Иоганн Себастьян Бах
—1812-yillarda yaratilgan asarlar
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
1809—1812-yillarda yaratilgan asarlar. Beshinchi fortepiano kontsertini yaratish bilan Betxovenning ushbu janr ustidagi ishlari oxiriga etadi. Fortepiano kontsertlari guruhi orasida eng mahobatli va ulug’vori o’laroq, u o’z lirik obrazlarining nozikligi va yuksak badiiyatiga ko’ra hayratlidir. Tuyg’ular lirikasi or. 81 a, Es-dur kabi dasturiy sonatalarni xam bezab turadi. Betxoven uning uch qismiga «Xayrlashuv», «Hijron», «Qaytish» deb, nom bergan. Ettinchi va Sakkizinchi simfoniyalarning yaratilishi (1812) bastakor ijodining markaziy davriga yakun yasaydi.
Bu yillar Gyote she’riyatiga kuchli berilish belgilari ostida o’tdi. Betxoven Gyote she’rlarining musiqaga oson tushishini qayd etgan. Shunga qaramay «Egmont» Betxovenning e’tiborini, xammadan avval, o’z mazmuniga ko’ra jalb etgan va u bastakorning o’z tafakkur tarziga yaqin edi. Gyote «Egmont»idagi qahramonona obrazlar, fojiaviy pafos, ommaviy sahnalar Betxoven musiqasida tom ma’noda inqilobiy mazmun kasb etgan. Betxoven Venada etarlicha mashhur bo’lishiga qaramasdan, vaqt-vaqti bilan moliyaviy jihatdan ayrim muammolarga duch kelib turardi. Bastakor tomonidan yaratilgan ulkan ijodiy boylik uning shaxsiy hayotidagi parokandalik, nobarqaror moddiy ta’minot bilan ziddiyatga kelib qolardi. O’zgarishlar kompozitorning bevosita shaxsiy hayotiga xam daxl qiladi. 1799-yilda Lyudvig ikki yoqimtoy opa-singillar — Tereza va Jozefina Brunsviklarga dars bera boshlaydi. Yaqin-yaqinlargacha u aynan Terezaga ko’ngil qo’ygan deb hisoblanardi, biroq, yigirmanchi asrda Betxovenning bir xati topildi. Bu xat o’sha davrga tegishli bo’lib, Jozefinaga atalgan. Ayni paytda, Betxoven qirollik-imperatorlik saroy teatrlarining direktsiyasiga xat yozib, o’z kompozitorlik xizmatini taklif etadi, ular esa bu xatga javob berishni ham munosib ko’rishmaydi. Bunday muvaffaqiyatsizliklarning zalvori ostida, sharoit tazyiqi bilan Lyudvig Venani tark etishga qaror qiladi. Xuddi shu erda homiylar nimalarni yo’qotayotganlarini anglab qolishadi. Kin grafi ertsgertsog Rudolf va knyaz Lobkovits 1809-yilda bastakorga har yili nafaqa to’lash majburiyatini oladi, buning evaziga esa kompozitordan Avstriyani tark etmaslikni so’raydi. Majburiyatini faqat ertsgertsog Rudolfgina bajargan bu mashhur shubhali nafaqa xaqida keyinroq aytishlaricha, u Betxovenga yordam berish o’rniga ko’proq ko’ngilsizliklarni keltirgan. Uning butun hayotida ehtiyoj va yolg’izlik hamrohlik qilgan. Betxovenning hayotini kuchayib borayotgan karlik yanada murakkablashtiradi. U kontsert safarlari borasidagi rejalaridan, Italiya bo’ylab sayohat fikridan voz kechishga majbur bo’ladi. Betxoven tirikchiligining asosiy manbayi mualliflik qalam xaqi bo’lib qolaveradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling