Иоганн Себастьян Бах


Mavzu: №4 . Volfgang Amadey Motsart ijodi.(1756-1792)


Download 0.91 Mb.
bet58/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Mavzu: №4 . Volfgang Amadey Motsart ijodi.(1756-1792),

1. Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati.


2. Zaltsburg davrida Motsartning ijodiyoti.(1756-1780 y).
3. Kompozitor musiqasining uslubiy xususiyatlari.
4. V.A. Motsartning opera,simfoniyalari.
1--:
Jahon musiqa madaniyati tarixida Motsart ijodining ahamiyati. Buyuk kompozitor Volfgang Amadey Motsart o’zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlarini yaratdi. Ular ichidan eng ommalashib ketganlarini aniq nomlarini bilmasak ham, turli parchalarni ko’p marta tinglaganmiz va hammamiz yaxshi bilamiz. Bular : “ Figaroning uylanishi”, “ Sehrli nay” operalari va o’zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi -- “ Rekviem” dir.
Buyuk ijodkorning hayoti, yanada ko’proq uning o’limi tafsilotlari odamlarda odamlarda katta qiziqish uyg’otadi. Motsart o’limi jumbog’iga birinchilardan bo’lib o’zining “ Motsart va Saleri” asarida A.S. Pushkin murojaat qildi. Keyinroq, XX asrda, ingliz dramaturgi Piter Sheffer A.S. Pushkin asarini o’qib “ Amadeus” p’esasini yozdi. Bu asar hozirgi kungacha jahonning ko’plab teatrlari sahnasida katta muvaffaqiyat bilan qo’yilmoqda. 1984-yilda esa shu p’esa mazmuni asosida rejisser Milosh Forman “ Amadey “ filmini suratga oldi. Jahon kinomatografiyasining ushbu durdona asari turli nominatsiyalarda 7 ta “ Oskar” mukofotini oldi, shu jumladan, rejissura uchun ham mukofotlandi.
Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to’qnash kelamiz. Bu musiqa radio orqali jaranglaydi. Uni televidenie orqali namoyish qilishadi. Engil, quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko’taradi, atrof dunyoni boshqacha ko’z bilan yordam beradi.
Barchamizning bu insonga uning shaxsiyatiga intilishimizning boisi nimada? Nega Motsartga bo’lgan qiziqish mana 250 yildan beri so’nmasdan kelmoqda! Buni bir so’z bilan tushuntirish mumkin: u—daho, bundaylar zaminimizda kamyob va shunisi bilan ular bizni o’ziga tortib turadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling