Иоганн Себастьян Бах


V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti


Download 0.91 Mb.
bet62/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti. Motsart yaratgan simfonik musiqa janrlariga simfoniyalar (41), serenadalar, divertismentlar, kassatsiyalar (30 dan ortiq), turli cholg’ularining orkestr bilan birgalikdagi kontsertlari kiradi.
Motsartning dastlabki simfoniyalari I.K. Bax ta’siri ostida sak-kiz yoshida yaratilgan edi. Keyinroq Motsart Evropa simfoniyachiligining eng yaxshi an’analariga tayangan bo’lsa-da, ulardan ancha o’zib ketdi. Ayrim simfoniyalar syuita, serenada, divertismentlarga yaqin bo’lib, turkum bilan yaxlit birlikni tashkil etmaydi. Biroq ularda kompozitorning tez rivojlanib xamda mustahkamlanib borayotgan individualligi: Motsartga xos boigan davrali (tovush izchilligiga ega bo’lgan) go’zal hxanglar, musiqiy dramatizm, dinamika ko’rsatib turadi.
Motsart simfoniyalari orasida «Xafner simfoniyasi»ni alohida ajratish mumkin. U dastlab serenada tarzida yozilgan bo’lib, olti qismdan iborat. Keyinchalik ikki qismni marsh xamda ikki menuetlardan birini olib tashlab, Motsart bu asarni to’rt qismli simfoniyaga aylantiradi.
Yana bitta qiziqarli simfoniya mavjud bo’lib, u «Pragacha» deyiladi. Zero, bu asar dastlab Pragada «Figaroning uylanishi» operasi qo’yilgan yilda ijro etilgan edi. U uch qismli turkumdan iborat bo’lib, unda menuet mavjud emas, shuningdek, u sub’ektiv-lirik xarakteri bilan xam ajralib turadi.
Motsartning oxirgi uchta simfoniyasi uning simfonik ijodining yakuni bo’lib, undagi eng xarakterli va qimmatli jihatlarning oliy darajadagi sintezini umumlashtiradi.
39-simfoniyaning o’ziga xosligi qahramonona-dramatik yo’nalish bo’lib, raqsona-maishiy musiqa asosida shakllantirilgan.
40-simfoniya — g-moll mutlaqo o’zgacha g’oyaviy-emotsional xamda obrazli mazmunga ega bo’lib, Motsart simfoniyalarining barchasidan ko’ra mashhurdir. Uni ba’zan «verterona» deb xam atashadi, chunki u «Bo’ron va tazyiq» davridagi g’oyaviy muhitda uning ko’tarinki emotsionalligi bilan tug’ilgan. Gyotening mashhur asari “Yosh Verterning iztiroblari” xam xuddi shu davrda yaratilgan edi. Ushbu simfoniya qaysidir ma’noda romantik sim-fonizmni oldindan payqagan xamda Shubertning «Tugallanmagan simfoniyasi»ga o’xshab ketadigan joylari bor. Ushbu simfoniya turkumning yagonaligi bilan ajralib turadi. Bu holat birinchi qism va final oralig’idagi arkalarda namoyon bo’ladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling