Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet38/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

3. A kapella. O’zbek musiqasida mazkur janrning yuzaga kelishi Mutal Burxonov nomi bilan bog’liqdir . Uning bu sohadagi ilk tajribasi jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan (1952) oltita xalq qo’shig’i tez orada shuhrat qozondi.
Burxonov xorlari zaminida, O’rta osiyodagi turli xalqlarning kuylari yotadi. Miniatyuralarning har biri yorqin, uzoq esda qolarli obraz yaratadi. Ixcham jilvali “ Yorlarim”, “ Sho’xcham”, “Bibigul”, ehtirosli va nozik “Sari qo’xi baland”, orzubaxsh “Zarragul” ajoyib o’zgaruvchan kayfiyatli “Go’zal qizga” va nihoyat qizg’in quvnoqlikka to’la “Sayra” birin-ketin almashib keladi. Kompozitorning azaldan bir-biriga yaqin bo’lgan xalqlar kuylari (ikkita o’zbek ikkita tojik bitta qoraqalpoq va bitta uyg’ur) ga murojaat qilishi tasodifiy bo’lmasa kerak. Bu turkum yaxlitligini ta’minlaydi. Burxonov qayta ishlagan qo’shiqlar fakturasi ikki xil uslub: polifonik va gamofoniyali garmonik uslublarining o’zaro bog’lanishi orqali tashkil topadi. Polifonik uslub - kichik tuzilma, frazalarda ko’proq ishlatiladi; butkul shakl esa, kadanslar yordamida bo’limlarga bo’linib, gamofonik musiqa uslublaridan tuziladi.
Burxonov O’rta Osiyo xalqlari milliy muisqasi xususiyatlari (lad, intonatsiya, ritm, faktura) ni evropa xalqlarida yuksak rivojlangan ko’povozli professional musiqa elementlari bilan uyg’unlashtirib, barcha ifoda vositalarining usluban yaxlitligiga erishadi.
Burxonov keyingi yillarda ham xor janrida ishlashni davom ettirdi. Uning jo’rsiz xorlari orasida qayta ishlangan ikkita eron xalq kuyi ajralib turadi. Bu ikki asar “Osiyo musiqa minbari” ( Olmaota 1973) kontsertlarida ijro etilib, xar-xil mamlakat va kontinetlarning xalqlari orasida badiiy tajribalarning o’zaro almashinuvi unumli ekanligini namoyon qildi.
O’zbeksitonning boshqa kompozitorlari ham Burxonovdan ibrat olib, uning ishini davom ettirdilar. Ikrom Akbarov, Sobir Boboev, A. Muxammedov va O’zbek radiosi xori dirijeri Botir Umidjonov qator jo’rsiz xorlar yaratishdi.
4. Kantata. Yakka xonandalar, xor va orkestr uchun yozilgan yirik vokal simfonik musiqa janri. Kantata xozirgi turmushning muhim voqealarini yoki tarixiy davrni xor, ariya, ansambl va cholg’u musiqalarida tasvirlab beradi. Kantataning xar bir qismi tugallangan bir ma’noga ega. Kantata tantanali, lirik va epik xarakterda bo’ladi. Sovet kompozitorlari ijodiyotida kantata janri rivoj topdi. O’zbekiston kompozitorlari ham bu janrda tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdilar. Kompozitor Sulaymon Yudakovning “Mirzacho’l” kantatasimon vokal simfonik syuitasi (G’afur G’ulom she’ri) Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Urushdan keyingi yillar, sovet voqeligining mavzu va obrazlari bilan bog’liq bo’lgan vokal simfonik asarlar yaratishi bilan nishonlandi. Bular: M.Levievning “Yorqin yo’l” va “Oq oltin”, D.Soatqulovning “Paxtakorlar tinchlik uchun”, S. Boboevning “Hosil bayrami” kantatalari, S.Yudakovning “Mirzacho’l” syuitasidir. Bu dastlabki asarlarga ba’zi bir mushtarak belgilar: bir butun va uni tashkil etgan qismlar asosining qo’shiqbopligi, ko’proq jo’rlik rolini bajaradigan orkestrning ikkinchi darajadagi o’rni, syuita printsipida keladigan xor va yakkaxon vokal nomerlarning mustaqilligi xosdir. Aytib o’tilgan asarlar ichida respublika professional va havaskor xorlar repertuaridan mustahkam o’rin olgan S.yudakovning “ Mirzacho’l” vokal simfonik syuitasi ajralib turadi.
“Mirzacho’l syuitasi “ (G’afur G’ulom she’rlari) olti qismdan iborat. Ularning har biri, o’tmishda cho’l bo’lib yotgan Mirzacho’lni o’zlashtirib, yashnagan bo’stonga aylantirgan cho’lquvarlar hayotidan muayyan bir lavhadek ko’riladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling