Иоганн Себастьян Бах


--: F.List fortepiano musiqasining ahamiyati. Fortepiano ijodi


Download 0.91 Mb.
bet87/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3--:
F.List fortepiano musiqasining ahamiyati. Fortepiano ijodi. List o’ziuing butun ijodiy faoliyati davomida fortepiano musiqasini yozdi. U o’zining eng qimmatli fikr-o’ylarini, orzu-umidlarini va tuyg’ularini fortepianoga bag’ishladi. Uning fortepiano uchun asarlarida kompozitor va ijrochining ijodiy o’zligi uyg’un xolda birlashib ketgan.
Buyuk pianinochi sifatida List o’zining ajoyib ijrosi bilan minglab tinglovchilarni qoyil qoldirardi, u pianino texnikasining turli-tuman ko’rinishlarini mohirona egallagan edi. U fortepiano sad-olanishi butun tizimi va xarakterini o’zgartira oldi, fortepianoda dabdabali ijro etish, cholg’uning qudrati va go’zalligini birinchi o’ringa olib chiqdi. List fortepiano fakturasini orkestr vositasidagi ifodaviylik bilan boyitdi, orkestr cholg’ulari turli guruhlarining sadolarini mohirona tarzda talqin etdi. U ko’plab cholg’ularni, jumladan, fortepiano adabiyotida kamdan kam uchraydigan qo’ng’iroqchalar, venger milliy cholg’ulari (tsimbal) tembrini o’rniga qo’yib o’xshatdi.
List o’zining fortepiano uchun asarlarida tremolo, akkordli trellar kabi orkestr uslublaridan keng foydalandi, yuqori registrda kadentsiya ko’rinishidagi jilvali, tiniq bayon usulini ajoyib tarzda qo’lladi.
List fortepiano musiqasida pozitsiyali majmualar (oktava, akkordlar) sakrama harakatini qo’llashi yangilik bo’ldi, ular sadolanishga ulkan kenglik va mahobatlilik bag’ishlaydi. Butun klaviatura bo’ylab o’tuvchi va yagona pedalda ijro etiluvchi oktavali, qo’shaloq notali passajlarni Listning eng sevimli texnik usullari sirasiga kiritish mumkin.
List fortepiano ijodining asosiy tamoyili uning dasturiyligi bo’lib, shu tufayli u keng obrazlar doirasini ochib bera oldi. Uni qahramonlik («Lion» p’csasi. moslashtirilgan «Rakotsi marsh»), sevgi lirikasi (uchta «Petrarka sonetlari», uchta noktyurn), tabiat obrazlari( “d Este villasi favvoralari”), iblis ibtidosi, Mefistofel («Mefisto-vals». si minor sonatasi), diniy tuyg’ular (si minor sonatasi yordamchi partiyasining birinchi mavzusi) o’ziga tortardi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling