Иоганн Себастьян Бах
«Sitsiliya oqshomlari» Sitsiliya xalqining fransuz bosqinchilariga
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Verdining siyosiy faoliyati.
- 60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi.
«Sitsiliya oqshomlari» Sitsiliya xalqining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi tarixi syujeti asosida yozilgan boiib, italyan operalari xususiyatlari va frantsuzlarning «katta opera» an’analari bilan uyg’unlashtirilgan.
Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-maskarad» operasidir, u 1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi italyan tiliga tarjima qilingan bo’lib, shved qiroli Gustav III ga qilingan suiqasd xaqida bayon qilingan. Avstriya tsenzurasi, frantsuz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan tashvishlanib, operani ta’qiqlab qo’yadi, axir unda xam qirolga suiqasd qilish va uni o’ldirish voqealari aks etgan edi-da! Verdi voqealar yuz bergan joyni Shvetsiyadan Amerikaga ko’chirishga majbur bo’ladi. Shved qirolini esa Boston gubernatori Richard Varvikka aylantiradi. Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining Avstriya zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi chuqur hamdardlik bilan Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlarini ma’qullaydi. U 1860-yilda Italiyaning birinchi ijtimoiy parlamenti a’zoligiga saylanadi. Shunday qilib, Verdining nomi Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog’lanib ketadi. Ijtimoiy va siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg’itar edi. Biroz osoyishtalik topish uchun u ko’proq Santa-Agatadagi villasida yashardi. 1859-yilda u opera qo’shiqchisi Juzeppine Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining oxirigacha sodiq do’st topgan edi. 60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi. «Taqdirning kuchi» operasi Peterburg Imperatori teatri direkstsyasi buyurtmasi bilan yozilgan. U 1843-yildan buyon doimiy ravishda Peterburgda faoliyat ko’rsatadigan va favqulodda muvaffaqiyat qozonayotgan italyan truppasi uchun mo’ljallangan edi. Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko’rinib turgan xususiyati bo’lib, ular har qanday chet elliklarga sajda qilishardi. Italiya operalari rus poytaxtida saroy amaldorlari tomonidan zo’rma-zo’rakilik bilan kiritilar ekan, rus klassik operasi musiqiy hayotda munosib o’rin egallashi uchun xalaqit berar edi. Rus klassik operalaridagi realizm, hatto Verdining «Rigoletto», «Trubadur» yoki «Traviata» singari eng mashhur asarlari realizmi bilan solishtirilganida xam, anchabaland mavqega ega edi. Odoevskiy, Stasov, Serov va Chaykovskiylarning Rossiyadagi «italiyachilik»ka qarshi chiqishlari tarixan ilg’or xarakatlar edi. Shu bilan birgalikda, ular umumiy tarzda Verdining juda -katta qobiliyatini e’tirof etsalar-da, uning ijodiga bergan umumiy baholarida noxaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg juda sovuq qarshi oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi xamda holatlardagi musiqiy go’zalliklariga qaramasdan bu operani Verdining eng yaxshi asarlari qatoriga kiritib bo’lmaydi. Operaning muvaffaqiyat qozonmaganligining sababi librettoning nomuvofiqligi bo’ldi, u ispan romantik dramalaridan o’zlashtirilgan edi. Shunga qaramay operada yangi qirralar xam bo’lib, ular tom ma’noda Verdining keyingi operalarida o’z aksini topdi. Bular: orkestr dramaturgik vazifalarining ortishi, psixologik vaziyatlarda nozik va aniq bo’lib borayotgan garmoniyaning boyitilishi, leytmotivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning kuchi» operasi Verdining ijodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling