Иоганн Себастьян Бах
Mavzu:№3. Yozef Gaydn ijodi. (1732-1809)
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
Mavzu:№3. Yozef Gaydn ijodi. (1732-1809)
1. Y.Gaydn ijodining birinchi davri, tarjimayi holi. 2. Y.Gaydn ijodiy davrining ikkinchi bosqichi. 3. Y.Gaydn ijodining uchinchi davri, so’nggi yillari. 4. Y.Gaydn ijodidagi asosiy janrlar. 1--: Ijodining birinchi davri(1751-1761): Frans Yozef Gaydn tom ma’noda simfoniya va kvartet janrining otasi, klassik cholg’u musiqasining buyuk asoschisi, zamonaviy orkestrning birinchi tashkilotchisi deb hisoblanadi. Frans Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Vengriya bilan chegaradosh bo’lgan Rorau qishlog’ida tug’ildi. Gaydning ajdodlari avstro-nemis hunarmand-dehqonlaridan bo’lishgan. Kompozitorning otasi Matias kareta( faytun arava) ustasi bo’lgan. Kompozitorning onasi- qizlik ismi Anna Mariya Koller--oshpaz bo’lib xizmat qilgan. Otasining musiqiy qobiliyati va musiqaga bo’lgan muxabbati farzandlariga meros bo’lib qoldi. Kichkina Yozef 5 yoshligidayoq musiqachi san’atkorlar diqqatini o’ziga jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritmni sezish qobiliyatiga ega edi. Maktab o’qituvchisi va cherkov regenti Frank Gaydnning musiqiy iqtidoriga e’tibor qildi. U bolani o’zi yashaydigan Gaynburg shahriga olib ketdi. U erda Gaydn cherkov xorida qo’shiq aytishni, nota savodi, shuningdek skripka va klavesinda chalishni o’rgana boshladi. Uch yildan so’ng Vena shahrida Avliyo Stefan kafedral cherkovi qoshidagi xor kapellasiga kirdi. Bu erga uni Venalik kompozitor va kapelmeyster Georg Royter taklif qildi. U o’zining cherkov xoriga o’g’il bolalarni izlardi. Bu esa Gaydn hayotida muhim voqea bo’ldi. Sababi, musiqiy ma’lumotga ega bo’lish uchun uni bundan boshqa imkoniyati yo’q edi. Xorda kuylash Gaydn uchun yagona va juda yaxshi maktab bo’ldi. Bolaning qobiliyati tez rivojlanib, unga yakka kuylash uchun murakkab partiyalarni topshira boshlashdi.Cherkov xori shahar tantanalarida, to’ylarda, dafn marosimlarida qatnashardi. Xor saroy qabullarida qatnashish uchun ham taklif qilinar edi. Cherkovning o’zidagi chiqishlar, repetitsiyalarga ko’p vaqt ketardi. Bu yosh, go’dak qo’shiqchilar uchun og’ir ish edi. Royter Gaydnning birinchi kompozitorlik tajribalariga kem e’tibor qilgan. U Gaydnga to’qqiz yil davomida kompozitsiyadan atigi ikki marta dars berdi, xolos. Bo’lajak kompozitorning xaqiqiy o’qituvchisi bo’lmagan . Hayotning o’zi uning uchun maktab bo’di. Gaydnning ovozi xasta bo’lib, xorda ashula ayta olmaganida uni betakalluf tarzda bo’shatib yuborishdi. O’smir bola uchun muhtojlikka to’la, musibatli kunlar, eng asosiysi--tinimsiz va matonatli mehnat damlari boshlandi. Gaydn ashula va musiqadan dars bera boshladi, bayram kechalarida gohida esa odam gavjum ko’chalarda skripka chalardi. Buyurtma asosida u o’zining ilk bir nechta asarlarini yozdi.Ammo bularning hammasi tasodifan topiladigan mablag’lar edi. Kompozitor bo’lish uchun ko’p va matonatli mehnat zarurligini Gaydn tushunar edi. Gaydn ko’p shug’ullanar edi: klavikord va skripka chalar, turli kompozitorlar ijodini o’rganar, asarlar yozardi. Filipp Emanuel Baxning kuylari ifodaviyligi va ritmning erkinligi bilan ajralib tupuvchi klavir sonatalari unda taassurot qoldirdi. Keyinchalik F.E.Bax asarlarining ta’siri ilk asarlarida namoyon bo’ldi. Gaydn nazariy asarlarni, xususan, I. Mattezon va I. Fuks kitoblarini o’rgana boshladi. Venalik qiziqchi Kurs bilan hamkorlik uning uchun foydali bo’ldi. Kurs o’sha vaqtda Venada qobiliyatli aktyor va qator hajviy asarlar muallifi sifatida mashhur edi. Kurs Gaydn bilan tanishgan zahoti, uning iqtidoriga yuqori baho berib, unga o’zi librettosini yozgan “ Asmodey yoki yangi maymoq jin” komik operasi ( zingshpil)ga musiqa bastalashni taklif qildi. Gaydnning bu asarga yozgan musiqasi, afsuski, bizgacha etib kelmadi. Gaydn mustaqil kompozitorlik faoliyatini boshlashdan oldingi o’smirlik ijodining so’nggi bosqichi italiyalik kompozitor va kapelmeyster, Neapol maktabi vakili Nikkolo Porpora bilan mashg’ulotlari bo’ldi. Gaydn unga jo’rnavoz sifatida ishga kirdi. Biroq bir vaqtning o’zida xizmatkor vazifasini ham bajarar edi. Porpora bilan muloqot natijasida Gaydn kontrapunkt san’ati va generalbas ( garmoniya) bo’yicha o’z bilimlarini tartibga keltirdi. Gaydn hayoti va ijodida burilish kutilmoqda edi. Uning moddiy ahvoli asta-sekin yaxshilanib, hayotdagi o’rni mustahkamlanib borardi. Shu bilan birga, uning beqiyos ijodiy iqtidori o’zining dastlabki hosilini bera boshladi. Taxminan 1750-yilda Gaydn kichik messasi ( fa major)ni yozdi, bu asarda u nafaqat mazkur janrning zamonaviy uslublarini o’ziga xos tarzda ko’rsatdi, balki, “ quvnoq” cherkov musiqasini yarata olish imkoniyatlarini ham yaqqol namoyon qildi. Kompozitorning 1755-yilda yaratgan birinchi torli kvarteti muhim ahamiyat kasb etdi. Musiqa shinavandasi pomehik Karl Furnberg bilan tanishuv Gaydn uchun ijobiy turtki bo’ldi. Furnberg tomonidan ko’rsatilgan g’amho’rlik va moddiy yordamdan rag’batlangan Gaydn avval qator torli triolari, keyin esa o’zining birinchi torli kvartetini ham yozdi. Shundan so’ng tez orada 20 yaqin boshqa asarlarini yaratdi. 1756-yilda Gaydn do major kontsertini yozdi. Gaydnning metsenati uning moddiy holatining mustahkamlanishi uchun g’amho’rlik qildi. U kompozitorni Chexiyalik oqsuyak va musiqa shinavandasi graf Yozef Frans Morsingga tavsiya qildi. Qishni Morsing Venada o’tkazardi. Yozda esa Chexiyadagi o’zining Lukavets nomli erida yashardi. Bu erda uning 12 ta sozandadan iborat orkestr kapellasi bor edi. Kompozitor va kapelmeyster sifatida Morsing xizmatiga kirgan Gaydn turar joy, oziq- ovqat va maosh bilan ta’minlangandi. Bu xizmat qisqa vaqt (1759-1761) davom etdi. Shunday bo’lsada, bu Gaydnning kompozitsiya bo’yicha keyingi ijodi uchun yordam berdi. 1759-yilda Gaydn o’zining birinchi simfoniyasini yozadi. Undan keyingi yillarda boshqa 4 ta simfoniyalarini yaratdi. Torli kvartet sohasida ham simfoniya sohasida ham, Gaydn yangi musiqa davrining janrlarini aniqlashi va qaror toptirishi lozim edi: kvartetlar yozib, simfoniyalar yaratib, u o’zini dadil va qat’iyatli novator sifatida namoyon qildi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling