Иоганн Себастьян Бах
Ijodiy hayot yo’li va ijodiga xarakteristika. Hayoti
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3 . Ijodiy hayot yo’li va ijodiga xarakteristika. Hayoti. M.I Glinka 1804-yil Smolensk guberniyasi( viloyati) Novospassda tug’ildi. Yoshligidan rus xalq qo’shiqlarini eshitishni yoqtirgan. Uning amakisi qaramidagi dehqonlar orkestri dasturida rus qo’shiqlari, klassik p’esalar va raqslar bor edi. U bolalik davridan boshlab skripka va fortepiano asboblari ta’limini o’zlashtirgan. 1818-1822 yillar mobaynida Peterburg shahrida umumiy ta’lim olish bilan birga adabiyot, teatr, poeziya, musiqa sohalarini ham o’zlashtirgan. Glinkaning hayotida uning ustozi Sh. Mayer unga nafaqat pianino chalishni, balki kompozitorlik musiqa asarlarini yaratish sohasini ham o’rgatdi. 1825-yillarda Glinkaning tabiatan tug’ilgan kompozitorlik iste’dodi paydo bo’lib, o’zini to’laqonlik bilan ijodga bag’ishlaydi. Uning birinchi tajribasi ostida fortepiano variatsiyalari tsikli, uvertyuralarning xomaki nusxasi, kamer ansambllari asarlari paydo bo’ladi. Undan so’ng “Ne iskushay” (Vasvasaga tushma), “ Bedno’y pevets» (Bechora qo’shiqchi),“Ne poy krasavitsa pri mne”( Nozanin mening oldimda qo’shiq kuylama) kabi rus xalq qo’shiqlari mavzusiga ahamiyatli romanslari yaratiladi. Bir paytning o’zida uning pianinochi-ijrochi va xonanda mahorati ham shakllana boshlaydi. 20-yillarga kelib Glinka juda mashhur bo’la boshlaydi.Atrofidagi muhit neki berayotgan bo’lsa hammasidan ozuqa ola boshlaydi. Glinka Pushkin, Griboedov, Jukovskiy, Mitskevich kabi shoirlar bilan yaqin edi. Odoevskiy va Varlamov kabi muzikantlar bilan birga polyak millatiga mansub pianinochi Mariya Shimanovskaya xonadonidagi namoyishlarda chiqish qilar edi. Glinka nafaqat rus musiqasini o’rganibgina qolmay, G’arb musiqa madaniyati bilan tanishib chiqishga ham harakat qiladi. 1830-yilda birinchi bor xorij safariga jo’naydi. U Italiyaga ketadi va u erda Milanda yashab Neapol, Rim, Venetsiya shaharlarida ham bo’ladi. U erda italyan opera madaniyatini o’rganadi. Italyancha mavzuda fortepiano uchun yozilgan variatsiyalarida uning Italiya madaniyatiga bo’lgan qiziqish va muhabbatini ko’rish mumkin. Berlinda Glinka muzikant-nazariyotchi Zigfrid Den rahbarligi ostida nazariy bilimlarini tartibga solib, polifonik xat texnikasi ustida ishlaydi.1834-yilda Glinka vataniga qaytib kelib, rus milliy operasi “Ivan Susanin” operasini yaratish g’oyalarini tuzadi. U katta qahramonnona opera yaratish orzusida bo’ladi. “Ivan Susanin” operasi syujeti Jukovskiy tomonidan taklif qilingan bo’lib, bu opera ustida katta ish boshlanadi. Ammo operaning librettosi yo’qligi bir qancha qiyinchiliklar tug’diradi. Opera matnini yozish G.F.Rozenga topshiriladi. Dastavval “Ivan Susanin” operasi nomi “Shoh uchun hayot” deb nomlangan, ammo xalq fojeasini va Vatan uchun jonini fido qilgan dehqon jasoratini ko’rsatish uchun keyinchalik “ Ivan Susanin” nomiga o’zgartirildi. Opera taqdimoti 1836-yil 27 noyabrda namoyish qilinib, katta muvaffaqiyat qozonadi. Operani ulkan tarixiy voqea deb qabul qilgan Pushkin, Gogol, Odoevskiylar operani sharafladilar. Qo’shiq ishqibozi bo’lgan ba’zi oqsuyaklar “izvoshchilar musiqasi” deb qarama-qarshi fikrlarni ham yuritdilar.
Glinka ijodining “gullab yashnash”davri boshlandi.Uning san’ati vatanida va xorijda rag’bat qozonadi. Glinka “Ruslan va Lyudmila”operasi, N.K.Kukolnikning “Knyaz Xolmskiy” fojeasiga musiqa yaratishni, “Prohanie s Peterburgom” (Peterburg bilan xayrlashuv) romanslar majmui ustida ish boshlaydi. Bu davrning “ Somnenie” (Shubha), “Nochnoy smotr”(Tungi ko’rik), “Ya pomnyu chudnoe mgnovene”(Ajib bir lahza hamon yodimda) kabi romanslari juda mashhurdir. “Ruslan va Lyudmila” operasi 1842- yil 27 noyabrda namoyish etildi. Opera taqdimotida imperator va uning a’yonlari opera tugamasidan zalni tark etganlariga qaramasdan, musiqiy tanqidchilar operani yuqori baholashgan.1840-yillar Glinkaning estetik qarashlari shakllangan davrdir. Ammo Glinkaning tashqi hayoti sharoitlari noqulay va nomuvofiq edi. Saroy qoshidagi ashulachilik jamoasida kompozitor bo’lib ishlasada, saroy xizmatkori bo’lib ishlayotgani unga alam qilar edi. Jamoaning mayda hasadlari va ayblashlari Glinkaning ijod mehnatiga xalaqit berar edi. Glinkaning ijodiyoti bir maromda omadli kechayotgan bo’lsada, uning shaxsiy hayotini baxtli deb bo’lmasdi. Atrofidagi insonlarning hasadgo’yliklari va uning ijodiyotiga befarq bo’lgan oqsuyak boy pomeshchik qizi, uning rafiqasi M.P. Ivanovaga omadsiz uylanganligi Glinkaning ijod qilishiga ba’zan xalaqit berar edi.Mana shularning barchasi Glinkaning oqsuyak, zodagonlar olami bilan aloqasini uzishga olib keldi. 1844-yilda xorijga Frantsiya va Ispaniyaga jo’nab ketadi. Parijda Glinka Gektor Berlioz bilan tanishadi. Parijda uning asarlaridan tuzilgan kontsert dasturi omadli o’tadi. Hayotining so’nggi yillarida Glinka Peterburgda, Varshavada, Parij va Berlinda yashaydi. Uning uyida doimo, yozuvchilar, shoirlar xonandalar, aktyorlar va yosh muzikantlar Balakirev, musiqiy tanqidchilar Serov, Stasov kabilar yig’ilar edilar. 1857-yilda Glinka Berlinda hayotdan ko’z yumdi va uning hoki Peterburgga olib kelindi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling