Иоганн Себастьян Бах


--: Betxovenning fortepiano ijodi


Download 0.91 Mb.
bet71/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

5--:
Betxovenning fortepiano ijodi. Fortepiano sonatasi Betxoven uchun o’y va hissiyotlari, uning badiiy intilishlari va izlanishlarini bevosita ifodalashda eng qo’l kelgan shakllardan biri edi.
Fortepiano sonatalarini kompozitorning «ijodiy laboratoriyasi», deb xam atashgan, unda bo’lajak katta asarlarning obrazlari tug’ilgan. Betxovenning fortepiano sonatalari o’ziga xos va dadilligi bilan namoyon bo’lgan holda ulardan hech qaysi biriga tajribaviy tugallanmaganlik xarakteri xos emas. Betxovenning har bir sonatasi — aniq shakl va yorqin mavzuga ega, tugallangan yuksak badiiy asardir. Betxoven uchun xos bo’lgan mavzular, ularni bayon etish va rivojlantirish uslubi, sonata shaklini dramatik tarzda talqin etish, yangi tembr xususiyatlari ilk marotaba fortepiano sonatalarida namoyon bo’ldi.
Uchinchi («Qaxramonnoma») simfoniyaning yaratilish vaqtida. Betxoven yigirmata fortepiano sonatalarining muallifi edi, ularning aksariyati Betxoven uslubining yorqin namunalaridir: Patetik sonata, sonata op. 26, As-dur motam marshi bilan, «Oydin sonata»si op. 27
№ 2, «Pastoral sonata» op. 28, D-dur, rechitativ bilan sonata op. 31 d-moll.
1822-yilda Betxoven o’zining 32-sonatasini yozdi, undan keyin To’qqizinchi simfoniyasi, «Tantanali messa» yaratildiki, ularda so’nggi fortepiano asarlarida kashf etilgan obrazlar o’z rivojini davom ettirdi.
Ijodining turli davrlarida yaratilgan fortepiano sonatalaridagi katta o’zgarishlar Betxoven musiqiy tafakkuridagi yangi yutuqlarga mos kelardi. Sonata turkumining talqini, yozish uslubi, musiqiy obrazlar xarakteridagi o’zgarishlar mana shundandir.
Ilk sonatalarda sonata turkumining uch va to’rt qismli tuzilmalari o’rtasida beqarorlik kuzatiladi. 50-opuslardan boshlab, turkumni yanada ixchamlashtirish, ikki qismli sonatalar yaratishga intilish sezilib turadi.
Keyingi sonatalarda polifonik shakllar va rivojlantirishning polifonik usullari paydo bo’ladi.
Jahon fortepiano musiqasi tarixida Betxovenning 1-sonatasidan oxirgi sonatasigacha bo’lgan yo’l butun bir davrni tashkil qiladi. Klavesin ijrochiligi san’ati bilan bog’liq bo’lgan sodda klassik fortepiano uslubidan boshlagan Betxoven o’zining so’nggi sonatalarini zamonaviy royal uchun yozdi, bu cholg’u sadolanish diapazonini oxirigacha kengaytirdi.
O’zining original fortepiano uslubini yaratib, Betxoven o’sha paytgacha ma’lum bo’lmagan chetki registrlarning ifodaviy xu-susiyatlarini ochib berdiki, bu bilan u keng havoyi makon taassurotini yaratdi. U kuyni quyi registrlarga o’tkazib, quyi, o’rta va yuqori registrlarning ohangdorlik (kuy) ahamiyatini muvozanatga keltirdi. Pedalning turli-tuman tarzda ishlatilishi fortepiano sadolanishidagi dinamik va turfa rangligini orttirdi. Turli xil xususiyatlarga boy faktura, qudratli akkordlar, tembrli cholg’u uslublari, ko’p sonli passajlar ulkan ma’noli axhmiyatga ega. Bularning barchasi — yangi fortepiano uslubining tarkibiy qismlari bo’lib, u XIX asr buyuk pianinochilari ijodida rivojlantirildi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling