Qoraqalpog`iston geografiyasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpog`iston geografiyasi
- Mineral resurslari.
- Agroiqlim resurslari.
- Suv resurslari.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Qoraqalpog`iston geografiyasi (ma`ruza matnlari)
Nukus-2013
2
Bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishning hududiy taraflarini hisobga olishning muhimligini ko`rsatib O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iqtisodning tarmoqlararo maqsadlarini ko`zlab qayta qurishda mahalliy sharoitlarni to`la va to`g`ri hisobga olishning muhimligini belgilab "Struktura siyosatini amalga oshirishda uning hududiy jihati ham muhimdir. Chunki, iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va ijtimoiy tuzilmani eng maqbul tarzda joylashtirish yo`li bilangina ularga qo`shimcha sarmoyalar jalb etish imkoni yaratiladi. Shundagina odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan har tomonlama va samarali foydalanishni ta`minlash mumkin" degan edi 1 .
hududiy tashkillashtirishning mintaqaviy muammolarini tadqiq etishning nazariy jihatdan dolzarbligini va amaliy tomondan muhimligini isbotlaydi. Xaqiqatdan ham, bozor islohotlarini chuqurlashtirish iqtisodni erkinlashtirish va xalqimizning bir tomonlama rivojlanishi ko`pchilik hollarda mintaqalarning yangicha sharoitlarga ko`nikishi va faollashuvi, shuningdek, iqtisodiy muhitning qulayliklaridan keng foydalangan holda ishlab chiqarishning hududiy tarkibini yuksaltirish hududning mahalliy ishlab chiqarish tabiiy mineral hom ashyo va boshqa sharoitlariga bevosita bog`liq. Shunga asoslanib xalqimizning mikroiqtisodiy maqsadlarini mintaqalarning haqiqiy talablari va imkoniyatlariga mos o`zlashtirish, eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. O`zbekistonning boshqa mintaqalariga o`xshab Qoraqalpog`iston respublikasi hududiy xo`jalik uyushmalarining sifat jihatidan yangicha shakli hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish ob`ektlarining bir- biri bilan iqtisodiy va ijtimoiy bog`lanishi tomonidan tutashgan o`z-o`zini boshqarish ijtimoiy geografiyaning "tabiatdan foydalanish" va "mintaqaviy iqtisod" fanlarining yaqinlashuvidan kelib chiqadigan muammo sifatida tahlil qilinadi. O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi hozirgi bosqichda mintaqalar, shu jumladan Qoraqalpog`iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy ri-vojlanishida har xil ishlab chiqarish sohalarini joylashtirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, qulay ekologik muvozanatning saqlanishida bir qancha muammolarni paydo qilmoqda. Bu, ayniqsa, mehnatning hududiy taqsimlanishidagi ko`zda tutilgan vazifalarning bajarilishida, shuningdek ishlab chiqarishning asosiy fondlaridan intensiv foydalanish va malakali mutaxassislar bilan ta`minlash kabi muammolar bugungi kunda dolzarb vazifalarning biri bo`lib qolmoqda. Shunga kura Qoraqalpog`iston Respublikasi miqyosida ishlab chiqarish kuchlarini mintaqaviy joylashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishi, rivojlanishi va demografik aspektdagi ilmiy ishlar respublika iqtisodchi geograflarining diqqat markazidagi asosiy muammolardan hisoblanadi. Biroq, hozir O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlari sharoitida tarkibiy tomondan o`zgarishga uchrayotgan vaqtda, umumiy yo`nalishdagi ilmiy ishlar bilan bir qatorda mintaqaviy tavsifdagi masalalarni hal qilishga, ayniqsa, O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy rayonlari miqyosida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashishini va ijtimoiy sohalarini keng rivojlantirish kabi masalalarni zudlik bilan echishni talab etmoqda. Bu ayniqsa xo`jalik masalalarini yuritishning hozirgi yangi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga bog`liq yangi kontseptsiyalarini va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqadigan "geografik landshaft" tizimini takomillashtirishni talab qiladi. Bu yana boshqa mintaqaviy yo`nalishdagi masalalarning bir qator aspektlari kam o`rganilgan va bu masalalar bo`yicha o`z echimini topgan ishlar ham ko`p emas. Shuning uchun hozirgi kunning asosiy talablariga muvofiq ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi va rivojlanishini hududiy tashkil qilinishini takomillashtirish masalalariga xos ilmiy- tadqiqot ishlarini jadallashtirish bozor munosabatlari talablariga ham javob beradi. Shu boys, bu ilmiy-amaliy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish uchun O`zbekiston Respublikasida va qo`shni davlatlarda tayyorlangan ko`rsatmalar bilan bir qatorda chet el tajribalaridan ham keng foydalanish
1
222-223 б.
3 maqsadga muvofiq keladi. Bu masalada, ayniqsa ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi va rivojlanishi xaqidagi mezonlarini bizning sharoitimizga moslab qayta ishlab chiqishda nemis iqtisodchi-geografi A. Lyosh, shvetsiyalik iqtisodchi T. Palander, amerikalik iqtisodchi-geograf Mak Karti va boshqa olimlarning ilmiy kontseptsiyalarini uslubiy jihatdan tanqidiy o`rganish katta ahamiyatga ega. Sababi yuqorida nomi keltirilgan olimlarning ba`zi birlari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va shahar xo`jaligiga tegishli korxonalarni hududiy tamoyilda joylashtirish muammolarini bozor munosabatlari sharoitiga moslab o`rgana boshlagan va unda ishlab chiqarish sarf-xarajatlari bilan tayyor mahsulotni sotish uchun xaridorlarning talablarini hisobga olishni bosh omil sifatida qarashni lozim topgan. A. Lyosh-Veber yoki T. Palanderga nisbatan bu masalada bir qancha ustun bo`lib ishlab chiqarishni joylashtirish haqidagi kontseptsiyalarni ishlab chiqqanda u faqat sarf- xarajatni hisoblab qo`ymasdan, balki "...tayyor mahsulotni bozorga sotishgacha sarf qilinadigan xarajatlar hajmini hisobga olish va shu asosda maksimal foyda olish uchun sanoatni joylashtirishdagi "o`rin" taklifiga alohida e`tibor bergan. Shunday qilib, A. Lyosh rayon yaratuvchi omil sifatida ishlab chiqarishning ixtisoslashish darajasi bilan birga tayyor mahsulotni bozor doirasida sotish usulini birinchi o`ringa qo`ydi yoki iqtisodiy rayon yaratuvchi omil bo`lmasa "iqtisodiy landshaftning" asosida bozor iqtisodiyotining turlarini tashkil qilishi kerak...". 2 Bizning fikrimizcha, ishlab chiqarishning hududiy joylashishi va rivojlanishi haqida gapirganda xalq xo`jaligi sohalarini maksimal darajada foyda to`plash asosida tashkil qilish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu o`z navbatida mintaqani bir butun ijtimoiy-iqtisodiy tushunchani bildiradigan bozor sharoitidagi hududiy ishlab chiqarish majmualarning "gavdasi" deb qarashni va shu asosida uni ishlab chiqarish kuchlarining hududiy mosligini ta`minlaydigan bosh kategoriya sifatida hisobga olish zarur. Xulosa shuki, hozirgi kun talablariga mos ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishni jadallashtirishga bog`liq masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun xo`jalikning mintaqaviy tarkibini hisobga olgan holda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratmoq zarur. Bu o`z navbatida ekologik muammolarni hal qilishga va Orol inqirozi sharoitida paydo bo`lgan xalq xo`jaligi tarmoqlaridagi "zaif bo`g`in"lardan xalos bo`lishga, shu bilan birga ishlab chiqarishning o`sish darajasini ta`minlab, xo`jalik mexanizmini yaxshilashga yo`naltirilgan rejalarni amalga oshirishga yo`l ochadi.
2
А. Лёш Географическое размешение хозяйство М. ИЛ. 1959.г. ст. 247 4
I-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASINING TABIIY ShAROITI VA TABIIY ReSURSLARI. Qoraqalpog`istonning tabiiy resurs salohiyati va uning ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashishiga ta`siri. Qoraqalpog`iston O`zbekistonning shimoliy-g`arbida joylashgan, er yuzasi tekislikdan iborat, Lekin, shunga qaramasdan tabiiy majmuali xususiyatlari bo`yicha bir-biridan farqlanadigan turtta tabiiy rayondan iborat: a) Amudaryo del`tasi; b) Qoraqal-pog`iston Ustyurti; v) Qoraqalpog`iston Qizilqumi; g) Orol raioni.
tutashgan joyida joylashgan. U shimoliy kenglikning 41 ° hamda 44 ° va sharqiy uzunlikning 57 °
° oralig`ini egallaydi. Amudaryo del`tasi Tuyamo`yin bo`g`inidan boshlanib, shimolga qarab kengayadi va Orol dengizigacha davom etadi. er yuzasi tekislik bo`lib uning Orol dengiziga qarab pasayib borishi o`rtacha 1 kilometrga 14 santimetrni tashkil qiladi. Del`ta hududining er yuzasi maydoni va balandligi har xil bo`lgan kichik qoldiq tog`lar bilan almashib boradi.
b) Orol buyi va dengiz akvatoriyasidan quruqlikga aylangan mintaqalar. v) Ustyurt-Amudaryo del`tasining g`arbiy qismida joylashgan. Amudaryo del`tasidan Ustyurtga o`tish joyi tik jar shakliga ega bo`lib, uni mahalliy xalqlar shin(chink)deb ataydi.Ustyurt shimoliy- sharqida joylashgan Orol dengizi va janubidagi Sariqamish ko`lidan chink chizig`i orqali ajralib turadi. Ustyurtning Qoraqalpog`istonga tegishli qismi 70 ming kilometr kv maydonni tashkil qilib, er yuzasining tuzilishi bo`yicha qirlar va botiqlari bilan ajralib turadi.
mln gektarni tashkil qiladi. Utloqlarning yillik zahirasi 6-7 mln tsentnerni tashkil qiladi. Qizilqumning Qoraqalpog`istondagi qismi g`arbda Amudaryo del`tasining allyuvial` tekisligi bilan sharq va janubda Markaziy Qizilqum bilan, shimoliy-g`arbda Orol dengizi bilan chegaradosh. Qoraqalpog`iston Qizilqumining shimoliy qismi tik va jar, soylar bilan o`yilgan er yuzasi to`lqinsimon tekislik qumlardan iborat. Mineral resurslari. Qoraqalpog`iston hududida bundan ko`p yillar oldin sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan temir rudasi, rangli metallar, fosforit, osh tuzi, merabilit, qo`ng`ir ko`mir zahiralari aniqlangan. Keyingi yillarda O`zbekiston Fanlar Akademiyasining geologiya instituti ham Qoraqalpog`iston bo`limi geologiya sektori olimlari ishtirokida (J.Samanov, A.Palibekov, K.Qo`rboniyozov v.b.) tabiiy gaz, ko`p qator fosforit konlari, qurilish materiallari, ayniqsa marmar, ohaktosh, koalin loyining zahiralari topildi. Shunday qilib, bugungi ko`nga kelib, o`lkamizda sanoat uchun zarur bo`lgan mineral xom ashyo resurslarining zahiralari ma`lum bo`la boshladi. Bularni xalq xo`jaligidagi ahamiyati va foydalanishi bo`yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) Yoqilg`i-energetika xom ashyo resurslari; 2) Metallurgiya xom ashyo resurslari; 3) Kimyoviy xom ashyo resurslari; 4) Qurilish materiallari resurslari; 5) Oziq-ovqat uchun foydalanadigan mineral resurslar. Yuqorida ko`rsatilgan yoqilg`i energetika resurslaridan tabiiy gaz va neftni alohida aytib o`tish zarur. Tabiiy gaz Qoraqalpog`istonning Ustyurt bo`limidagi Shoxpaxti, Quanish konlaridan topildi. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, bunda gazning umumiy zahirasi 195 mlrd kub metrga teng. Shundan Shoxpaxti gaz konining zahirasi 46,5 mlrd m tashkil qilib, so`nggi yillarda Respublika gaz quvuriga tutashtirilgan edi. Qo`ng`ir ko`mir zahiralari quyi va o`rta yura yotqiziqlarida uchraydi, bular Tugarkir, Ko`lonlida 150-1500 metr chuqurlikda joylashgan va ahamiyatli boyliklardan biri hisoblanadi Neft` zahirasi Borsakelmas rayonsidan topildi (1-karta - sxema, 55 a betda). Yuqorida zikr etilgan mineral xom ashyolardan sanoatda foydalanish birinchi navbatda Qoraqalpog`istonning yoqilg`i-energetika bazasini tashkil qilish hamda gaz, neft`, kimyo sanoati rivojiga keng yo`l ochishi shubhasiz. Mustahkam yoqilg`i-energetika bazasini yaratish hozirgi xalq xo`jaligi tarmoq-larining energiyaga talabini ta`minlash va sanoat majmualarini tashkil qilish hamda foydalaniladigan mineral xom ashyo resurslari tarkibidagi boshqa jinslarini ajratish imkonini tug`diradi. Qoraqalpog`istonda metallurgiya xom ashyo
5 resurslaridan temir rudasi, mis, rux, nikel`, qalayi va boshqa boyliklar mavjud. Geologik tadqiqotlar natijasida Sulton Uvays tog`idan temir rudasi (zahirasi 15 mlrd t.) mis, qo`rg`oshin, rux va boshqa boyliklar konlari topildi. Bu erdan topilgan nikel` avtomobil`, traktor, mashina sanoati uchun zarur uskunalar tayyorlashga, tibbiy asboblar, akkumulyator uchun elektrod tayyorlash va tanga pullarga naqsh berish uchun foydalanilish mumkin. Kimyoviy va oziq-ovqat resurslardan fosforit, mirabilit, osh tuzi va shifobaxsh er osti suvlari mavjud. Fosforit zahiralari Ustyurt, Beshtepa, Xo`jako`lda mavjud. Mirabilit zahirasi Qushqonatovda mavjud bo`lib, miqdori 1,1 mlrd. t ga teng. Qog`oz, to`qimachilik sanoati, shisha ishlash va formatsevtika uchun foydalansa bo`ladi. Osh tuzining zahiralari Urazimbetqum, Borsakelmas, Oqtuba, Sariko`l rayonlarida joylashgan. Shundan faqat Borsakelmas konidagi osh tuzining zahirasi 17 mlrd t.dan ortiq. Qoraqalpog`iston hududida xalq xo`jaligida foydalanishga yaroqli er osti suvlarining zahiralari mavjud. Gidrogeologik ekspeditsiya ma`lumoti bo`yicha bu suvlardan shifoxonalarda va mineral suv sifatida foydalanish mumkin. Qurilish sanoati uchun yaroqli asbest, dala shpati, tal`k, marmar, ohak, granit va boshqa zahiralar ko`p uchraydi. Shundan tal`kning zahirasi 820 mln. m 3 ga teng bo`lib, undan qog`oz, kabel`, rezina ishlab chiqarishda, bezash uchun plitalar yasashda va yuqori sifatli izolyatorlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Granit esa kesish, yo`nish dastgohlarini tayyorlashda qo`l keladi. Hozir o`lkamizda qurilish materiallaridan marmar keng tarqalgan. Sulton Uvays tog`i marmar zahirasi asosida Nukus marmar-granit zavodi ishga tushgan. Shunday qilib, Qoraqalpog`istonning mineral xom ashyo resurslarini tahlil qilish natijasida o`lkamizda mineral boyliklarning potentsial zahiralari mavjudligining guvohi bo`lamiz. Bu yirik hajmli resurslardan foydalanish Qoraqalpog`istonda yirik sanoat majmualarini tashkil qilish imkonini beradi, bu esa o`z navbatida o`lkamizning agrar statusini o`zgartiribgina qolmasdan, xalqimizning milliy iqtisodiyotining o`sishiga garov bo`lishi shubhasiz. Xulosa shuki, Qoraqalpog`iston respublikasi hududida og`ir sanoat tarmoqlari, ayniqsa tog`- kon sanoati va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish uchun mineral xom ashyo resurslarining bir necha turlari mavjud. Masalan: Tebinbuloq titan-magnitli koni istiqbolli kon hisoblanadi. Sul`fatli magneziyali tuz koni asosida natriy sul`fat, osh tuzi va metall magnezitini olish mumkin. Bu esa kimyo, metallurgiya sanoatini rivojlantirishga keng yo`l ochadi. Respublikada qurilish materiallarini ko`plab ishlab chiqarish uchun ham mineral boyliklar zahiralari etarli. Hozirgi kunda Ustyurt va shimoliy Urgada gaz va neftning bir necha konlari tadqiq qilindi. O`lkamizda qazilma boyliklar manbalarining aniqlanishi Qoraqalpog`iston sanoatini ancha kengaytirish imkonini berdi.
qurg`oqchiligi bilan ajralib turadi. Iqlim sharoitining bunday bo`lishiga uning materik ichkarisida joylashganligi, okean va dengizlardan uzoqda bo`lishi va Arktikadan keladigan sovuq havo oqimiga qarshi to`sqinlik yo`qligi sabab bo`lgan. Qoraqalpog`iston Respublikasining iqlimi kontinental ekanligi meteorologik elementlarning sutkalik va yillik hisobidagi keskin o`zgarishlardan ham seziladi. Masalan, Qoraqalpog`iston hududida yil bo`yi kuzatiladigan havoning eng yuqori va eng past harorat darajalarini bir-biriga taqqoslaganda ularda katta tafovut borligi ko`rinadi. U Nukusda 78 0 , Taxiatoshda 79 0 , Yoshlikda 81 0
0 ga teng. Yoz oylarida sutka davomidagi eng past harorat ko`pincha ertalab soat 4 0 -5 0 ga, juda yuqori harorat esa 14 0 -16
0 oralig`iga to`g`ri keladi. Qish oylarida sutkadagi havoning eng past harorati ertalab soat 6 0 -7 0 larda kuzatilsa, eng yuqori harorat 14 0 -15 0 larga to`g`ri keladi. Iyul` oyidagi eng yuqori harorat +32,8 0 S bo`lsa, yanvardagi eng past harorat -11 0 -16 0 S ga teng. Respublikaning tabiiy-iqtisodiy mintaqalari bo`yicha yoz va qish oylarining o`rtacha harorati o`rtasida katta tafovutlar mavjud. Masalan, iyulning o`rtacha harorati janubdagi sug`oriladigan mintaqada +33,1 0 -+35,2 0 S bo`lsa Qizilqumda +38,2 0 -41,6
0 S gacha boradi. Yanvar` oyida eng past harorat Orolning janubiy qismida -28 0 S bo`lsa, Ustyurt va Qizilqumda -36 0 S gacha pasayadi. Ba`zi yillarda iyuldagi mutlaq maksimum harorat sug`oriladigan rayonda +42 0 -+46 0 S, Qizilqumda esa +47 0
0 S gacha ko`tariladi. 6 Shimoliy tumanlarda paxtaning tezpishar navlarini hududiylashtirish orqali termik resurslardan samarali foydalanish mumkin, janubiy tumanlarda esa vegetatsiya davridagi harorat yig`indisi issiqni talab qiladigan qishloq xo`jaligi ekinlarining o`sishi uchun etarli miqdorda mavjud. Qoraqalpog`iston yurtimizning cho`l rayonsida joylashgan eng issiq hududlar qatoriga kiradi hamda havo namligi nihoyatda past. Yanvar` oylarida havoning mutlaq namligi Qo`ng`irot va Chimboyda 3,1 millibarga, To`rtko`lda esa 3,3 millibarga teng. Ko`p yillik ma`lumotlarga qaraganda yog`in-sochinning yillik miqdori o`rtacha 80-100 mm.dan oshmaydi, yillik yog`in- sochinning asosiy qismi qish, bahor oylariga to`g`ri keladi. Yoz oylari hisoblangan iyun`, iyul`, avgustda yillik yog`in-sochinning 8-13%i gina bo`ladi. Masalan, bu ko`rsatkich Shabanqozg`onda 10%, Qo`ng`irotda 15%, Chimboyda 11%, To`rtko`lda 7% dan oshmaydi. Yog`ingarchiligi ko`p hisoblangan Ustyurtda "Karakalpakiya" va "Jaslik" meteostantsiyalarining ma`lumotlariga qaraganda yozgi yog`in-sochin uning yillik miqdorining 22- 23% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, xulosa qilib aytish kerakki, Qoraqalpog`iston hududida tabiiy namlanish jarayoni juda oz, bu sun`iy sug`orish orqali ekinlarning namlikka talabini qondirish va termik resurslardan to`liq va oqilona foydalanish zarurligini ko`rsatadi. Sababi, yillik issiq kunlarning soni, havo harorati va namligi, foydali haroratlar yig`indisi, yog`in-sochin miqdori, shamol kuchi va yo`nalishi va boshqa tabiiy omillar madaniy o`simliklarning o`sishi, rivojlanishi uchun, shuningdek, qishloq xo`jaligi ishlarini o`z vaqtida sifatli olib borish uchun ahamiyatli. Suv resurslari. O`rta Osiyoning boshqa hududlari kabi Qoraqalpog`iston ham berk havzada joylashgan va uning keskin kontinental iqlim sharoiti er osti, er usti suvlarining paydo bo`lishi, ko`payishi va hudud bo`yicha tarqalishiga kuchli ta`sir qiladi. Hozir Qoraqalpog`istondagi eng katta va yagona suv manbai Amudaryo hisoblanadi. Amudaryo mintaqasidagi barcha suvlarning rejimini o`z ta`sirida saqlaydi va respublikaning xalq xo`jaligi majmuasining rivojlanish darajasini aniqlaydi. Amudaryo O`rta Osiyodagi eng katta daryo. Amudaryo Hindikush tog`larining shimoliy yonbag`rida 4950m balandlikda joylashgan Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. U cho`l rayonsida joylashganiga qaramasdan sersuv daryo hisoblanadi. Amudaryo Orol dengizigacha keng hududga ega bo`lib, u engil allyuvial` yotqiziqlar bilan qoplangan hududlar orqali o`tadi, cho`kindi jinslarni oqizib ko`p miqdordagi loyqalarni olib keladi. Uning har bir kub metr oqqan suvida o`rtacha hisob bilan 5 kg dan 10 kg gacha loyqa mavjud. Yil davomida Amudaryo orqali oqadigan suvning ko`p miqdori dehqonchilikda foydalaniladi. Dehqonchilikda foydalanila-digan Amudaryo suvi Qoraqalpog`iston hududida asosan yirik to`rt irrigatsiya tizimlari: Paxtaarna, Nazarxon-Qipchoq, Suvenli va Qizkyotgan kanallari orqali etkazib beriladi. Ularning har biri Amudaryodan alohida suv oladigan, ekin maydonlarini nasos yordamida sug`oradigan magistral kanallarini o`ziga biriktiradi. Respublikaning eng janubidan birinchi bo`lib Paxtaarna irrigatsiya tizimi boshlanadi. Bu tizimda Paxtaarna, Nayman, Beshtom nasos kanali bilan biriktirilgan. Ular To`rtko`l, Ellikqal`a va Beruniy tuman-larining shirkatlar uyushmasi va dehqon fermerlar uyushmasi xo`jaliklarini suv bilan ta`minlaydi. Paxtaarna kanali daryoning o`ng tomonida joylashgan Tuyamo`yindan boshlanadi. To`rtko`l va Ellikqal`a tumanlarining ekin maydonlari Paxtaarna magistral kanalidan, Beruniy tumanining bir oz qismi o`rtacha kattalikdagi uch kanal- Nayman, Beshtom, Bo`zyopdan va Nayman-Beshtom nasos stantsiyasidan suv ichadi. Nazarxon-Qipchoq irrigatsiya tizimi Jumurtov-Qoratov oralig`ida joylashgan bo`lib, u daryoning o`ng tomonida joylashgan. Nazarxon kanali ham daryoning chap qirg`og`ida joylashgan Qipchoq-Nazarxon nasos kanalidan iborat. Ushbu irrigatsiya tizimi faqat Amudaryo tumani va Berdaq shirkatlar uyushmasi ekin maydonlarini suv bilan ta`minlaydi. Suvenli irrigatsiya tizimi Qoraqalpog`istondagi eng yirik tizimdan biridir. Bu tizim Taxiatosh gidrouzeliga tutashgan va u Suvenli magistral kanaldan, unga yordamchi parallel kanaldan, shuningdek kichikroq ikki kanaldan: Keneges va Suvenli kanallaridan iborat. Suvenli irrigatsiya tizimining ta`sir qiluvchi rayonida, Taxiatosh gidrouzelidan quyida, 100 km uzoqlikda "Ravshan" kanali joylashgan. Bu kanalni kelajakda. Suvenli magistral kanalining oxirgi qismiga tutashtirish ko`zda tutilmoqda. Suvenli irrigatsiya tizimi-Xo`jayli, Shumanoy, Qangliko`l va Qo`ng`irot tumanlarining ekin maydonlarini suv bilan ta`minlaydi.
7 Qizketgan kanali Qoraqalpog`istondagi eng yirik irrigatsiya tizimi hisoblanadi. U Qoraqalpog`istonning shimoliy rayon-idagi daryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan va u Nukus, Kegeyli, Chimboy, Qorao`zak, Taxtako`pir, Bo`zatov tumanlari suv bilan ta`minlaydi. Qizketgan irrigatsiya tizimi suv oladigan bo`limi Taxiatosh gidrouzelida joylashgan bo`lib, injenerlik tipda qurilgan bosh tarnovlarga ega. Daryodan oladigan suvining miqdori sekundiga 200,8 m 3 , yillik oladigan suv hajmi 3,8-4 mlrd m 3 ni tashkil qiladi. Yuqorida aytib o`tilgan irrigatsiya tizimlari Qoraqalpog`i-stonning hamma sug`oriladigan rayonsini o`z ichiga olib, daryoda suv etarli bo`lsa dehqonchilikning talabini qondira oladi. Qoraqalpog`iston irrigatsiya tizimlarining asosiy ko`rsatkich-larini quyidagi jadval ma`lumotlarida ko`rish mumkin. Shunday qilib, Qoraqalpog`istonning sug`orish tarmoqlari asosan to`rt sug`orish tizimiga Tuyamo`yindan boshlanadigan Paxtaarna kanali, Taxiatosh gidrouzelidan boshlanadigan Suvenli va Qizkyotgan kanallariga birlashtirilgan. Ularning hammasining daryodan oladigan suv miqdori yiliga 8.6-9 mlrd m kub ga yaqin. Bu hozirgi sug`orib ekiladigan dehqonchilik tarmoqlarini ta`minlash uchun etarli va qishloq xo`jaligi unumdorligini oshirishga imkon yaratadi. Qoraqalpog`istonning Amudaryodan keyingi suv manbalaridan biri Orol dengizi (ko`li) hisoblanadi. Maydoni 66,1 ming km 2 , uning janubiy-g`arbiy qismi Qoraqalpog`istonga qarashli. Orol hamdo`stlik mamlakatlari tarkibida maydonining kattaligi jihatidan Kaspiydan keyingi 2- o`rinni egallaydi. Okean sathidan 53 metr balandda joylashgan o`rtacha chuqurligi 16,1 metr Orolning janubi-sharqi juda sayoz, uning eng chuqur joyi g`arbiy qismida joylashgan. Orol dengizining qirg`oqlari, ayniqsa sharqiy qismi buxta tipida shakllangan. Akademik L.S.Berg Orol dengizining sharqiy qismini o`rganib, uni Orol tipi yoki buxtali qirg`oq tipi deb ta`riflagan. Orol dengizida kichik orollar juda ko`p. Bularga: Ko`korol, Borsakelmas, Vozrojdenie orollarini kiritish mumkin. Orol dengizi issiq iqlim sharoitida joylashgan berk havzadagi suv ombori bo`lib, bug`lanish juda yuqori darajada. So`nggi yillarda Orol dengiziga Amudaryo, Sirdaryo orqali keladigan suv miqdorining kamayganligi sababli teniz maydoni1|3 qismi quruqlikka qo`shildi, suv tarkibida tuz miqdori ko`paydi. Agar bu ikki daryodan 1960-1970 yillarda Orolga quyadigan suv miqdori yiliga 30-45 km 3 bo`lsa, 1975 yili 10,6 km 3 , 1990 yili 1,6 km 3 suv qo`yildi. So`nggi yillarda Amudaryo va Sirdaryo orqali Orolga qo`yilishi lozim bo`lgan suvning ko`p miqdori dengiz qirg`oqlaridagi ko`llarni to`ldirish uchun sarflanmoqda. Natijada Orolning suv sathi 19-22 m ga pasayib,moydoni 35-40ming kv km ga kiskardi. Orolning eng chuqur joyi 54.5 metrni tashkil etib, Orolda 162 kub km atrofida suv qolishi mumkin degan fikrlar ham bor. Bunday holatda Orol dengizidan chorvachilik va dexkonchilik bilan shug`ullanadigan mintaqalarga shamol ta`sirida tuz aralash tuproq tarqalishi shubhasiz. Shu sababli hozirdan Orolga tushadigan suv manbalarini izlab topish va qo`shni Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshhovuz viloyatlari dehqonchilik tumanlaridan bo`shagan ortiqcha suvlarni va zovur suvlarini Orolga quyish, er osti suvlaridan dengiz qirg`og`idagi yaylovlarni sug`orishda foydalanish zarur. Bu birinchidan, tabiiy muhitni saqlashga imkon bersa, ikkinchidan: Orol dengizining suv sathini hozirgi holatida saqlashga va aholining oziq-ovqat mahsulotlariga talabini qondirish maqsadida baliqchilikni qayta tiklashga imkon yaratadi. Qoraqalpog`iston er osti suv zahiralariga ham boy. Biroq ularning geografik tarqalishi va zahiralari bir xil emas. Masalan, sug`oriladigan erlarda er osti suvlari 1-4,5 metrgacha oraliqda uchrasa, Ustyurtda 7-16 metr chuqurlikda uchraydi. Qizilqumda er osti suvlari quyi qatlamlar oralig`ida to`planib, u artezian suvlari deb ataladi. Bu suvlar yaylovlarni sug`orishda ishlatiladi. Shu sabab Qoraqalpog`istonning xalq xo`jalik majmuasini rivojlantirishda Orol dengizining rolini kuchaytirish va er osti suvlaridan oqilona foydalanish zarur. Biroq, keyingi yillarda ekin maydonining kengayishi Amudaryo suvining katta qismi Qoraqum kanali, Amu-Qarshi va Amu Buxoro kanallari orqali dehqonchilikka ko`p sarf qilinishi tufayli Orol dengizi sathining pasayishi va sug`oriladigan hududlarda sho`rlanish jarayonining keng tarqalishiga sabab bo`lmoqda. Shunga ko`ra O`zbekiston hukumat-ining Qoraqalpog`iston respublikasi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan qarorlarini inobatga olgan holda, Orol havzasida yuz bergan ekologik muammolarni butunlay bartaraf qilish katta ahamiyatga ega. Bu 8 Qoraqalpog`istonda ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholining ijtimoiy turmushini yaxshilashga imkon beradi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling