Иоганн Себастьян Бах


-yilda do’stlarining sa’y-xarakatlari bilan Shubertning xayotligida uning o’z asarlaridan iborat bo’lgan yagona kontsert tashkil etiladi


Download 0.91 Mb.
bet76/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

1828-yilda do’stlarining sa’y-xarakatlari bilan Shubertning xayotligida uning o’z asarlaridan iborat bo’lgan yagona kontsert tashkil etiladi. Kontsert katta muvaffaqiyat qozonadi, u kompozitorga katta quvonch bag’ishlaydi. Uning kelajak rejalari yanada ko’paydi. Sog’lig’ining yomonlashishiga qaramay, u ijod qilishda davom etadi. O’lim kutilmaganda keldi. Shubert tif bilan kasallangan edi. Darmonsizlangan organizm og’ir kasallikni ko’tara olmadi. Shubert 1828-yil 19-noyabrda vafot etdi. Qolgan mol-mulk arzimagan pulga baholandi. Ko’plab asarlar yo’q bo’lib ketdi.
O’sha davrdagi mashhur shoir Grilpartser bir yil oldin Betxovenning qabr toshiga she’r yozgan edi. U Shubertning Vena qabristonidagi oddiygina yodgorligiga shunday yozuvlarni bitgandi: “Bu erda musiqaning boy xazinasigina emas, amalga oshmagan umidlari ham ko’milgan”.
5--:
Shubertning vokal ijodi. Shubertning musiqa merosini 600 dan ortiq qo’shiqlar tashkil etadi. Nazmiy matnlarida u o’ziga yaqin bo’lgan o’y-fikr, hissiyotlarga javob izlagan. U, ayniqsa, she’rning va musiqa mutanosibligiga diqqatni jalb qilgan. Chunonchi, Shubert yozgan qo’shiq turkumlari she’rlarining muallifi Vilgelm Myullerning o’z asarlarini qo’shiq qilib kuylashga mo’ljallangan va bu Shubertni qiziqtirib qo’ydi.
Vokal lirika tarixiga Shubert Gyote qo’shiqlari bilan kirib keldi va o’zining qisqa hayotini Geyne she’rlariga yozilgan qo’shiqlari bilan yakunladi. Shubert qo’shiqlarida vokal lirikasi asosiy o’rin egallaydi, ularda she’riyat va musiqaning uyg’unlashuviga yangi romantik munosabat o’z aksini topdi, unda so’z “kuylaydi”, ohang esa “gapiradi”.
Shubert kuychan, ohanglari deklamatsiyali, nutq intonnatsiyalari bilan birlashtirib, XIX asr musiqasida asosiy o’rin egallagan ifodaviy vokal melodikasining yangi turini yaratdi. Vokal melodikasining ushbu turi musiqaning cholg’u sohasini qamrab olib, kelajakda Shuman, Brams vokal lirikasida, Shopen ijodida yangidan o’zgarishlar bilan rivojlandi.
Shubert qo’shiqlarida vokal melodikasi matning turli burilishlariga, uning xususiyatlarini bo’rttirgan xolda moslasha olish xususiyatlariga ega. Badiiy tavsifning qudratli omili bo’lgan va uningsiz badiiy yaxlitlikning o’zi mavjudligi mumkin bo’lmagan jo’rlik (akkompaniment) ning xam ahamiyati kattadir.
Shubert vokal asarlarining shakli musiqiy-shoirona obrazning xarakteri va xarakatidan kelib chiqadi. U kuplet shakliga murojaat qiladi. Shubert tomonidan topilgan vokal melodikasi, fortepiano partiyasi, qo’shiq janrlari va shakllarining tamoyillari kelajak rivojlanishiga asos soldi va vokal lirikasining butun kelajak evolyutsiyasiga turtki bo’ldi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling