Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
Yoshlik yillari. Iogann Sebastyan Bax o’n besh yoshidan mustaqil hayot boshlashga qaror qiladi va 1700-yilda Lyuneburg shahriga ko’chib o’tadi. 1702-yilda gimnaziyani tugatib, universitetga kirish xuquqiga ega bo’ldi, lekin Bax bu xuquqdan foydalana olmadi, chunki u tirikchilik uchun mablag’ topishi zarur edi. O’z hayoti davomida, Bax ish joyini o’zgartirgan holda bir necha marta shahardan shaharga ko’chib yurdi. Buning sababi deyarli har safar bir xil qoniqarsiz mehnat sharoiti, kamsitishlar, uning tobelik holati edi.
Biroq vaziyat qanchalik yomon bo’lmasin uning yangi bilimlar, kamolot sari intilishi so’nmadi. U g’ayrat bilan nafaqat nemis, shuningdek italyan va frantsuz kompozitorlarining asarlarini muntazam o’rgandi. Bax atoqli san’atkorlar bilan shaxsan tanishib, ularning ijrochilik uslublarini o’rganish imkoniyatidan ham umumli foydalanar edi. Bir kuni, yo’l kiraga mablag’i bo’lmagan yosh Bax, mashhur organchi, nemis kompozitori Ditrix Bukstexude ijrosini tinglash uchun Lyubeke shahariga piyoda boradi. Kompozitor o’zining ijodga bo’lgan munosabatini, musiqa san’atiga nisbatan qarashlarini ham shunda qat’iylik bilan himoya qilardi. Saroy a’yonlari xorij musiqasiga mukkasidan ketgan bir vaqtda, Bax alohida muxabbat bilan nemis xalq qo’shiqlari va kuylarini o’rganib, ulardan o’z asarlarida foydalanar edi. Boshqa mamlakatlar kompozitorlari musiqasini to’la egallagan Bax ularga ko’r-ko’rona taqlid qilmadi. Egallagan keng va chuqur bilim uning kompozitorlik mahoratini takomillashtirish va sayqallantirishga yordam berdi.. Sebatyan Baxning qobiliyati shu soha bilan chegaralanib qolmadi. U zamondoshlari ichida eng yaxshi organ va klavesin ijrochisi edi. Bax hayotlik davrida kompozitor sifatida e’tirof etilmagan bo’lsa ham, organ cholg’uchisi sifatida uning oldiga tushadigan yo’q edi. Buni xatto uning raqiblari ham tan olishga majbur bo’lishgan . Bax o’sha davrning mashhur frantsuz organchisi va klavesinchisi Lyui Marshan bilan musobaqalashish uchun Drezden shahriga taklif qilinadi. Oldinroq musiqachilarning o’zaro tanishuvi bo’lib, ularning har ikkisi ham klavesinda ijro mahoratlarini namoyish etishdi. Marshan o’sha kechaning o’zida Baxning so’zsiz ustunligini tan olgan holda, shoshilinch ravishda shahardan jo’nab ketadi. Boshqa safar, Kassel shahrida Bax organ pedaliga solo chalib, o’zining tinglovchilarini lol qoldirdi. Bunday muvaffaqiyatlardan uning boshi aylanib qolmadi, u doimo juda kamtarin va mehnatsevar inson bo’lib qoldi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling