Иоганн Себастьян Бах


Mavzu 13. KOMPOZITORLIK IJODIYOTI


Download 0.91 Mb.
bet44/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Mavzu 13. KOMPOZITORLIK IJODIYOTI.


Reja:

1. Istiqlol yillarida o’zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyoti janrlarining rivojlanishi.


2. Musiqiy sahnaviy janrlar.
3. Simfonik musiqa
4. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi,
5. Vokal-simfonik va xor musiqasi
6. Milliy estrada musiqasining rivojlanishi.


Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.
1. Istiqlol yillarida o’zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyoti janrlarining rivojlanishi.
2. Musiqiy sahnaviy janrlar. O’zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniyat tarixiga ega. Uning an’anaviy musiqa, tomosha va so’z san’atining sarchashmalari miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. Qadim zamonlardayoq, O’zbekiston zaminida yashagan xalqlar, yuksak darajada taraqqiy topgan madaniy an’analar sohiblari bo’lib kelganlar. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan sozanda va raqqosalarning haykalchalari, tasviriy san’at namunalarida ifodalangan musiqa cholg’u asboblari, asrlar osha bizgacha etib kelgan xonanda va sozandalar ijodining jonli namunalari, xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot asarlari, ilmiy va tarixiy manbalar va asori-atiqalar bundan yorqin dalolat beradi.
Ma’lumki, har bir millatning madaniy taraqqiyoti, qaysi bir davrga mansub bo’lishidan qatiy nazar, mazkur xalqning iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va ma’naviyat sohalarida erishgan yutuqlari bilan chambarchas bog’liq. Har bir xalqning ma’naviy ravnaqi esa, eng avvalo uning umumbashariy madaniyatga qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi va qadrlanadi. Ana shu nuqtai nazardan, o’zbek xalqi ham boshqa O’rta Osiyo xalqlari bilan birgalikda, jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. O’zbek zaminidan etishib chiqqan buyuk allomalar: Imom Ismoil Buxoriy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Ulug’bek va boshqalar inson tafakkurini diniy va dunyoviy fanlarni boyitishga va ma’naviy yuksalishiga ulkan hissa ko’shganlar. Ularning nomlari nafaqat O’zbekistonda, balki uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda ham mashhurdir.
O’zbek musiqa san’atida ham, adabiyot va tasviriy san’at sohalarida bo’lgani kabi "musiqali drama", "musiqali komediya", "operetta", "opera", "balet", "simfoniya","kontsert", "romans" kabi musiqa atama turlari ijobiy o’zlashtirilib olingan. Mazkur sohalarning deyarlik har birida, milliy ruh bilan sug’orilgan va ayni chog’da umuminsoniy qadriyatlar qatoridan o’rin olishga qodir bo’lgan asarlar yaratilgan va ular ota-bobolarimizdan meros bo’lib asrlar osha kelayotgan an’anaviy musiqa boyliklarimiz bilan bir qatorda, mushtarak o’zbek musiqa madaniyatini tashkil qiladi. Ana shu sertarmoq musiqa madaniyatimiz majmuida musiqali drama va musiqali komediya janrlarining o’ziga yarasha o’rni va salohiyati mavjud.
Tarixga murojaat qilganimizda, ba’zan shunday savollar tug’iladi: nima uchun dunyodagi ko’p xalqlarda "teatr", "drama", "opera", "balet" kabi atamalar bir xil nom va ma’nolarda yuritiladi? Agar bir zum fikrimiz bilan, olamshumul tarix charxpalagini orqaga aylantirsak, qadim-qadim zamonlardan, miloddan avval va keyingi asrlar davomida, dunyo xalqlari o’z mehnat va turmushlari jarayonida tabiatni mo’jizalarini o’rganib, diniy e’tiqod va falsafiy tafakkurlari bilan so’z, musiqa, raqs va turli tomosha-o’yinlarni yaratdilar va badiiy san’at darajasiga ko’tardilar. Bu san’atlarning bir-biriga uzviy chatishtirishlari natijasida, har-xil san’at turlari bunyodga keldi. Bulardan biri - teatr san’atidir. Tarix shunday ma’lumot beradi-ki, butun dunyo xalqlari so’z (dialog va monolog), musiqa va raqs san’atlarining bir-biriiga uzviy bog’lab, mazmunli tomoshalar qo’yishga harakat qilganlar va yaxshi natijalarga erishganlar. Qadimgi yunon xalqi (Ellada davlatida) bunday tomoshani teatr deb ataganlar. Teatr (yunon so’zi g’G’eaorx1 - ko’ryapman, qarayotirman, uexgrou - tomosha ko’radigan maxsus joy ma’nolarini bildiradi). Xuddi shunday, drama so’zi ham, yunoncha atama bo’lib, (Ogata - harakat, fikr to’qnashuv harakati) dialog va monolog badiiy so’z va sahna harakati orqali tuziladi. Boshqacha qilib aytganda, drama - jamiyat tuzumlaridagi nuqsonlar, insonlarning munosabatlarida yuz beradigan muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi g’oya va fikrlar, turli yaxshi va yomon hatti-harakatlar kabi masalarni to’qnashuvi va ularni echilishi yoki hukm chiqarishi bilan bog’liq adabiy sahnaviy asar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling