Иоганн Себастьян Бах


Mavzu: №9 . ” Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901)”


Download 0.91 Mb.
bet89/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Mavzu: №9 . ” Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901)”

1. J.Verdining tarjimai holi.


2. J.Verdi ijodining davrlashtirilishi .
3. Verdining opera g’oyalari. “Aida”operasi .
4. J.Verdining dramaturgiya tamoyillari .


1--:
Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901). Kompozitorning tarjimai holi. Juzeppe Verdi 1813-yilning 10-oktabrida Busseto shaharchasi yaqinidagi Le-Ronkole qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo’lib, oilani ancha qiyinchilik bilan tebratgan. Verdi etti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to’lqinlantirardiki, u ota-onasidan musiqadan dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo’lida o’qiydi va spinet chalishni o’rganadi. O’n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o’qitish uchun Busseto shahriga jo’natadi. Yakshanba kunlari u o’z qishlog’iga borar, u erda vafot etgan Baystrokkining o’rnida organchi bo’lib ishlardi.
Juzeppe taqdirida Antonio Baretsi juda katta rol o’ynagan. U aslida savdogar bo’lsa-da, musiqa uning hayotida jiddiy o’ringa ega edi. Baretsi Verdini idora xodimi va savdo ishlarida hisobchi vazifasiga qabul qiladi. Idora xizmati zerikarli bo’lsa-da, og’ir emas edi, musiqa bilan shug’ullanish uchun esa vaqt bemalol bo’lardi. Verdi ishtiyoq bilan partitura va partiyalarni ko’chirar, repetitsiyalarda ishtirok etar, havaskor musiqachilarga partiyalarni o’rganishlari uchun ko’maklashardi.
Busseto musiqachilari orasida Ferdinando Provezi etakchi mavqe tutardi, u soborda organchi, filarmoniya orkestrida dirijyor, kompozitor va nazariyotchi bo’lib ishlardi. U Verdini kompozitsiya va dirijyorlik texnikasining asoslari bilan tanishtirdi, uning musiqiy-nazariy bilimlarini boyitdi, organ chalish mahoratini takomillashuviga yordam berdi. O’smirdagi katta musiqiy iste’dodga ishonch bildirib, uning porloq kelajagini bashorat qildi. Italiyadagi eng yaxshi o’quv yurtlaridan biri — Milan konservatoriyasiga kirish fikri shu zaylda paydo boidi. Milanga borish va konservatoriyada o’qish uchun (dastlabki ikki yil davomida) Verdi 600 lira hajmida stipendiya olar edi. Bunga Baretsi xam shaxsiy jamg’armasidan bir ozgina mablag’ qo’shib turadi.
1831-yilda Verdi Milanga keladi. Milan Shimoliy Italiyaning eng katta shaxri, Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir xaqiqat kutardi: Milan konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqasizlikni ko’rsatadi.
Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o’qituvchini izlash bo’ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani tanladi. U xam Verdi bilan shug’ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi. Uning dastlab qilgan ishi «La Skala» spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib bergani bo’ldi.
Ko’plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtirokida o’tar edi. Yosh Verdining mashhur qo’shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlariga, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining repetitsiya va kontsertlariga xam borib turardi.
Verdining taqdirida uning dirijyor sifatidagi tasodifiy debyuti juda katta rol o’ynadi. Avstriyalik kompozitor Iosif Gaydnning «Dunyoning yaratilishi» oratoriyasi repetitsiyasi vaqtida dirijyorlardan birontasi xam kelmaydi, ijrochilarning barchasi esa o’z joylarida edi, ular sabrsizlik qila boshlaydilar. Shunda Jamiyat rahbari P. Mazini zalda hozir bo’lgan Verdidan noqulay vaziyatda qo’llab yuborishni iltimos qiladi. Milan musiqachiligi Verdiga birinchi marta xuddi shu tarzda murojaat qilgan edi. Nihoyat, yosh kompozitor hayotida orziqib kutilgan baxtli daqiqalar xam etib keldi: u birinchi operasi uchun buyurtma oldi. Bu buyurtmani Filarmoniya jamiyati boshlig’i, shu bilan birga, teatrning direktori bo’lgan Mazini berdi. Verdining dastlabki operasi «Oberto» asosida librettochi F. Soler qayta ishlagan librettosi turar edi. Operaning yozilishi istalgan darajada tez bo’lmadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling