Иоганн Себастьян Бах
--: 1. Betxoven ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
1--:
1. Betxoven ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Evropa madaniyati tarixida 1789-yildagi frantsuz burjua inqilob yangi davr boshlanganini bildirar edi. U millionlab insonlarga qaratilgan yangi davr musiqa madaniyatini boshlab bergan marra vazifasini o’tadi. M.A. Balakirevga yozgan xatida V.V. Stasov shunday degan: «Motsart alohida shaxslar uchungina javob bergan edi... Betxoven esa faqat tarix va butun insoniyat xaqida o’ylaydi». «U — xalq ommasining Shekspiridir». «Musiqa insonlarning qalbidan olov olishi kerak», degan edi bastakorning o’zi. Bu Prometeycha shior Betxovenning san’at oldiga qo’ygan vazifalarining naqadar ulug’vor ekanligini tasavvur qilishga imkon beradi. Kompozitor ijodining asosiy mavzusi tarix xaqidagi, xalqlar taqdiri xaqidagi o’ylar bo’lib, ular eng muhim muammolar, kurash va zafar pafosi bilan yo’g’rilgan. Uning qaxramoni, jasur bo’lishi bilan birga, nafaqat qaxramonlik ko’rsata oladigan kurashchi, balki nozik, boy tafakkurga ega mutafakkir hamdir. Betxoven musiqasida xayot o’zining turfa xilligi bilan namoyon bo’ladi. Bular jo’shqin hissiyotlar va tarki dunyo darajasida orzularga cho’mish, dramatik ta’sirchanlik va lirik iqrorlik, tabiat manzaralari va kundalik hayot sahnalaridir. Betxoven xaqida, odatda, bir tomondan musiqadagi klassik davrni yakunlovchi, boshqa tomondan esa «romantika asriga» tomon yo’l ochib bergan kompozitor sifatida so’zlanadi. 2--: Bonn davri. Buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven Bonn shaxrida 1770-yil dekabr oyida dunyoga keldi. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi bo’lgan. Otasi Iogann van Betxoven — saroy xonandasi (tenori) bo’lib, ashula, musiqa nazariyasi va klavesindan dars berardi. Bonn XVIII asrning ikkinchi yarmida Pireneydagi unchalik katta bo’lmagan shaxarcha bo’lib, Kyoln knyazining qarorgoxi edi. Germaniyadagi har qanday knyazlik singari bu knyazlikda xam din ustuvor edi. Biroq odamlarning, ayniqsa, ko’p sonli saroy va shahar zodagonlari baxtiga cherkov har xil ko’ngilochar tadbirlar xamda shodiyonalarga to’sqinlik qilavermasdi. Lyudvig xarakter qirralarini bobosi Lui Betxovendan meros qilib olgan. Mag’rurlik, mustaqil xulq-atvor, matonat va mexnatsevarlik bobosiga qanchalik xos bo’lsa, mashxur nabiraga xam shunchalik munosib edi. Lui Betxovengacha barcha oila a’zolari oddiy kosiblar va dexqonlar bo’lishgan. To’rt yoshga kirganidayoq, boladagi qobiliyatni sezmaslik mumkin emas edi. Otasi bu xodisaga birdaniga yangi daromad manbayi sifatida qaraydi. Lyudvigning o’sishi, qobiliyatli o’qituvchi bilan mashqlar qilishi zarur edi, otada eea majbur qilish va kaltaklashdangina iborat yagona usul mavjud bo’lgan, xolos. Bir o’qituvchining o’rniga boshqasi kelar, afsuski, ularning orasida xaqiqiy musiqachilar juda oz uchrar, shu bois, ulardan birortasi xam o’ta iste’dodi bolaga jiddiy ta’sir ko’rsata olmas edi. Ioganning maqsadi esa Lyudvigni tezroq kontsertlarga tayyorlash bo’lgan. Zero, kontsertlar qancha tez boshlansa, Ioganning cho’ntaklariga pullar shu qadar tez oqib kelar edi. Birinchi kontsert Kyolnda bo’lib o’tdi. Unda sakkiz yoshli bola reklama maqsadida olti yoshli deb e’lon qilinadi. Biroq chiqishlar kutilgan daromadni bermadi, balki shuning uchundir uning bolaligidagi kontsertlari xaqida boshqa hech qanday ma’lumot mavjud emas. 1782-yilda Betxoven 12 ga kiradi. Bu yoshda u klavesin, skripka, organni bemalol chalar, nota varaqlarini osonlik bilan o’qirdi. Xuddi shu yili yosh Betxovenning bundan keyingi hayoti va faoliyatini belgilab bergan muxim voqealar ro’y beradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling