Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet97/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

«Rigoletto» operasi. Verdining «Rigoletto» operasi Viktor Gyugoning «Qirol ovunchog’i» dramasi syujeti asosida yozilgan. Gyugoning p’esasi o’zining dramatik jihatlari bilan Verdining diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari, unda Verdi o’zining shaxsiy intilishlari, demokratik ideallariga yaqin bo’lgan mavzularni topdi.
Gyugoning asosiy qahramonlari — jamiyat tomonidan kamsitilgan, xo’rlangan odamlar edi. Ularga yuksak ahloqiy sifatlar berib, Gyugo o’z qaxramonlariga nisbatan achinish tuyg’usini, ularning yaxshi hayot uchun kurashlariga, baxt topishlariga ishonch uyg’otadi. Uning dramalarida masxaraboz Tribule, engiloyoq" ayol Marion, qaroqchi Ernani; «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» romanidagi Kvazimodo xam; «Xo’rlanganlar» romanining asosiy qaxramoni Jan Valjan shular jumlasidandir.
Opera ustida ishlashni Verdi 1850-yilda boshladi va avvaliga operani «La’nat» deb nomlamoqchi bo’ldi, zero, Gyugoning fikricha, qizini xo’rlangani uchun qirolni ota tomonidan la’natlanishida — dramaning tuguni mujassamlashgan. Qirol va masxaraboz la’natlanadi, lekin hanuz o’zining beandisha qiliqlarini davom ettirayotgan qirolga la’nat ta’sir qilmaydi. Taqdir jazolanishi lozim bo’lganlarning jazosini bermaydi. Ijobiy qaxramonlar halok bo’lishadi. Bunday echim bilan muallif ularga bo’lgan achinish tuyg’usini kuchaytirib, halokati aybdorlarga nisbatan nafrat tuyg’usini uyg’otadi va bunday fojiani keltirib chiqargan ijtimoiy sharoitga qarshi isyon hissini uyg’otadi. ,o’zining yagona qizini yo’qotayotgan Rigolettoning fojiasi operaning dramatik o’zagini tashkil qiladi. Ushbu fojianing manbayi — qariya Monterone la’natidir.
Gyugo dramasining dinamikaga to’la, sahnabop syujeti Verdi dramatik qobiliyatining to’la-to’kis namoyon bo’lishiga imkoniyat yaratib berdi.
Mavzu № 10 “Jorj Bize ijodi (1838-1875)”

1. J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari.


2. Jorj Bizening estetik qarashlari.
3. J.Bizening musiqaviy dramaturgiya tamoyillari.
4. Jorj Bizening “ Karmen” operasi .



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling