Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet129/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3. Ijodiga xarakteristika. Chaykovskiy evropa va rus musiqa madaniyatining katta yutuqlarini tanlagan holda, XIX asrning rus xalq ijodiyoti va shahar romanslariga tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz, milliy namuna va timsollarini yaratgan. U lirik operalarni va rus klassik baletlarini, jahon kamer-cholg’u musiqasi qatoridan joy olgan fortepiano va skripka uchun kontsertlarni yaratgan. Uning fortepiano miniatyuralari va lirik romanslari yangi talqinda yangradi.
Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir. Melodiya (ohang) o’z ichiga rus xalq qo’shiqlarining keng kuychanligini, insoniy nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o’z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi yuqori professional, badiiy etuklikda bo’lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi. Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi.Sekventsion rivojlanish uslubidan keng foydalanilgan. Chaykovskiy asarlarida ko’proq raqs usullari yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera kamer-cholg’u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi ukrain, italyan, frantsuz xalqi uchun qo’shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera kompozitori bo’lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo’li murakkab va azobli edi. U hayotning realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan. Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida erishdi.
Operalardan farqli o’laroq, Chaykovskiy o’zining simfonik asarlarida, o’z tabiiy tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi risolasi, cholg’ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini ko’rishimiz mumkin. U o’ziga xos melodik uslubni yaratgan .
4. Simfonik ijodi. Chaykovskiy ijodining butun hayoti davomida simfonik musiqa katta o’rinni egallar edi. Ostrovskiy dramasiga “ Groza” (Momaqaldiroq) uvertyurasi, bu vohadagi uning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan asari edi. O’limidan bir oz muddat oldin, “Oltinchi simfoniya” va uchinchi fortepiano kontsertlarini yaratgan edi. Janrlari turli-xil bo’lgan simfonik asarlar ichida 6 ta simfoniya, “Manfred”, bir qismli dasturli uvertyuralar va poemalar, “Fatum”(Qismat), “Romeo va Juletta”, “Burya”(Bo’ron), “Francheska da Rimini” “Gamlet”, “Voevoda” kabi asarlar katta ahamiyatga ega edi.
To’rtinchi va beshinchi simfoniyalari juda ham misli ko’rilmagan mashhur edi. Kompozitorning bu simfoniya janrida, falsafiy izlanishlarning asosiy savoli echilmoqda “Inson mavjudligining ma’nosi?”. Chaykovskiy, simfonik asarlarning-- badiiy g’oyalarni keng ko’lamda, katta erkinlik bilan rivojlanish jarayonini aks ettirishi uchun imkon yaratib berishiga ishonar edi.
Chaykovskiy simfonik asarlarining ko’pchiligi dasturlidir. Bunga asarning nomi va uning alohida bo’lgan qismlari ko’rsatma beradi. Masalan, “Zimno’e grezo’”(Qish orzusi) simfoniyasi va “Romeo va Juletta” uvertyurasi, “Manfred” simfoniyasida asosan katta so’z bayoni dasturi berilgan.
Kompozitor o’zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos adabiy syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga liriko-dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan.
“XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar” darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo’l keldi”, deb ifodalaydi B.V. Asafev. Uning asarlarida, simfonik uslubning harakat va dinamika vositalari yordami, simfonizmning lirik tabiati, psixologizm, obrazlar konkretlik janriga bo’lgan tayanch ifoda topar edi. Chaykovskiy, qalbida to’plangan barcha dard alamlarni qanday his etsa, simfoniyani ham shunday his etar, simfoniyaning yaratilishi esa Chaykovskiy uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o’z simfoniyalarida avvalambor insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat qilar edi.
Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri bilan o’zaro aloqadorligidir.
O’zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi sifatida, XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik san’atning falsafiy va hissiy tomonlarini o’lchab ko’rib, o’z asrining zamonaviy kompozitoriga aylandi.
Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o’zining katta hissasini qo’shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va orkestr uchun kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling