Иоганн Себастьян Бах


Betxovening simfonik ijodi


Download 0.91 Mb.
bet72/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Betxovening simfonik ijodi. Betxovenning simfonik musiqasi jaxon madaniyatining eng buyuk yutuqlari sirasiga kiradi va atoqli adabiyot xamda san’at asarlari qatoridan o’rin olgan. Betxovenning to’qqizta simfoniyasi yaxlit mahobatli turkumni tashkii etadi, unda kompozitorning asosiy badiiy intilishlari va dunyoqarashi mujassamlangan.
Betxoven simfonizm rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi, bu Beshinchi va To’qqizinchi simfoniyalarda yaqqol ko’zga tashlangan syujet dramaturgiyasi bo’lgan simfonizmdir.
Vena klassiklari ijodida yuzaga kelgan sonata-simfonik turkumi bashariyatga qaratilgan Betxoven simfonizmi paydo bo’lishi uchun yaxshi zamin vazifasini o’tadi. Gaydndan Betxoven janr-raqsona obrazlarni, simfonik yozuvdagi lo’ndalikni, ohang rivojlovi tamoyillarini meros qilib oldi. Betxoven simfonizmi shakllanishida Motsartning so’nggi simfoniyalari ham ko’p jihatdan o’z ta’sirini o’tkazdi. Motsart simfoniyalari turkum tarkibining yaxlitligi, ohanglar yagonaligi va turli-tuman rivojlantirish uslublari bilan ajralib turadi. Simfoniyani dramatiklashtirish jarayoniga operaning ta’siri juda katta bo’ldi.
Gaydn va Motsart an’analarini davom etirib, Betxoven o’z simfonik asarlarida betakror g’oya va obrazlar doirasi mavjud bo’lgan ulug’vor musiqiy tragediya va dramalar yaratdi. Qirqdan ziyod simfoniyalar yozgan Motsart va yuzdan ortiq simfoniyalar muallifi Gaydndan farqli ravishda, Betxoven butun hayoti davomida xammasi bo’lib, to’qqizta simfoniya yaratdi, bu simfoniyalarida u keng insoniyat ommasiga murojaat qildi. O’z simfoniyalari chegarasini kengaytirgan holda Betxoven mahobatli shakllar yaratdiki, ular uning o’tmishdoshlari simfoniyalarining hajmidan sezilarli darajada kattaroqdir. Chunonchi, uning so’nggi, To’qqizinchi sim-foniyasi hajmini Vena klassiklarining ilgari yozilgan hech qaysi simfonik asarlari bilan taqqoslab bo’lmaydi.
Betxoven Birinchi simfoniyadan to To’qqizinchi simfoniyagacha katta yo’lni bosib o’tdi. Kompozitorning Birinchi simfoniyasi ko’p jihatdan Gaydn simfonizmi an’analarini janr-maishiy obrazlari va kamer, tiniq sadolanishi bilan davom ettiradi. Ikkinchi simfoniya Betxovenning eski dunyo san’ati bilan aloqasi uzilganligini bildiradi va u qahramonona janr yo’nalishida muhim qadam bo’ldi. San’atkorning 1801-yilda Vegelerga yozgan xatidagi: «Men kuchlarim qanday o’sib borayotganligini sezyapman... Men taqdirning xiqildog’idan tutmoqchiman... minglab hayotda yashash qanday ajoyib» so’zlari ushbu simfoniya epigrafiga mos keladi.
XIX asr simfonik musiqasida Uchinchi — «Qaxramonnoma» simfoniyasi yangi davrni boshlab berdi. Bu ulkan asar bo’lib, o’zining qaxramonona-epik mavzusi bilan kishini lol qoldiradi. Asarning asosiy g’oyasini aks ettiruvchi «Fuqarolik dramasi» turkumi to’rt qismi davomida yagona xarakat bilan rivojlanadi. Birinchi qism davomida Betxoven keskin va ulkan kurash manzarasini yaratadi. Ikkinchi qism — falsafiy-fojiaviy lirikaning juda yorqin misolidir. Betxoven uni «Dafn marshi» deb atadi. Uchinchi qism — dramaning dastlabki ikki qismidagi hissiyotli keskinlikdan shodon finalga o’tishdir. 4-qism drama tantanasi, g’olibona shodlanish sifatida qabul qilinadi.
1806-yilda yozilgan To’rtinchi B-dur simfoniyasida baxtli va beg’am qalb holati ifodalangan. U o’zining engilligi va shoirona obrazlarning yangiligi, fojiaviy ohanglarning umuman yo’qligi bilan ajralib turadi.
Kurash va insonning ma’shum taqdir bilan ayovsiz to’qnashuvi Betxoven tomonidan Beshinchi simfoniyada ko’rsatib berilgan. Bu erda inson taqdir bilan yakkakurash natijasida g’alaba qozonadi. Beshinchi simfoniyaning dramaturgik nizosi shunday rivojlanadi: «Zulmatdan ziyo sari, kurash orqali — g’alaba sari».
Oltinchi, «Pastoral» simfoniya Beshinchi simfoniyaning tamoman aksidir, u tabiat va qishloq hayoti bilan bevosita muloqot natijasida paydo bo’luvchi his-tuyg’ularni ifodalaydi. To’rt qismning hammasi dasturli sarlavhalarga ega: birinchi qism — «Qishloqqa kelgan vaqtda tetik hissiyotning uyg’onishi»; ikkinchi qism — «Jilg’a yonidagi sahna»; uchinchi qism — «Qishloq aholisining quvnoq guruhi»; to’rtinchi qism — «Momaqaldiroq. Bo’ron». Bu simfoniya dasturli simfoniya yo’nalishida ishlagan romantik kompozitorlar (Berlioz, Mendelson, Shuman) ijodiga katta ta’sir o’tkazdi.

Betxovenning Ettinchi simfoniyasi (A-dur) kompozitorning xalq san’ati obrazlari va maishiy raqsni poetiklashtirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Sakkizinchi simfoniyaning (F-dur) ifodaviyligi kelajakka qa-ratilgan, skertsoli yo’nalishda yangi uslub bilan talqin etilgan o’tgan davr klassitsizmi uslubiy jihatlarining bir-biri bilan chatishib ketishida ko’rinadi. Unda kompozitor, bosib o’tilgan yo’lga nazar tashlab, o’tmish saroblari ustidan kulgandek bo’ladi.
To’qqizinchi simfoniya Betxovenning eng mahobatli, ulkan asari hisoblanadi, xor kiritilgan bu ulug’vor simfoniya atoqli kompozitor ijodini munosib yakunlaydi. Ushbu simfoniyada Betxoven ijodining asosiy — «zulmatdan ziyo sari» g’oyasi talqin etilgan bo’lib, u dramaturgiyadagi katta o’zgarishlarga olib keldi. Betxoven simfoniya finaliga Shillerning «Shodlik sari» qasidasi matni bilan xor kiritdi va bu bilan klassik simfoniya sof cholg’u vositalari doirasidan chiqishini ta’minlagan jahon musiqasidagi birinchi namunani berdi. Kompozitor simfonik turkumning odat tusiga kirgan tarkibini xam o’zgartirdi, zulmatdan yorug’likka va shodlikka bo’lgan harakatning to’xtovsiz obrazli rivojlanish g’oyasiga sodiq qolgan xolda skertso va final o’rtasiga og’ir qismni joylashtirdi.
Bu simfoniyada kompozitorning xalqchil, musiqa tilining tu-shunarliligi va shaklning yaxlitligi kabi qahramonona uslublarining eng ilg’or xususiyatlari namoyon bo’ldi. Xor ishtirokidagi ulkan finalni yaratib, Betxoven simfoniya janrini demokratlashtirdi va qahramonlik mavzusini talqin etish yo’lida ilgarilab borishni davom ettirdi.
To’qqizinchi simfoniyaning kelasi davr musiqa san’atiga ta’siri juda katta bo’ldi. Bu simfoniya jaxon musiqa madaniyati tarixidan insoniyatning insonparvarlik, ozodlik g’oyalarini ifodalovchi ulug’ asar sifatida o’rin oldi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling