Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet107/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4.Interpretator- Sharhlovchi, izohlovchi.
5. Kantilena – Muloyim va xushohang kuy .
MA’RUZA№2 “Mixail Ivanovich Glinka hayoti va ijodi (1804-1857)”

1. Glinkaning musiqa olamida tutgan tarixiy roli.


2. Glinka ijodiyotining tadqiqotchilari
3. Glinka ijodiy hayot yo’li va ijodiga xarakteristika.
4. Glinka opera dramaturgiyasi.
5. Glinka simfonik musiqasi.
6. Glinkaning romans va qo’shiqlari.
1. Glinkaning musiqa olamida tutgan tarixiy roli. Glinkaning musiqa olamidagi tarixiy tutgan o’rni rus adabiyoti olamidagi Pushkin bilan hamohangdir. Bu ikki zamondosh buyuk insonlarning ijodiyotlari ham xarakter jixatidan bir biriga o’xshash va bir biri bilan uzviy bog’langan. Tanqidchi Belinskiy aytganiday ; Bu ikki insonning rus klassik madaniyatiga qo’shgan hissalari juda katta,ular rus adabiy-musiqiy klassik madaniyatining ochilmagan yangi qirralarini ochib bera olgan, rivojlantirish jarayonida yangi turkumlar,yangi janrlar,umuman olganda rus madaniyatida keskin yangilik yaratishga asos solgan tarixiy insonlardir . Pushkin singari Glinka xam o’z asarlarida rus hayoti,rus xarakterining negizi tomonlarini ko’rsata oldi.Glinka rus klassik operasi va rus klassik romanslari yaratuvchisidir. Glinkaning buyuk tarixiy ahamiyatiga tegishli yana bir narsani ta’kidlab o’tishimiz kerak. U nafaqat kompozitor balki, turli xil millatlarning dunyoqarashini, ichki hissiyotini , hayotning ideologik taraflarini his etib, ko’ra bila olgan ruhshunos, buyuk insondir. Glinka ijodining “gullab yashnash”i romantizm davriga to’g’ri keladi. Glinkaga romantiklarning milliy o’ziga xosligi va xarakteri mohiyati yaqin edi. Ammo Glinka romantik bo’lmadi uning “ Ruslan va Lyudmila” rangdor fantastik operasida kishini ulug’lovchi hislar majmui yo’q.
2. Glinka ijodiyotining tadqiqotchilari. Glinka ijodiyoti davri romantizm davriga to’g’ri keladi. Glinkaga romantizm oqimining xarakteri, ya’ni xalk qadriyatlariga asoslangan xarakteri ma’qul keldi, lekin Glinka xaqiqiy romantik bo’lmadi. “Ruslan va Lyudmila” operasida romantizm xarakteri ifoda topmagan,aksincha fantastik syujetlarga boy. Rus musiqa tarixida Glinka birinchilardan bo’lib xaqiqat va go’zallikni, obrazlarning hayot tarzini jonli ifodalab, ko’rsatib bera olgan kompozitordir.
Rossiya san’atshunoslari uchun Glinka ijodiyoti katta musiqali estetik izlanishlar uchun ob’ektdir. Ijodiyotining tahlillar asosi professional adabiy musiqani ko’rsatmoqda. Glinka asarlari tarixiy,estetik ruhda,musiqali ijod aspektlarida(nuqtai nazar, jihat, tomon)idan tahlil qilinmoqda. Uning asarlari tanqidiy maqolalar predmetiga ,musiqali teatr va musiqali ijro, opera dramaturgiyasi, simfonizmning printsiplari, musiqa matnlari spetsifika(o’ziga xoslik) mavzusiga tegishli dolzarb muammolar echimini topish, izlanishlari uchun bebaho namuna bo’lmoqda. V.F. Odoevskiy ,A.N Serov,B.V Asafev ,D.D Shostakovich, G A. Larosh, P.P Veynmarn, A.N. Rimskiy-Korsakov kabi san’atshunos olimlar va kompozitorlar Glinka ijodiyotini o’rgangan va hanuzgacha o’rganib kelayotgan insonlardir. M.I. Glinkaning ijodiy hayoti uning “Zapiskax”( Xotiralar) hayotiy kechinmalarini yozib qoldirib ketgan kitobida aks etgan. Bu kitobda Glinkaning hayoti 4 davrga bo’lingan.
1.Bolalik va yoshlik,ijodiy printsiplarining shakllanish.
2.Usta darajasigacha yo’l (1830-1836)
3 Markaziy davr (1844-yilgacha bo’lgan davr)
4 So’nggi davr (1844-1854)
Uning bu kundalik kitobida kompozitorning oddiyliligi, insoniyligi, o’ziga bo’lgan talabchanligi yaqqol namoyon bo’ladi. M.I .Glinka, janubiy musiqa madaniyatini to’la o’rganib chiqqan holda, ustamonlik bilan o’zining estetik qarash tizimini ishlab chiqdi.U rus klassikasi maktablariga fundament(poydevor) yaratib, milliy ruhda va rus klassika musiqa tilini yaratdi. Glinkaning musiqasida ajralib turuvchi element bu --- kuydir. Asosan kuy uning asarlarida o’zining kuychanligi bilan ,tekis ravon yo’nalishi bilan vokal va ijrochilik yo’nalishlarida asosiy partiyani o’ynaydi. Xalq qo’shiqlari,lad va ritmlari ,xalq kuylarini Glinka o’z asarlarida yaqqol ifoda etgan.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling