Иоганн Себастьян Бах


--: Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi


Download 0.91 Mb.
bet49/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3--:
Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi. Iogann Sebastyan Bax 1685-yil Eyzenaxdagi nemis shaharchasi Tyuringiyada tug’ildi. Baxlar avlodi azaldan o’zining musiqiy iqtidori bilan shuhrat qozonishgan edi. Ma’lumki, kompozitorning katta bobosi Feyt Bax novvoylik hunari bilan bir qatorda, tsitra cholg’usini chalardi. Ikki yuz yil mobaynida Tyuring bo’ylab Bax ajdodlari ichidan naychilar, trubachilar, organchilar, skripkachilar chiqishgan. Pirovardida, Germaniyadagi har bir musiqachini Bax deb, har bir Baxni esa musiqachi deb atay boshlashgandi. Nemis musiqasi rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan, Baxlar qavmidan chiqqan musiqachilarning soni 50 qiyofani gavdalantirsada, hech qaysi biri shon-sharaf va mashhurlikka erishmagan. Avloddan avlodga o’tgan mahorat va ijodiy kuch mashhurligi va nihoyat Iogann Sebastyan Baxda o’z aksini topdi.
Skripkada ilk ijro ko’nikmalarini u skripka va shahar musiqachisi sifatida tanilgan otasidan o’rgandi. Bola ajoyib ovoz sohibi bo’lib, shahar maktabi xorida kuylardi. Bu xor jamoasi kambag’al bolalardan tashkil topgan bo’lib, ular turli bayramlarda, dafn etish marosimlarida, va to’ylarda chiqish qilar edilar.Uning kelajakdagi kasbiga hech qanday shubha yo’q edi: kichkina Baxning musiqachi bo’lishi tayin. To’qqiz yoshida u etim qoldi. Ordruf shahri cherkovining organchisi bo’lib ishlaydigan katta akasi uni o’z tarbiyasiga oldi. Akasi bolani gimnaziyaga joylashtirdi va musiqadan ta’lim berishni davom ettirdi.
O’n yoshli tirishqoq bola uchun bu bir xildagi zerikarli mashg’ulotlar hisoblanardi. Shu sababli ham o’zi ham bilim olishga intilar edi. Akasining javonida mashhur kompozitorlarning asarlari yozilgan daftar borligidan xabar topgach, bola ularni tunlari xufiya ravishda olib, oyning shu’lasida notalarni ko’chirib yozar edi. Odamni toliqtiruvchi bu mashg’ulot olti oy davom etdi, u bo’lajak kompozitorning ko’rish qobiliyatiga beqiyos zarar ko’rsatdi. Akasi bir kuni uni bu ish ustida tutib, ko’chirilgan hamma notalarni olib qo’yganida, u juda qattiq xafa bo’lgan edi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling