Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet131/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

6. Baletlari. P.I.Chaykovskiyning balet janriga murojaati tasodifiy emas. Musiqaning hatti harakatlarini, plastikasini his qilish Chaykovskiy iste’dodiga xosdir. Uning operalari, simfoniyalari, romanslarida raqs usullari kam emas. Chaykovskiyning baletlari rus klassik baletlari tarixini ochib bergan. Chaykovskiyga qadar, musiqa baletda yordamchi vazifasini o’ynar edi. Uning baletlarida, aynan musiqaning raqs bilan birlashib ketishi ifodali mazmunga aylandi. Bu xaqiqiy dramatik asarlardir. Har bir raqs musiqasi va ularni ulab turuvchi orkestr epizodlari mexanik tarzda emas, mazmunga qarab belgilangan. Barcha klassik shakllar asosiy mavzuning ochilishiga bo’ysunadi.
Kompozitor baletga, simfonik dasturli asar nuqtai nazari bilan qaraydi.Balet simfonizatsiyasi printsiplari---Chaykovskiy reformasi xulosasidir.” Balet --- simfoniya kabidir” deb yozadi kompozitor.Opera va simfoniyaning dramatik printsiplari: musiqiy rivojlanish, yorqin individual xarakterlar, leytmotiv rivoji, butunlikning yagonaligi uchrab turishi baletga ham olib o’tilgan.
“Operaning mazmuni reallik va xaqiqatlik bo’lsa, baletning mazmuni ertakli va sehrli mulohazali bo’lishi kerak” ,deb hisoblagan Chaykovskiy.
Chaykovskiy tomonidan “Lebedino ozero” (Oqqush ko’li), “Spyahaya krasavitsa” (Uyqudagi go’zal), “Helkunchik”( Qarsillatuvchi) kabi 3 ta baletlar yaratilgan. Barcha baletlar syujeti ertaklidir. ”Lebedinoe ozero” (Oqqush ko’li) birinchi baleti 1876-yil, teatr namoyondasi Begichev va xoreograf Geltser tomonidan sahnaga olib chiqilgan.
“Spyahaya krasavitsa” (Uyqudagi go’zal) ikkinchi baleti, (1889) Perro ertagi asosidagi monumental xoreografik simfoniyadir.
“Helkunchik”( Qarsillatuvchi) (1892) uchinchi baleti Gofman ertagi syujeti asosida yaratilgan.
“Evgeniy Onegin” va “4 chi simfoniya” asarlari kabi, Chaykovskiyning 70-yillardagi eng sara asarlari orasiga sevgi va vafolik romantik qissasi
“Lebedino ozero”(Oqqush ko’li) baleti ham kiradi. Bu balet 1876-yilda yaratilgan bo’lib, 1877-yilda birinchi marta ijro etilgan.
Musiqiy tanqidchi G.A.Larosh, “Lebedinoe ozero” baleti xaqida shunday degan ekan “Melodiyalar bir biridan yumshoq “. Baletidagi poetik mavzu va ilhomlantiruvchi musiqa Chaykovskiyning yildan yilga mashhur bo’layotganini aniqlab beradi.
Balet janri an’analarini buzmagan holda, u novator tatbiqiy asarini yaratishga muvaffaq bo’ldi Alohida bo’lgan epizodlarning an’anaviy yopiqligiga qaramasdan, yagona lirik mavzuga yo’g’rilgan musiqa yaratilgan. Asosiy fojeali mavzuning yo’nalishi oqibatida, Odetta leytmotivi uzluksiz rivojlov va simfonik yagonalikni yaratadi. Bu mavzu baletning turli vaziyatlarida yorqin, nozik lirikadan fojealikka o’tib, qiyofasini almashtirib turadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling