Иоганн Себастьян Бах


O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi


Download 0.91 Mb.
bet46/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

4. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi. To’xtasin Jalilov nomidagi O’zbekiston Davlat Akademik xalq cholg’ulari, Doni Zokirov nomidagi O’zbek xalq cholg’ulari orkestrlarining kontsert ijrochilik faoliyati keng jamoatchilik e’tiborini qozondi. 1948-yilda Toshkent Davlat konservatoriyasida xalq cholg’ulari fakultetining ochilishi, O’zbekiston bastakorlarining original asarlar yaratish borasida faol ijodiy faoliyati ko’plab, jaxon klassik asarlari va xalq kuylarining moslashtirilishi va qayta ishlanishi, Davlat orkestriga jaxon sahnasiga chiqish imkonini berdi.
Orkestrning biinchi ma’sul chiqishi, 1948-yil noyabrning oxirida, Moskvadagi P.I. Chaykovskiy nomidagi kontsert zalida bo’lib o’tdi. Kontsertlar, shuningdek, olimlar uyida, madaniyat saroylari va boshqa zallarda ham bo’ldi. Ulardan: Mutal Burxonov, Manas Leviev asarlari bilan bir qatorda, N. Budashkinning “Domra va orkestr uchun kontsert” ( A. Baxromov yakkaxon), E.Grigning “ Tanets Anitri” asarlari ijro etildi.
Yirik shakldagi orkestr asarlaridan, N. Budashkinning kontserti, Sobir Boboevning “Bayram uvertyurasi”, G’ofur Qodirovning uch qismli “Syuita”si, Fattox Nazarovning “ Yoshlar syuitasi” kiritilgan edi.
Doni Zokirov nomidagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestri 50-yillarda tashkil topgan. Uning eng muhim vazifalaridan biri, o’zbek xalq musiqasini tag’ib qilish xamda keng tinglovchilar ommasini boshqa xalqlar musiqasidan bahramand etish, shuningdek, O’zbekiston bastakorlarining yangi original asarlari bilan tanishtirishdan iborat. Orkestrning negizini, Toshkent Davlat Konservatoriyasining o’zbek xalq cholg’ulari fakultetini bitirib chiqqanlar tashkil etdi. Ular orasida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Qobul Usmonov, Tohir Rajabov (rubob), Halim Jo’raev (nay), Qahramon Komilov (g’ijjakchi), respublika ko’rigining sohiblari Rustam Karimov (rubob), Komil Shermatov ( chang). Orkestrning badiiy rahbari va bosh dirijeri, taniqli bastakor, g’ijjakchi Mustafo Bafoev, yordamchi dirijeri Fazliddin Yunusovlar xozirda ham ijodiy faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling