Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
8. Romanslari. Romanslar, Chaykovskiy ijodining boy va ahamiyatli qismini tashkil qiladi. Mana shu romanslarda tabiat va uning inomlari novatorligi paydo bo’ldi. Chaykovskiy, butun umri mobaynida romanslar yozgan, shuning uchun ham, ular uning evolyutsisi (yangilanishini) aks ettiradilar. Chaykovskiy romans janrini, opera va simfonik musiqaga xos rivojlanish uslublari bilan boyitgan. Bu romans shakllarini, simfonizmning kichik shaklga aylanishi talqinida ko’ramiz. Romans shakllari oddiy. “Sred shumnogo bala”(Shovqinli bazm ichida) lirik miniatyurasi va katta rivojlovdagi lirik romanslari ham bor.
Chaykovskiy tomonidan 100 dan ortiq romanslar yaratilgan. Ular kayfiyat bo’yicha turlidir: quvnoq va yorqin romanslari: “To bo’lo ranneyu vesnoy» (Bu ilk bahorda bo’lgan edi), «Den li tsarit» (Kunmikan hokim surgan?), dramatik asarlari: «Noch» (Tun), «Snova, kak prejde odin» ( Yana avvalgiday bir o’zimman) romanslaridir. Tabiat mavzusiga bog’liq: “Blagoslavlyayu vas lesa” (O’rmonlar sizga fotiha beraman), ”Rastvoril ya okno” ( Men derazani ochdim) romanslari bor. Chaykovskiy o’z romanslarida turli xil hissiyot va kayfiyatlarni chuqur va xaqiqiy ochib bergan. Romans matnlari turli shoirlarga tegishli, asosan A.Tolstoy, A.Pushkin, Fet, Maykov va boshqalar. Chaykovskiy o’z romanslarida, operalari kabi matn xarakteriga qarab, mos keladigan musiqani topa olgan. Keng, kuychan ohangning nutq ifodasi bilan uyg’unlashib ketishi, asar davomida usulning yagonaligi, Chaykovskiyning romans uslubiga xos xususiyatdir. Yorqin obraz--kayfiyat bilan vokal partiyasini to’ldirib turadigan fortepiano ijrosi Chaykovskiy romanslarida katta vazifani bajaradi. Romanslar qatorida Chaykovskiy tomonidan 16 ta bolalar uchun qo’shiq yaratilgan, ularning orasida “Travka zeleneet” (O’t ko’karmoqda), “Kolo’belnaya v buryu” (Bo’ronga alla), “Moy sadik” (Mening bog’cham) qo’shiqlari taniqlidir. A. Tolstoy qalamiga mansub “Sred shumnogo bala” (Gavjum bal orasida) romansida ifodali, musiqiy, poetik obraz yaratilgan. Bu romans vals usulida yozilgan bo’lib nozik-lirik miniatyuradir. Romans yagona intonatsion 3 qismli shaklda yozilgan. Fortepiano ijrosining kirish va tugallanishi orqali butun romansga yakunlanish yasalgan. Chaykovskiy hayotining so’nggi yillaridagi romans tsikli fojeali asarlaridan biriga shoir Ratgauza she’riga yaratilgan “Snova, kak prejde odin” (Yana, avvalgiday bir o’zimman) romansi kiradi. Musiqa, tamomila yolg’iz bo’lgan insonning qalb kechinmalarini ifoda etgan. Chaykovskiy, “Snova, kak prejde odin” (Yana, avvalgiday bir o’zimman) romansida o’zining vokal ijodidagi barcha asarlari kabi ovoz va fortepiano o’zaro harakatligiga intilgan. Fortepiano ijrosi ovoz bilan teppa teng vazifani o’ynaydi. Ifodali vokal partiyasining tertsiya diapazonida, sekundali ohangning bir turda qaytarilishi, va fortepiano ijrosi umidsizlik kayfiyatini tug’diradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling