Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet140/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. Musiqiy tili. Skryabin XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy madaniyatning yirik namoyondalaridan biridir. Skryabin o’zining tovush dunyosini, obrazlar tartibini, ifodalar vositasini yaratgan dadil targ’ibotchidir. Musiqiy tilidagi yangi xususiyatlar uning garmoniyasida yorqin ifoda kasb etdi. Yangi ifodali vositalarni topishda izlanish Skryabinning ijodiy yo’lidir. Rimskiy-Korsakov va boshqa bir kompozitorlar (ayniqsa List va Vagner) uslublarini rivojlantirgan holda, Skryabin o’zining uslubiga xos, asta-sekin boyitilgan va o’tkir garmoniya, spetsifik xususiyatlariga keladi. Nonakkordlarning keng qo’llanilishi Skryabin garmonik tilining xususiyatiga kiradi.
Skryabin musiqasining usuliga kelsak u impulsli, tezkordir. Urg’uning keskinligi, muayyan aniqlikga ega bo’lmagan variantlarning ko’pliligi, yangi usul tarkibida takrorlanayotgan mavzu, tovush tusining ko’pliligi Skryabin musiqasiga notinch, besabrlik xarakterini beradi.
3. Fortepiano ijodi. Skryabin iste’dodli pianist. Skryabin o’z ijrosida asabiy hissiyotni va shu bilan birga ilhomlantiruvchi ohang tusining bukiluvchanligini, sur’at va usulning o’zgaruvchanligini, nozik tovushlilik ranglarining turliligini va boyligini pedalizatsiya texnikasi mahorati orqali etkazib bera olar edi. “Unda go’zal va yumshoq tovush maftunkorligi, barmoqlarida aniq harakatlilik bor bo’lib royal kichik passajlarda ajoyib mislsiz yangrar edi“, deb eslagan pianist M. A. Pressman. “ Skryabin ijrosi aniq badiha kabi, sirli, ishqiy bo’lib, uning texnikasi xaqida gapirish kerak emas . Uning o’yinini eshitayotib, texnikasi xaqida o’ylamaysiz, hayolingizga ham kelmaydi. Uni faqat tinglab, ijodiy irodasi bilan sizni tinglashga va hayajonlanishga majbur qilayotgani ----Buyuk san’at ekanligiga amin bo’lib, bosh egasiz”, deb xarakterlagan ekan, Skryabin ijrosi ashaddiy ixlosmandi bo’lgan taqrizchilardan biri .
Fortepiano asarlari uning asarlari ichida katta qismni tashkil etadi. Kontsert , 10 ta sonata , si minorli fantaziya, “Tragicheskaya“(Fojeali),“Sataninskaya”(Shaytoniy), “ K plameni” (Alanga uchun) poemalari, noktyurn kabi asarlari yirik asarlar sirasiga kiradi. Ijodida miniatyuralar ham katta qismni tashkil qiladi: prelyudiyalar, etyudlar, noktyurnlar, mazurkalar, ekspromtlar. Kompozitorning falsafiy-estetik qarashlarini aks ettiruvchi “Zagadka” (Jumboq), “Ironiya”(Hazil), “Maska” (Niqob), “Strannost” (Ajiblik) kabi poemalari ajoyib sirli nomlarga ega.
10 sonatasining ichidan 3 ta sonatasi an’anaviy sonata tsikllaridir, qolgan sonatalar esa bir qismlidir.
Skryabin fortepiano asarlari uning uslubi evolyutsiyasini aks ettirgan. Ilk davrining asarlari melodik tilning go’zalliligi va kuychanligi bilan ajralib turadi. Skryabin lirik melodiyasi egiluvchan va bukiluvchan bo’lib, qalb kechinmalarini nozik tuslarda etkazadigan, o’ziga xos (izvilisto’y) suratiga ega. Skryabin, ohang kuychanligidan qat’iy nazar, vokal qo’shiqli xarakteridan holiroq, instrumental cholg’u musiqasiga ahamiyat bergan, bu xislat aynan uning dramatik epizodlaridagi musiqasida paydo bo’ladi. O’tkir sinishlar, sakramalar, qo’shimcha ta’kidlangan skryabincha usulning xarakterli xislatlari uning melodikasiga xosdir. Skryabin uchun odatiy bo’lgan metrik siljishlar, sinkopalar, punktir usuli, pauzalar, titroq hayajon bilan nozik ifodaning bo’rtirilgan, notinchlikning mardonavor yuksalish bilan bo’lgan uyg’unligini yaratadi.
Skryabin deyarli fuga, fugato kabi imitatsion polifoniya shakllariga murojaat qilmagan, biroq polifoniyacha fikr yuritgan. Murakkab ohanglashtirilgan shakllar bilan boyitilgan bayon cholg’u vosita ifodasini chuqur anglaganligini ko’rsatadigan skryabincha fortepiano uslubiga xosdir.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling