4--:
Shopen ijodining tavsifi. Bastakorning musiqiy uslubi favqulodda yagonaligi bilan ajralib turadi. “Shopencha intonatsiya”, tabiiy va takrorlanmas holda polyak bastakorining avval yaratgan, shuningdek, ijodiy yo’lining oxirida bastalagan asarlarini xam bir-biriga tizib beradi.
Shopen o’z ijodini fortepiano musiqasi doirasida chegaralab beradi, bu soxada esa u juda baland darajaga xamda badiiy ko’p qirralikka erishdi. U ayni shu cholg’u asbobidan butun boshli orkestr uchun ranglar palitrasini chiqara oldi. Jaxonning mashxur pianinochilaridan biri Anton Rubinshteyn bejiz “Shopen – fortepianoning bandi (kuychi - shori), rapsodi (xalq kuychisi), ruhi, joni”,- demagan edi. Shopenning musiqiy fikrlari badihaviy usulda tug’ilgan va sof pianino jarangi bilan ifodalangan. Uning fortepiano ijodi fortepiano musiqasining keyingi taraqqiyotida juda katta rol o’ynadi. Shopenning ta’siri faqat List va bastakorning boshqa zamondoshlarigagina bo’lgan emas; rus bastakorlarining ko’plab avlodi, XIX asr o’rtalaridan boshlab, to Skryabin va bizning zamonamizgacha bo’lgan bastakorlar ijodiga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.
Shopen ijodining asosini vatani, shu yurt tarixi, tabiati, kishilari, urf-odatlari, an’analari bilan bog’liq bo’lgan mavzular tashkil etadi. Shopen original musiqiy janrlar va shakllar ijodkori bo’lgan. Uning cholg’u miniatyuralari yangicha hayot kasb etdi. Shopen o’z prelyudiyalarini ijodining mustaqil turi sifatida tasdiqladi, etyud janri taraqqiyotidagi yangi yo’nalishning boshlovchisi bo’ldi. Ayrim raqs janrlari (polonez, mazurka) oldiga yangicha badiiy maqsadlarni qo’ydi.
Yirik shakllar borasida sonata tsikllarining talqinlaridagi, shuningdek, sonata shaklining o’zidagi o’ziga xosliklar ajralib turadi. Shopen cholg’u balladalarining ijodkori hamdir, skertso, turkum asarlarining ilk qisim katta plandagi mustaqil kompozitsiya darajasigacha o’sib boradi. Aynan, bir qismli asarlar (balladalar, skertso, fantaziyalar)da yangi romantik shakllar kelib chiqadi, tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |