Иоганн Себастьян Бах
--: Ijodining uchinchi davri(1791 -1801)
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
3--:
Ijodining uchinchi davri(1791 -1801).1791-yilda skripkachi va antreprenyor Petr Solomon taklifga binoan Gaydn Londonga keldi. Bu erda u qator kontsertlarga dirijyorlik qilishi, opera va 6 ta simfoni yozishi kerak edi. Shu vaqtda keksa knyaz’ Estergazi vafot etadi. Uning musiqani uncha xushlamaydigan merosxo’ri kapellani tarqatib yuboradi. Biroq mashhur bo’lib ketgan kompozitor uning kapelmeysteri sifatida xizmat qilishi unga yoqardi. Shu narsa Estergazini “ uning xizmatkori” bo’lgan Gaydn boshqa ishga o’tib ketmasligi uchun nafaqa belgilashga majbur bo’ldi. Gaydn baxtli edi. Nihoyat u erkin va mustaqil Anliyaga kontsertlar bilan borish taklifiga u rozilik berdi. O’zining mustaqilligiga qaramasdan, Gaydn xizmatni tashlab ketolmasdi. O’sha vaqtlar musiqachi faqat saroy kapellarida ishlashi yoki cherkov xoriga rahbarlik qilishi mumkin edi. Gaydngacha hech bir kompozitor mustaqil hayot kechirishga botina olmagan . Gaydn ham doimiy ishini tashlab ketmaslikka qaror qildi. Anliyadagi hayot Gaydn uchun g’ayrioddiy tarzda kechdi. O’z asarlariga dirijyorlik qilib o’tkazgan kontsertlari misli ko’rilmagan muvaffaqiyat qozondi. Bu uning musiqasini ommaviy tarzda ochiq tan olinishi edi.“ Oksford” shahri universiteti uni o’zining faxriy a’zoligiga qabul qildi, shu munosabat bilan Gaydn o’zining oldin yaratgan sol major--”Oksford”( 1788) simfoniyasini ijro etdi. Anliya poytaxtida u o’zining 6 ta yangi simfoniyalari ( “ London simfoniyalari” ning birinchi turkumi) ga dirijyorlik qildi va “ Orfey va Evridika” operasini yozdi. Londonda Gaydn 40-50 nafar musiqachilardan tashkil topgan katta orkestrni boshqardi. Bularning xammasi kompozitorning asarlari ko’lamini yanada kengaytirish va ularning mazmuni chuqurlashtirishga bo’lgan intilishlariga mos kelardi. Londondan qaytishda Gaydn Bonn shahriga tushdib bu erda u birinchi marta yosh Betxoven bilan uchrashdi. Bu uchrashuvdan keyin Betxoven Gaydndan dars olish maqsadida Venaga ko’chib o’tishga qaror qiladi. Ammo Gaydn mashg’ulotlari yosh Betxovenni qoniqtirmadi. Gaydn ikkin marta Londonga borishga tayyorgarlik ko’rardi va o’quvchisiga etarli darajada e’tibor qilolmadi. 1794-yilda Gaydn ikkinchi marta Londonga keldi. Bu yillarda kompozitor yana 6 ta simfoniya yozdi. 12 ta simfoniyadan tashkil topgan turkum “ London simfoniyalari” deb nomlandi. “ London simfoniyalari” Gaydn simfonik yo’lining yakuni hisoblanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling