi bilan ajralib turadigan A.P. Chexov Raxmaninovning sevimli yozuvchisi edi.
1902-yilda Raxmaninov hayotida o’zgarish sodir etadi u o’z ammasiing qizi Natalya Aleksandrovna Satinaga uylanib, u bilan o’zining uzoq hayotiy yo’lini bosib o’tadi.
1903-1917 yillar davri Raxmaninov ijod va ijrochilik faoliyatining “gullab yashnash” davri bo’ldi. 1904-yilda Katta teatr dirijeri bo’lib, teatrda o’z ishini etuk usta sifatida boshlab, rus opera san’ati tarixida katta rol o’ynadi. Glinkaning “ Ivan Susanin”, Dargomijskiyning “ Rusalka”, Musorgskiyning “ Boris Godunov”, Borodinning “Knyaz Igor”, Chaykovskiyning “Pikovaya dama “ operalari Raxmaninov talqinida o’zgacha yangradi.
1906-yilda Raxmaninov o’zining katta bo’lmagan A.Pushkin matniga yozilgan “ Skupoy ro’tsar” (Xasis ro’tsar) va Dante matniga yozilgan “Francheska da Rimmini” operalarini olib chiqdi.
1906-yildan 1909-yilga qadar Raxmaninov oilasi bilan Drezden shaharida yashaydi. Bu yillarda kompozitor tomonidan “ Ostrov mertvo’x” (Murdalar oroli” poemasi, ikkinchi simfoniyasi va fortepiano sonatasi yaratiladi. 1910-yilda Amerika va Kanadaga birinchi kontsert safari uyushtirildi. 1909-dan 1918-yilga qadar “Kolokola”(Qo’ng’iroqlar) kantatasi, uchinchi fortepiano kontserti, ikkinchi fortepiano sonatasi, prelyudiyalar, 2 ta etyud va kartina –tsikli, romanslar 2 ta tsikli kabi asarlari yaratildi. Bu yillar asarlarlarida hissiyot ifodasining bosiqliligi, xavf-xatar lahzalarining paydo bo’lishi, falsafiy fikrlash aks ettirilgan bo’lsada, jo’shqin kayfiyat egalik qilmoqda. Rossiyaning shu yillaridagi turli oqimlari kayfiyati bu asarlarda aks ettirilgan. Musiqiy til murakkab va shu bilan birga jozibalidr. Melodiya o’rnini nutq deklamatsiyasi egallagan.
1917-yil oxirida Raxmaninov oilasi bilan xorijga ketadi. Amerika va Evropa mamlakatlarining ko’plab shaharlariga gastrol safarlarini uyushtiradi. 1935-yilda tamomila Amerikada joylashadi. Bu yillarda kompozitor tomonidan №4 chi fortepiano va orkestr uchun kontserti, orkestr va xor uchun 3 ta rus qo’shiqlari, 3ta simfoniya “Simfonicheskie tantso’ dlya orkestra” ( Orkestr uchun simfonik raqslar), “Rapsodiya na temu Paganini “( Paganini mavzusiga rapsodiyalar) fortepiano va orkestr uchun yozilgan asarlari yaratilgan.
Uning xorijiy davridagi kontsert faoliyati shiddatli va jadaldir. Masalan 1918-19 yillar mavsumida, Amerika Birlashgan shtatlarida uning ijrosidagi 36 ta kontsert namoyishidir. Dasturining kengliligi va doimiy fortepianoda shug’ullanishlari natijasida, Raxmaninovning ulug’ pianinochi sozanda nomi ochildi. Raxmaninov Kaliforniyaning Beverli Xills shahrida 1943-yil 28 martda butun jahon tayyorgarchilik ko’rayotgan uning 70 yilligiga uch kun qolganda olamdan ko’z yumdi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling