Иоганн Себастьян Бах
MA’RUZA№2 “ Glyuk opera islohotining printsiplari.”
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati.
MA’RUZA№2 “ Glyuk opera islohotining printsiplari.”
Asosiy masalalar 1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati. 2. Opera islohotining printsiplari. Ariyalar, rechitativlar, uvertyuralar, baletning yangi talqini. 1--: Kristof Villibald Glyuk 1714-1787. Glyuk musiqa madaniyati tarixida opera yo’lining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan buyuk reformator sifatida o’rin qoldirgan . Uning asarlaridagi oddiylik va tabiiylik, drama xaqiqatiga bo’lgan talabi o’z zamonasining davr talabiga javob bera olardi. Ilgarilari faqatgina amaldorlar talabiga asoslanib yaratiladigan asarlar mavzusi o’rnini ijtimoiy muammolar va kuchli hissiyotlarga boy bo’lgan hayotiy kechinmalar mavzusi egalladi. Glyuk 1914-yil 2-iyulda Bavar qishlog’i Erasbaxda dunyoga keldi. Komataudagi iezuitlar maktabida organ sinfi bo’yicha tahsil ola boshladi. Praga universitetiga o’qishga qabul qilingach bo’lajak kompozitor daydi artistlar orkestri ishtirokchisi bo’lib, violonchel cholg’u asbobida o’zining yaratgan birinchi asarlarini ijro eta boshladi. 22 yoshida Glyuk Vena shahrida doimiy ishni qo’lga kiritadi. 2 yildan so’ng Milanga ko’chib ketadi va u erda mashhur dirijer, organchi ko’pgina ijrochilik uchun yozilgan asarlar muallifi Sammartini sinfida kompozitsiya bo’yicha tahsil ola boshlaydi. 1714-yilda Glyukning birinchi operasi “ Artaserks” dunyoga keladi undan so’ng 6 ta operasi yaratiladi. Kompozitorning ijod mahsuli boydir lekin anchagina asarlari saqlanib qolinmagan . Glyuk London, Gamburg, Drezden, Kopengagen shaxarlarida o’z kontsert dasturi bilan gastrol safarlarini uyushtiradi. 1754-yilda Vena shahrida saroy kompozitori lavozimida ishlaydi. U erdagi vaqt mobaynida frantsuz turidagi pantomima baletlarini yaratadi. U o’zining realistik tendentsiyalarida o’zining Glyuk reformasini yaratadi. 1762-yilda yozuvchi Kaltsabidji bilan hamkorlikda o’zinig birinchi novator operasi “Orfey”ni yaratadi . Ammo Vena amaldorlari uning bu operasiga sovuqqonlik nuqtai nazari bilan qarashdi. Glyuk o’zining ijodini Parij shahrida davom ettira boshladi. Parijda u “ Ifigeniya v Avlide” 1774-yil, “ Armida” 1777-yil, “ Ifigeniya v Tavride”, 1779-yil operalarini yaratdi . Glyuk 1787-yili 15-noyabrda Vena shahrida olamdan ko’z yumdi. “ Orfey” operasi 3 aktdan iborat bo’lib libretto ya’ni matnini yozuvchi R. Kaltsabidji yozgan. Yaratilish tarixi –Ko’pgina operalarning sevimli antik mavzusi bo’lgan Orfey va Evridika nomli sevishganlar xaqidadir. Bu antik syujetni Peri Kachchini Monteverdi Landi asarlarida ham ko’rish mumkin. Glyuk bu antik syujetni yangicha obrazda talqin etdi.Glyuk “Orfey” operasidagi ro’yobga chiqargan birinchi reformasini o’zining mashshaqatli mehnat orqasidan to’plagan tajribasiga tayanib yaratdi. Bu operaning birinchi namoyishi 1762-yil Vena shahrida bo’lib o’tdi .”Orfey” operasi xaqiqatdan ham Glyuk ijodiyotidagi durdona asarlardan biri hisoblanadi. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati. Glyuk operalari librettosi uchun antik va o’rta asr syujetlari asos bo’lib xizmat qilgan. Glyuk operalaridagi antiklik, italyancha seriya operasi va frantsuz lirik tragediyasida ustunlik qilgan saroy maskaradlariga o’xshamasdi. Glyuk saroy aristokratlik operasiga xos bo’lgan antik syujetlardan voz kechib o’z operasiga insoniylik motivlarini kiritadi: er-xotinning bir-biriga vafodorligi va yaqin kishisi uchun o’zini bag’ishlashga tayyorlik ( “ Orfey”, “ Altsesta”), o’z xalqini unga taxdid solayotgan ofatlardan qutqarish uchun o’zini qurbon qilishga qahramonona intilish ( “ Ifigeniya Avlidda”) va hokazo. Antik syujetlarning bunday talqini, frantsuz burjua inqilobi arafasida Glyuk operalari jamiyatining ilg’or vakillari, shuningdek uni ko’kka ko’targan qomuschilar huzuridagi muvaffaqiyatini ta’minladi. Glyuk opera dramaturgiyasining cheklanishi xuddi o’sha antik syujetlar bilan belgilanadi. Glyukning opera qahramonlari bir qancha umumiy xarakterga ega. Ular individual xarakterli tirik shaxslar emas, balki ma’lum tuyg’u va hissiyotlar umumlashmalarini o’zlarida namoyon qilishadi. Glyuk o’z operalarida XVIII asr opera san’atining an’anaviy shartli shakllari va qoidalaridan voz kecha olmadi. Shu tarzda u mashhur afsonaviy mavzuga qaramay, o’z operalarini baxtli echim bilan yakunlardi. “Orfey”da Glyuk va librettochi Kaltsabidji Amurni o’lik Evridikani tiriltirishga majbur qiladi, vaholanki afsonada Orfey Evridikani bir umrga yo’qotadi. “ Altsesta”da erosti saltanati kuchlari bilan jangga kirgan Geraklning kutilmaganda paydo bo’lishi er-xotinlarni abadiy ayriliqdan xalos qiladi. Bularning barchasi XVIII asr opera estetikasining talablari bilan bog’liq. Operaning mazmuni qanchalik fojeaviy bo’lmasin, baribir u ezgulik bilan yakun topishi kerak edi. Yuqorida qayd etilgan opera islohotlaridagi, zamon ruhi tufayli yuzaga kelgan cheklanish kompozitor ijodining tarixiy va badiiy ahamiyatini hech ham kamsitmaydi. Glyuk tinglovchiga ta’sir eta oluvchi mahobatli qahramonona opera san’atini yarata oldi. Glyuk musiqasi umuman olganda, har doim uning spektakllaridagi ulug’vorlik xarakteri bilan bir butunlikni tashkil qiladi. Musiqa qat’iy sodda va yaxlit bo’yoqlarda yozilgan. Har bir ariya bir tuyg’u va bir hissiyotni gavdalantiradi. Islohotchilik operalarida Glyukning badiiy me’yor hissi va ifodadagi oliyjanobligi o’zgarmagan. Glyuk rechitativlaridagi dramatik ifodaviylik opera san’ati sohasida katta yutuq bo’ldi, ularda tuyg’ular dinamikasi yorqin ifodasini topgan. Ariya va rechitativlar bilan bir qatorda, operaning dramatik mazmuniga uzviy ravishda xor ham qo’shiladi, ular ariyalar va rechitativlar majmuida mahobatli opera kompozitsiyasini tashkil qiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling