Иоганн Себастьян Бах


Gurilev A. L ( 1803-1858)


Download 0.91 Mb.
bet106/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

7. Gurilev A. L ( 1803-1858)
Aleksandr Lvovich Gurilev rus kompozitori, skripkachi, pianinochi va pedagogdir. U Moskvada krepostnoy (dehqon) oddiy musiqachi oilasida tug’ildi. Musiqa sirlarini otasidan o’rgandi. Yoshligidan oddiy krepostnoy (dehqon) orkestrida skripka cholg’u asbobini chalishni o’rgandi. 1831-yilda krepostnoylik tabaqasidan ozod etilib ,kompozitor sifatida pianinochi va pedagog sifatida shuxrat qozondi. Uning hayoti davomida bo’lib o’tgan moddiy, og’ir qiyinchiliklar va og’ir ruhiy kasalligi uni qiyin ahvolga solib qo’ygan bo’lsada, u anchagina san’at asarlarini yaratishga muvaffaq bo’ldi. Uning fortepiano uchun yozilgan asarlari orasida biz Donitsetti operasi”Lukretsiya Bordjia”, Glinka operasi “Ivan Susanin”, Alyabev romansi “ Solovey moy solovey”, Varlamovning “ Na zare eyo ne budi” asarlariga bag’ishlangan kontsert fantaziyalarini ko’rishimiz mumkin. Rus xalq qo’shiqlari mavzusiga doir variatsiyalar polonez ,2 ta vals ,5 ta mazurka boshqa ko’plab asarlari mavjud. Gurilevning Yu. Lermontov, A.N Koltsov, .I Makarov, N.P Grekov she’rlariga yozilgan romanslari bor. Ular “ Kolokolchik” (Qo’ng’iroq), “ Vetsya lastochka”( Qaldirg’och uchmoqda)”, Matushka golubushka” ( Onam, onajonim), “ Grust devushki” ( Go’zal qiz qayg’usi) romanslaridir. “ Vam ne ponyat moey pechali” ( Mening iztirobimni siz tushuna olmaysiz), “ Vnutrennyaya muzo’ka” (Ichki muzika), « Razluka” (Ayriliq) romanslari lirik xarakterdagi eng ajoyib romanslardir.


Tayanch iboralari:
1.Romans.--- Bir ovoz uchun vokal asar. Romans turli mavzu xarakter va tuzilishda bo’lishi mumkin: ko’proq lirik yoki lirik-dramatik bo’lib cholg’u asboblari jo’rligida ijro etiladi.
2.Romantizm.---XVIII asr oxiri va XIX asr boshida, avval adabiyotda ( Germaniya, Buyuk, Britaniya, Evropa va Amerika mamlakatlarida) so’ngra musiqa va san’atning boshqa vohalarida shakllangan badiiy oqim.
3. Musiqiy dramaturgiya.--- Musiqiy sahnaviy janr asarlarida ifodali vosita sistemasi va dramatik harakat qo’llanilishining uyg’unligi. Musiqiy dramaturgiya asosida: ziddiyatlilik, qarama-qarshi kuchlar kurashi, dramatik g’oyaning ochilishi, rivojlov, avj kabi drama umumiy qonunlari yotadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling