Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet130/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

5. Opera ijodiyoti.” Opera, aynan faqat opera, Sizni insonlar bilan yaqinlashtiradi, sizning musiqangizni xaqiqiy omma bilan birlashtirib, Sizni nafaqat kichik to’garaklar iftixori, balki butun xalq iftixoriga aylantiradi”-deb yozgan ekan Chaykovskiy.
Opera uning ijodida katta o’rinni egallaydi. Kompozitor tomonidan 10 ta opera yaratilgan: ”Voevoda”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shin boyari), “Undina”G’ keyinchalik kompozitor talablariga javob bermagani uchun yo’q qilinganG’, “Kuznets Vakula” G’keyinchalik “Cherevichki” nomini olganG’, 3 ta tarixiy syujetga ega “Oprichnink”(Askarboshi), “Mazepa”, “Orleanskaya deva”(Orlean qizi),”Charodeyka”(Afsungar) operasi, yorqin lirik “Iolanta”operalaridir.
“Evgeniy Onegin” va “Pikovaya dama” Chaykovskiy opera ijodiyoti cho’qqisining eng yuksak operalaridir.
Ko’pchilik operalari - inson hayoti, fikrlari va hissiyotlari asosida yaratilgan lirik-psixologik dramadir. Kompozitor, opera janrining o’ylangan printsiplari chegarisidan chiqmas edi. Evropaning va rus musiqasining yo’nalishlarini va turli-xil uslublarni qo’llashi bilan birga, Chaykovskiy yangi uslub, realistik operasini yaratadi.
“Operaning asosiy shartlari, harakter va vaziyatlarning xaqiqiyligidir”, deb hisoblar edi Chaykovskiy. Syujet, faqat bir hissiyotni “ muxabbat, rashk, vatanparvarlik” ni ko’rsatishi kerak.
Chaykovskiy operalarida, ohang etaklovchidir. Orkestr xonanda ovozini bosib ketmagan holda, opera rivojlanishida faol qatnashadi. Uning operalari tarkibi: simfonik rivojlanish va opera shaklining yopiqliligi, bir biri bilan uyg’unlashgan –ariyalar, duetlar, xorlar, ansambllardir.
Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va ifodaliligi, simfonik rivojlanishi bilan birlashib, ruhiy holatning dinamikasini ko’rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish, balki ko’rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi.
Chaykovskiy, o’zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878-yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy “intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik idealini yaratishga muvaffaq bo’ldi.
So’nggi davrlarida, opera ijodiyotining musiqa teatrlari tarixida yangi sahifa ochildi. “Orleanskaya deva”, “Mazepa”, “Charodeyka”operalari “Evgeniy Onegin” kabi umumiy xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Endilikda qahramonlar psixologik dramasi, murakkab, “tashqi” harakatlar bilan boyitilgan ziddiyatlik mazmuni, keskin burilishlar, syujet yo’nalishining parallelligi bilan ifodalangan. Shaxsiy drama va xalq o’zaro aloqadordir.Qahramonlar xarakterining serqirraligi, ikkinchi darajali epizodik qiyofalarning kiritilishi, obrazlar qo’yilishidagi farqlilik shu davr opera dramaturgiyasining yangi xislatlaridir, ammo barcha vaziyatli harakat sahnalari-- markazda bo’lgan bir obrazning rivojlanishiga, birinchi planda namoyish etiladigan musiqiy xarakteristikaga va uning barcha narsaga bo’lgan ta’siriga bo’ysunadi. Mana shularning barchasi, 1890-yil Pushkin syujetiga yozilgan “Pikovaya dama” operasida yoritilgan. “Pikovaya dama” opera dramaturgiyasi “Evgeniy Onegin” operasiga namunadir. Chaykovskiy intim-drama ko’rinishiga qaytganday bo’lib, ammo uni fojeali kontseptsiya orqali sindiradi. Barcha harakatlar, bosh qahramon fojeasi rivojlanishi ko’rinishiga yo’naltirilgan.
“Pikovaya dama”--Chaykovskiy opera ijodining cho’qqisi, rus va jahon klassika durdonasi hisoblanadi.
Chaykovskiy, Pushkin qissalari obrazlarini o’zgartirgan holda, Pushkin asarlarining muhimliligini va ahamiyatliligini qoldirgan, qissa va opera qahramonning uni o’rab turgan jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorligiga va ichki nizo asoslariga asoslanishi kerak. German xarakteri, atrofidagilarga bo’lgan munosabati va uning qalbida kurashayotgan ikkita ehtiros,: qimor o’yiniga va Lizaga muhabbati Chaykovskiyda o’zgacha yoritilgan. Instrumental simfonik musiqasining operada rivojlanib, ishlatilishi “Pikovaya dama”dramaturgiyasida yorqin aks etgan. Opera dramaturgiyasining yangi uslubi o’zgacha tematizmnin talab qildi. Intorduktsiya--operadagi simfonik variantning qisilganligi simfonik rivojlanishda o’zgacha ahmiyatga ega.
Evgeniy Onegin” operasi mazmuni. Kechki oqshom. Larinlar uyi hovlisidagi bog’. Tatyana va Olga qizlarining navqiron ovozi Larina va enaga Filippevnada yoshlik chog’larining xotirasini eslatmoqda.Olisdan kuy qo’shiqlar ovozi kelmoqda. Dehqonlar yig’ib olingan hosil munosabati bilan, xonadon sohibasiga gul va lentalar bilan yasatilgan snopni olib keldilar. Dehqon qo’shiqlari, o’ychan orzularga berilgan Tatyana va beg’am quvnoq Olganing e’tiborini tortmoqda. Larinlar xonadoniga, Olgaga oshiq bo’lib qolgan, ularning qo’shnisi Vladimir Lenskiy va uning yaqinda Peterburgdan, zerikarli qishloqqa kelgan navqiron do’sti Onegin mexmonga kelmoqdalar. Tatyana, Onegin bilan bo’ladigan uchrashuv oldidan hayajonga tushgan, chunki Onegin qiyofasida o’zining qaylig’ini ko’rayapti.
Tatyana xonasi. Qiz xavotirli o’ylar girdobida. Uyqusi kelmayotgan Tatyana, enagadan uning yoshligi xaqida so’zlab berishini iltimos qiladi. Bundan ham uning hayajonlari tarqamadi.Unga begona bo’lgan yangi hissiyotga berilib, Oneginga o’z sevgisini izhor qiluvchi maktubni yozib, unga jo’natadi.
Soyali bog’da Larina qizlari qo’shiq aytib, meva terishmoqda. To’satdan hayajonlangan Tatyana yugurib keladi. Onegin etib keldi, u hozir shu erda bo’ladi. U titragan holatda o’z izhori uchun javob kutadi. Onegin vazmin kayfiyatda. Tatyananing samimiyligidan xursand bo’lsada, uning muxabbatiga javob bera olmaydi. Hayratga tushgan qiz nadomat ila uning falsafiy fikrlarini tinglamoqda.
Larinalar uyida ziyofat. Tatyananing tug’ilgan kuniga ko’p mehmonlar tashrif buyurgan. Xonimlar orasidagi frantsuz Trike tug’ilgan kun sohibasiga tabrik she’rini o’qib bermoqda. Qishloqcha ziyofat,odamlarning g’iybati Oneginni zeriktirib qo’ydi. Uni bu erga olib kelgan Lenskiydan alamini olish uchun Olgaga mulozamat ko’rsata boshlaydi Lenskiy, do’stining hatti harakatidan va qaylig’ining engiltabiatligidan hayratlanmoqda. Mazurka mobaynida janjal boshlanadi. Tahqirlangan Lenskiy jahl ustida Oneginni chaqiruvga undaydi. Atrofdagilar ularni yarashtirishga harakat qiladilar.
Qish tongi.Tegirmon yonida duel belgilangan. Tongga yaqin bu erga Lenskiy sekundanti bilan kelgan. Fikri va hayoli Olgada. Bu kun unga nimani tayyorlayotgan ekan? Kechikib kelgan Onegin paydo bo’ldi. Raqibdoshlar ikkilanmoqda, ular bo’lib o’tgan do’stlikni eslamoqdalar, ammo yarashishga yo’l yo’q. Duelchilar qarama-qarshi holatda joylashishdi. O’q otildi va o’qdan yaralangan Lenskiy qulaydi.
Badavlat xonadonda Peterburg mashhur, badavlat insonlari to’plangan. Yorqin poytaxt, ziyofat kechasi avjiga chiqqan. Mexmonlar orasida sayohatdan qaytib kelgan Onegin ham bor. Na sayohat, na ziyofat kechalari uning dardiga malham bo’lmoqda. Uning ro’parasida knyaz Gremin rafiqasi bilan paydo bo’ladi va Onegin uning rafiqasi qiyofasida Tatyanani ko’radi. Knyaz, Oneginga muvaffaqiyatli uylanishi xaqida so’zlayotib, Tatyanani tanishtiradi. Onegin qachonlardir qizning birinchi hissiyotini rad etganini shu daqiqa tushunib eta boshlaydi. To’satdan Tatyanaga paydo bo’lgan muxabbatdan qamrovga tushgan Onegin ,Tatyana bilan uchrashishga ahd qiladi.
O’z mehmonxonasida Tatyana xavotir ila Oneginning maktubini o’qimoqda. U hanuzgacha uni sevadi. To’satdan Onegin kirib keladi. Uning so’zlarida izhor va afsusli nadomat bor. Tatyana ularning birinchi uchrashuvini eslaydi U paytda ularning muxabbatiga imkon va yaqinlik bor edi.Ammo o’tmishni ortga qaytarib bo’lmaydi. Oneginni mag’rurlik va nomusga chaqirib, endilikda u boshqa insonnig umr yo’ldoshi ekanligini va uni tinch qo’yishini so’raydi. Endilikda qizlik orzulari o’z hukmini yo’qotgan edi. Onegin yolg’iz qoladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling