Иоганн Себастьян Бах


-yilda Verdi Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi uchun «Millatlar madhiyasi» kantatasini yozadi


Download 0.91 Mb.
bet94/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

1862-yilda Verdi Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi uchun «Millatlar madhiyasi» kantatasini yozadi. Uning matni kompozitor, shoir, Gyotening «Faust»i asosida «Mefistofel» operasini yozgan Arrigo Boytoga tegishli edi. Keyinchalik Boyto Verdining so’nggi operalari librettosi muallifi bo’ladi. 1863-yil boshlarida Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo’yish uchun boradi, 1864-yilda «Makbet»ni Parij sahnasi uchun qayta ishladi. Verdining Ispaniyada bo’lishi uning ispan xalq musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi, bu narsa Parij uchun yozilgan xamda 1867-yilda Parijda qo’yilgan «Don Karlos»da o’z ifodasini topgan.
«Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan. U qonxo’r Filipp II qirolligi davridagi Ispaniya tarixi xaqida hikoya qiladi. Operaning ilg’or g’oyaviy mohiyati shunda ediki, u yaramas katolik reaktsiyasini fosh etardi.
Operaning bosh xarakatlanuvchi shaxslari musiqada bo’rttirilgan, psixologik nozik va aniq tavsifini topgan edi. Operada simfonik muqaddimaning roli ancha ortadi, bu holat qahramonlar kechinmalarini ochib berishga xizmat qiladi. Opera dramatik sahnalar rivojidan tarkib topgan. Opera musiqasida ispan xalq ohanglari va ritmlari sezilib turadi. Parijdagi Grand Opera teatri uchun yozilgan va shu teatr talablari ruhiga uyg’un bo’lgan bu asar Meyerber operalaridan tubdan farq qiladi.
1869-yilda Verdi Misr xukumatidan Suvaysh kanalining ochilishi tantanalari munosabati bilan Qoxiradagi yangi teatr uchun Misr xayotidan olingan vatanparvarlik mavzusida opera yozib berish taklifini oladi. Dyu Lokl librettoning frantsuzcha matnini prozada yozib berdi, shoir A. Gislansoni uni italyan tiliga tarjima qildi.
Aida” operasi. «Aida»ning Qoxiradagi prem’erasi 1871-yil 24-dekabrda bo’lib o’tdi. Akademik B.V. Asaf’evning ta’kidlashicha, «bu butun opera tarixida eng go’zal va zo’r tomosha bo’lgan edi». 1872-yildan boshlab «Aida»ning boshqa italyan shaharlari bo’ylab tantanavor «yurishlari» boshlanadi, tez orada u butun Evropada mashhur bo’lib ketdi, bunga Rossiya va Amerika xam qo’shildi. Shundan keyin Verdi xaqida buyuk kompozitor sifatida gapira boshlashdi. Xatto Verdi ijodiga bir qadar tayyor xulosalar bilan qaraydigan professional musiqachilar, tanqidchilar xam endilikda uning beqiyos iste’dodini, opera san’ati sohasidagi buyuk xizmatlarini e’tirof eta boshlaydilar. Chaykovskiy «Aida»ning ijodkorini «buyuk» deb tan oldi xamda uning nomi tarix saxifalarida eng mashhur nomlar bilan yonma-yon qayd etilishi kerakligini ta’kidladi.
«Aida» operasida Verdi ijodidagi ikki an’ana, ikki oqim: Verdining ilk operalari «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos»dan kelayotgan «katta» qaxramonlik operasi oqimi xamda «Luiza Miller» va «Traviata»dan boshlangan lirik-psixologik yo’nalish o’zaro qo’shilib ketadi. «Aida» operasida kompozitor-dramaturg mahoratining oliy darajasi namoyon bo’lgan. «Aida»ning musiqiy mukammalligi uning ohanglarga boyligi va rang-barangligi bilan kishini hayratga soladi.
Verdi bironta operasida xam musiqiy ijodkorlikka, kashfiyotga bu qadar sahovat va mahorat ko’rsatmagan edi. Buning ustiga «Aida»ning kuylari favqulodda go’zalligi, ta’sirchanligi, ulug’vorligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi; ularda qadimiy italyan opera kompozitorlari yo’l qo’yadigan qoliplilik, eskilikning izi xam yo’q edi. Bu operada Radamesning «Aziz Aida» romansini istisno qilganda, eski italyan opeasidagi nomerli tarkib bartaraf etilgan edi, opera butunlay katta dramatik sahnalardan tuzilgan. Shaklning tekisligi va aniqligi buzilgan emas. Voqealar rivoji va matnga nozik darajada rioya etgan xolda xar bir ariya, duet yoki ansambl tarkiban yakunlangan, mantiqan rivojlanib boruvchi musiqiy organizm sifatida taassurot qoldiradi.
1873-yilning may oyida Verdi Santa-Agatada yashar edi. Bu erda u shoir Alessandro Mansonining vafoti xaqidagi xabarni eshitadi va bundan juda chuqur iztirob chekadi. Verdining bu vatanparvar shoirga bo’lgan hurmati va muxabbati cheksiz edi. O’zining shonli yurtdoshi vafotining xotirasini munosib qadrlash uchun u do’sti vafotining bir yilligiga Rekviem yaratishni mo’ljallab qo’yadi. Rekviemni yaratish uchun Verdi o’n oyga yaqin vaqt sarfladi va bu asar 1874-yil 22-mayda birinchi marotaba Milandagi muqaddas Mark cherkovida muallif boshqaruvida ijro etildi. Kuyning boyligi va ta’sirchanligi, uyg’unlikning yangiligi va qatiyati, orkestrlashtirishning yorqinligi, shaklning mukammalligi, polifonik texnikadagi mahorat Verdi Rekviemini mazkur janrdagi eng mashhur asarlar qatoriga olib chiqdi. Bu asar musiqasi an’anaviy diniy marosimlar matniga zid o’laroq, aqidaparastlikdan mutlaqo chetda edi. U boshidan oxirigacha teatrga xos boigan operaviylik xususiyatiga ega edi.
Rekviemda to’lqinlantiruvchi fojiaviy pafos lirik kuylar bilan almashinib turadi, bunday go’zallik kishini o’ziga asir qiladi. Bir necha marta takrorlanuvchi «Dies irae» musiqasi, leytmotiv ahamiyatiga ega bo’lib, junbushga kelgan tabiat xodisasi tasavvurini uyg’otadi. Unda bir-biriga zid bo’lgan «Lakrimoza» («Ko’z yoshlari») yoki «Agnus Dei» («Ilohiy Agnes») singari kuylar mavjud, ularda yuksak insoniy kechinmalar juda samimiy aks etgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling