Иоганн Себастьян Бах
Shubert hayotining oxirgi o’n yilligidagi asarlari janri turli –tumandir
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
Shubert hayotining oxirgi o’n yilligidagi asarlari janri turli –tumandir. U simfoniyalar, fortepiano uchun sonatalar, kvartetlar, kintetlar, trio, messalar, operalar, ko’plab qo’shiqlar va boshqa musiqalarni yaratadi. Biroq kompozitorning tirkligida uning asarlari juda kam ijro etilgan. Shuning uchun ham ularnin ko’p qisim qo’lyozmalarda qolib ketgan. Na mablag’, na homiylarga ega bo’lgan Shubertda o’z asarlarini nashr qilish imkoni deyarli bo’lmadi. Shubertning bironta operasi sahnalashtirish uchun qabul qilinmagan, vaxolanki, u “Shaytonning quvnoq uyi” (1814), “Alfons va Estrella” (1822) operalarini, “Fernando” (1815), “Egizaklar” (1819), “To’rt yillik ro’za” (1815) zingshpillarin yozgan edi. Uning simfoniyalaridan birontasi ham orkestr bilan ijro etilmagan. Bugina emas, uning eng yaxshi – Sakkizinchi xamda To’qqizinchi simfoniyalari kompozitor vafotidan bir necha yil o’tgach topilgan. Gyotening she’rlariga bastalangan qo’shiqlar garchi ularni Shubertning o’zi shoirga yuborgan bo’lishiga qaramasdan, e’tibor qozonmagan.
4--: .Hayot va ijodining so’nggi yillari. Tortinchoqlik, o’z ishlarini yo’lga qo’ya olmaslik, odamlardan biron nima so’rashni istamaslik, ular oldida past ketishdan tiyilish ham Shubertning doimiy moddiy qiyinchiliklariga sabab bo’lgan. Doimiy umidsizlik, ba’zan xatto, ochlikka qaramasdan kompozitor na knyaz Estergazi xizmatiga kirishni hohlar, na saroy organchilari oldiga borardi. Vaxolanki, ular uni xar doim saroyga taklif qilishar edi. Ba’zi paytlarda Shubertning, xatto fortepianosi xam bo’lmas, u cholg’usiz ijod qilar edi. Moddiy qiyinchiliklar uning musiqa yaratishiga halal bera olmasdi. Shunga qaramasdan venaliklar Shubertning asarlarini yaxshi ko’rishardi. Og’izdan og’izga o’tib kelayotgan qadimgi xalq qo’shiqlariga o’xshab, uning asarlari xam asta-sekin o’z muhlislarini topa bordi. Bular go’zal saroy salonlarining doimiy ishtirokchilari, oliy tabaqa vakillari emas edi. Bunda o’sha davrning mashxur qo’shiqchisi Iogann Mixael Fogl Shubert qo’shiqlarini kompozitorning o’zi jo’r bo’lgan holda ijro etardi. Moddiy ta’minlanmaganlik, uzluksiz hayotiy muvaffaqiyatsizliklar Shubertning sog’ligiga sal’biy ta’sir ko’rsatdi. U juda oriqlab ketgan edi. Umrining oxirgi yillarida otasi bilan yarashib, nisbatan osoyishta, me’yordagi maishiy hayot ham endilikda xech narsani o’zgartira olmasdi. Shubert musiqa yaratishni to’xtata olmasdi, zero, uning xayotidagi mazmun shunda edi. Kompozitor 27 yoshida do’sti Shoberga: “....men o’zimni dunyodagi eng baxtsiz, abgor kishi deb bilaman....”, - deb yozgan edi. Bu kayfiyat so’nggi davr musiqasida xam o’z ifodasini topgan. Agar oldinlari Shubert, asosan, yorqin, quvnoq asarlar yaratgan bo’lsa, o’limidan bir yil oldin u “Qishki yo’l” turkumini yaratadi. Bu asarida u iztiroblar, chorasiz sog’inch, ruhning azobli og’riqlarini ifoda etgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling