«Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir. «Luiza Miller» Neapolda qo’yilganidan keyin Italiya va boshqa mamlakatlarning bir qator sahnalarida xam qo’yiladi. Bu operadagi asosiy yangilik shunda ediki, tomoshabinlar ko’zi oldida injil yoki tarixiy syujetlar emas, balki oddiy odamlar hayotidan olingan dramalar yuz bera boshlaydi. o’zi-ning intim-lirik mazmuni bilan bu opera «Traviata»dan xam yuksak edi. Luizaning musiqiy tavsifida Violetta obrazi bilan umumiy bo’lgan qirralar uchraydi. «Luiza Miller» operasidan boshlab Verdining opera ijodkorligida yangi mavzu — ijtimoiy tengsizlik fojiasi, yaramas ijtimoiy tuzum sharoitida dahshatli muhit bilan to’qnashuv natijasida qahramonlarning nobud bo’lishi mavzusi paydo bo’ladi.
3--:
Verdining opera g’oyalari.XIX asrning 50-yillarida Verdi oltita opera yozadi: «Rigoletto», «Trubadur», «Traviata», «Sitsiliya oqshomlari», «Simon Bokkanegra», «Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi eng mashhur operalar qatoridan o’rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin yaratilgan va musiqiy xarakteriga ko’ra, o’zaro yaqin bo’lgan bu asarlar o’ziga xos trilogiyani tashkil etadi.
«Rigoletto» operasi Viktor Gugoning eng yaxshi fojiasidan biri bo’lgan «Qirol ovunadi»ning syujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo dramasidagi ijtimoiy g’oya qiziqtiradi: ezgu fe’lli oddiy odam, katta fojialarni boshidan kechirgan saroy qiziqchisi Tribule yaramas frantsuz qiroli Frantsisko II ga qarshi qo’yiladi. Gyugo dramasini Parijda qo’yishga tsenzura qarshilik qiladi, u yaramas va iflos qirol obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko’rgan edi. Verdi harakatlarni Parijdan Italiyaning kichkinagina viloyati Mantuyaga ko’chiradi, frantsuz qiroli Mantuan gertsog bilan almashtiriladi. Harakatlanayotgan qahramonlarning nomlari xam o’zgartiriladi: Tribule o’rniga — Rigoletto, Blansh (Tribulening qizi) o’rniga Jilda qo’yiladi. Bu o’zgartirishlar dramaning asosiy g’oyasi: oddiy odamlarning ahloqiy-ma’naviy pokizaligi va ezguligini aristokrat — gertsogning iflosliklariga qarshi qo’yishi yo’qotolmas edi. Asarda ijtimoiy tengsizlik fojiasi xam shundayligicha qoldirilgan. «Rigoletto»ning 1851-yilda Milandagi namoyishidan keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi — «Truba-dur»ning stsenariysi ustidagi ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning sahna yuzini ko’rishi uchun ikki yilga yaqin vaqt ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |