Иоганн Себастьян Бах
Mavzu 11. CHOLG’U MUSIQASI
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi.
- 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari.
Mavzu 11. CHOLG’U MUSIQASI.
Reja: 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi . 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. 3.O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri uchun yaratilgan asarlar. Adabiyotlar: 1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y. 2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y. 3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970. 4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y. 5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y. 1.XX asrda cholg’u musiqasining rivojlanishi. Agar o’zbek kuylarini simfonik moslashning ilk tajribalari 20-yillarning boshlariga to’g’ri kelsa, 30-yillarning birinchi yarmida xilma-xil janrlar doirasini o’ziga olgan qator asarlar yaratildi. Ularni yozgan mualliflarning aksariyati, o’zbek xalq musiqasi kuylari materiallarida asarlar ijod qilgan, Moskva xamda Leningrad kompozitorlaridir. Bular V. Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M. Ippolitov-Ivanovning “O’zbekistonning musiqali manzaralari”, S. Vasilenkoning “ Sovet sharqi” (bu asarlarning qismlaridan biri O’zbekistonga bag’ishlangan), V. Zolotarevning “O’zbek rapsodiyasi” va boshqalardir. M. Ippolitov-Ivanovning syuitasidan tashqari, eslatilgan asarlar respublika musiqali hayotida ahamiyatli o’rin egallamadi (ular deyarli ijro etilmadi ham). Bu ilk tajribalarning ahamiyati shundaki, ular o’zbek kuylarining simfonik qayta ishlanishini boshlab berdi, o’zbek xalq kuylarini keng madaniy aloqalar maydoniga olib chiqdi. 2.O’zbek kompozitorlarining simfonik asarlari. O’sha paytlarda Toshkent va Moskva musiqa o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yosh o’zbek kompozitorlari ham, o’z kuchlarini simfonik janrda sinab ko’rdilar. Muxtor Ashrafiy “Qurilish” marshi, Mutal Burxonov “ O’zbekiston qizi” syuitasi, Manas Leviev “Nurxon” poemasini yaratdi. (Bu asarlar partiturasi saqlanib qolmagan). 30-yillarning ikkinchi yarmi, simfonik musiqa sohasida yangi voqealar bilan nishonlandi. Bu yillarda respublikada o’z hayotini O’zbekiston san’ati bilan mustahkam bog’lagan A.F. Kozlovskiy va Georgiy Mushel ish boshladi. 1937-yilda Kozlovskiyning dasturli, farg’onacha syuitasi –“Lola” maydonga keldi. Asarning har bir qismi hayotning an’anaviy tiklanish bayramiga bag’ishlangan, muayyan tasviriy fikrni aks ettirdi: birinchi qism-- “Lolachilarni yig’ish va bozor maydonida kuzatish”, ikkinchi qism-- “ Farg’ona bog’larida tun”, uchinchi qism-- “ Lolachilarning qaytishi. Lola sayli”. Fikrning barcha “manzaraliligiga” qaramay, “Lola” musiqasi dinamikali bo’lib, aniq shaklga ega. Nur singdirilgan, quvnoq bayram kunining to’la jarayoni bilan to’lgan birinchi qismdan - “sonata shaklida yozilgan” janub kechasi timsolini yaratuvchi, o’ziga xos noktyurn, xushbo’y hid tarqatuvchi bog’lar, to’la noaniq shitirlagan ovoz, o’tkinchi soyalar tasvirlanadi. Syuita xotimasi birinchi qism yo’nalishini davom ettiradi: unda yana yangidan bayram sadolari paydo bo’ladi, uning musiqasi to’la dabdabali va harakatchandir. Final mavzusi Farg’ona vodiysida tarqalgan tojik xalq qo’shig’idan olingan. Uning harakatli sur’ati, jonli xarakteri syuitaning bu qismi mazmuniga juda mos tushgan. Final rivojining dinamik chizig’i, kulminatsiya eng yuqori nuqtaga chiqadigan joy -- kodaga olib keladi. “ Umumiy shodiyona o’zining apogeyiga etadi”—final kodasidagi niyatini kompozitorning o’zi ana shunday ta’riflagan edi. “Lola” da Rimskiy-Korsakov simfonizmi an’analari, tabiat va xalq turmushi hodisalarini gavdalantirishda, uning uchun xarakterli bo’lgan manzaralar bayoni konkretligi, original tarzda singdiriladi. Kozlovskiy syuitasidagi juda ko’p narsalar “Ispan kaprichchiosi” ning bayram shukuhliligi va shod-xurramligini yoki “Shahrizoda” ning yanada go’zalroq jilvalarini esga soladi. “Shahrizoda” bilan “Lola” ni dasturli simfoniya belgilarini beradigan keng musiqali mavzular ham yaqinlashtiradi. Shuningdek “Lola” ning partiturasi frantsuz ipressionistlari ko’proq Ravel, qisman Debyussi ( syuitasining ikkinchi qismi) merosidan ijodiy foydalanilganligi to’g’risida guvohlik beradi. Lola uslubida o’zbek musiqasining (ohang va kuylari xarakterli ritm intonatsiyalaridan foydalanishda) ta’siri sezilarlidir. O’zbek musiqasining o’ziga xos lad tabiati, ko’p hollarda “Lola”ning tabiiy ladlarning odatiy tuzilmalari bilan sug’orilgan lad garmonik tilini belgilaydi. Xalq ijrochilik usullari syuita fakturasida (oy cho’ziq tovushlar, xar-xil ritmik figuratsiyalar) tembr “bo’yoqlar” xususiyatlarida aksini topgan . Garchi xar-xil uslubiy manbalarning chatishuvi hamma vaqt ham uzviy “quyilishlar” (ilk bochqichlarida to’la tabiiylikka) olib kelmasa ham, Kozlovskiyning asarlari bir butun holda, bu murakkab ijodiy muammoni hal qilishning ishonchli namunasidir. Georgiy Mushelning birinchi simfoniyasi va Reyngold Glierning ikki asari – “Tantanali uvertyura” hamda “Farg’ona bayrami” uvertyurasining maydonga kelishi, 30-yillar oxirining mahsuli bo’ldi. Keyingi asar mamlakatimizning ko’p shaharlari, hamda chet ellarda ijro etildi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling