Иоганн Себастьян Бах


XX asrda opera, musiqali drama janrlarining rivojlanishi


Download 0.91 Mb.
bet42/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

1. XX asrda opera, musiqali drama janrlarining rivojlanishi. Zamonaviy musiqali teatr, ya’ni musiqali drama, opera, musiqali komediya, operetta kabi janrlar qachon va qaerda bunyodga kelgan degan savol doimo hammani qiziqtiradi. Ma’lumki, Italiyada XIV asrni oxirlarida Florentsiya shahrida istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vernioni tashabbusi bilan, uning saroyida, bir guruh shoirlar, sozanda va xonanda musiqachilar, aktyorlar, rassomlar doimiy ravishda yig’ilib, o’z san’atlari bilan o’rtoqlashar edilar. Ular qadimgi yunon teatrini qaytadan tiklash niyatida Esxil, Sofokl va Evripidlarning drama va tragediyalariga murojat qildilar, lekin bu dramaturglarni asarlariga o’z davrida kiritilgan musiqalar XVI asrga qadar etib kelmagani sababli, yangi musiqa bastalaydilar. Qizig’i shundaki, bu to’da a’zolari o’tkazgan ijodiy tajribalari, birinchilardan bo’lib, kelgusida yangi uslubli musiqali teatr va musiqali drama, opera, musiqali komediya janrlarini bunyodga kelishiga sabab bo’ladi deb hayollariga ham keltirmagan edilar. Shu to’da a’zosi, ulug’ astronom Galeleo Galileyning o’g’li, kompozitor, matematik, sozanda Vinchentso Galiley qadimgi yunon madaniyati va san’atining puxta bilimdoni, bir yunon dramasiga musiqa bastalaydi, undan so’ng yunon afsonasi "Orfey va Evridika"ga kompozitorlar Peri va Kachchinilar musiqa bastalaydilar, lekin ularning yaratgan musiqalari tragediyani atroflicha ifodalay olmadi. Bu kompozitorlardan ibrat olgan Mantuya gertsogi saroyida xizmat qiluvchi, kompozitor, xonanda va skripkachi-sozanda Klaudio Monteverdi "Orfey" nomli musiqali drama (opera) yaratadi. Zamonaviy musiqali teatr, musiqali drama va opera san’atining shakllanish va rivojlanish jarayoni va tarixi shu Monteverdining "Orfey" sahna asaridan boshlanadi. Chunki uning ijodida opera yoki musiqali drama janrlarining tashkil qiladigan asosiy jihatlar: adabiy mazmun (libretto), musiqa san’atining hamma turlari va janrlari, raqs san’ati, tasviriy san’at va sahna harakatlarining uzviy bog’lanishi (sintezi) mukammal ravishda shakllangan. Bundan tashqari, Monteverdidan avval opera yoki musiqali drama yaratgan kompozitorlar sahna asarda ishtirok etuvchi qahramonlarni musiqiy obraziga jiddiy ahamiyat bermaganliklari va bergan holda ham, ularning ruhiy his-tuyg’ulariga aloqador bo’lmagan musiqalar yaratganliklari sababli, ular tarixda chuqur iz qoldira olmadilar. Bu vazifani birinchilardan bo’lib Monteverdi bajardi. U shunday degan edi: "Musiqa, spektaklda tomashabinning vaqtini chog’ qilaman deb, ermak uchun sayr-tomosha bo’lib qolmasligi kerak. Sahna asarda musiqani asosiy vazifasi, uni boy va mo’’jizali tili, tebranish-harakatlari va turli vositalari bilan ishtirok etuvchi qahramonlarni ruhiy his-tuyg’ularini, hatti-harakatlarini va voqealarni muhitidan kelib chiqib, har bir sahnani musiqa sadolari btslan boyitish lozim. Men shu talabga o’z ijodimda amal qildim". Kelgusida musiqali sahna asar yaratuvchi ko’p kompozitorlar ham bu talabga amal qiladilar va bu uslub an’ana bo’lib qoladi.
Shunday qilib, Italiyada XIV-XVII asrlarda yangi uslubli musiqali sahna janri paydo bo’ldi. Uni avval "Musiqali drama" (ygatta reg tizyua), va kelgusi asrdan boshlab "OPERA" (italyancha - ORERA - so’z, harakat, ijod) deb atadilar. Bu ikki atamani ma’nosi bir bo’lsa ham, lekin ularni bir-biridan asosiy farqi quyida: "Musiqali drama"da ishtirok etuvchi personajlar, spektakl mazmunidagi dialoglarni oddiy so’z iboralari bilan, monologlar, ariya, ariozo, qo’shiq, romans va boshqa ovozli musiqa sadolari orqali ijro etadilar. Shunda, ba’zi bir asarlarda ishtirok etuvchi erkaklar va xotin-qizlar ovozlarining farqlanish turlarini oldindan partituraga kiritiladi, ba’zi-bir asarlarda umuman bular ko’rsatilmaydi. Shuning uchun artistlar qandayin tabiiy ovozga ega bo’lsalar, shu ovozda ijro etadilar. "Opera"da ishtirok etuvchi personajlar, asosan, dialoglarni -REChITATIV (ital. gesiaiuo, yoki gesyage - ifodali o’qish san’ati) orqali ijro qiladi. Rechitativ ikki xil bo’ladi: 1 - rechitativ zesso - quruq, tez, musiqa jo’rligida, so’zlarni burro-burro aytish. 2 - rechitativ assot - ohangli, ya’ni musiqa jo’rligida so’zlarni ohang (cho’zib) bilan aytish. Bulardan tashqari, musiqali drama bilan opera janrlarini farqlarini ajratish qoida uslublari, albatta ko’p. Lekin, yana bir asosiy farqlardan birisi shundaki, operada ishtirok etuvchi xotin-qizlar ovozi: koloroturali-soprano, soprano, metstso-soprano, alt, erkaklarniki: tenor, bariton, bas, va bas-profundo kabi ovozlarga bo’lingan holda operani partiturasiga yoziladi va musiqa asarni har bir ko’rinishida yoki pardasida ariya, ariozo, qo’shiq, xor, balet va rechitativlar to’xtovsiz ijro etiladi. Bularni hammasini operada musiqali dramaturgiya birlashtiradi. Musiqali dramada esa ishtirok etuvchi personajlarni so’z-dialoglari musiqa bilan almashtirilgan holda ijro etiladi. Aytish mumqinki, "Musiqali drama" va "Opera"larni, bir-birisidan farq qiluvchi, ko’rsatilgan ayrim alomatlari bo’lsada, lekin ularning tuzilishlari bir xildir. Shuning uchun bu uslubdagi musiqali teatr va janrlarni tuzilishi hamma davlatlarda bir xil, lekin ularning ichki hayoti, musiqiy til iboralari, ishtirok etuvchi personajlarning xarakterlari, tafakkuri, milliy ruh bilan sug’orilgan bo’ladi. Ovropa va Rossiyada bunyodga kelgan opera va balet teatrlar, asarlar va ularni yaratgan kompozitorlar hamda dramaturglar to’g’risida tarixiy manbalar mavjud. Ular orqali har bir musiqali teatrning yoki musiqali sahna asarni alohida-alohida bosib o’tgan yo’lini va musiqiy xususiyatlarini partitura yoki sahna, plastinkalar, kinofilmlar, audio va videokassetalar orqali tanishish, o’rganish mumkin.
Musiqali teatrlar Ovropa mamlakatlarida va Rossiyada, avval podshohlar, gertsoglar, dvoryanlar, knyazlar va yirik boylar saroylarida paydo bo’ldi va saroy ahliga xizmat qildi. XVIII asrdan boshlab, katta shaharlarda ham musiqali teatrlar qad ko’tara boshladi. Bu teatrlarda "Musiqali drama", "Opera-seria", "Opera-buffa", "Opera-balet", "Musiqali komediya" kabi janrlardagi musiqali sahna asarlar paydo bo’ldi. XIX asrda esa Ovropa davlatlarida va Rossiyada opera, balet va operetta san’ati avj oldi. Klassik asarlar va ularni yaratuvchi kompozitorlar etishib chiqdi. XX asrdan bu an’ana davom etib kelmokda. Umuman, teatr san’ati - insoniyat madaniyatining eng ulkan yutuqlaridan biridir.
Urush yillari O’zbekistonda yaratilgan A.Kozlovskiyning “ Ulug’bek”, O.Chishkoning “ Maxmud Torobiy” operalari sovet san’atining o’sha davrga oid xususiyatlari, tarixiy vatanparvarlik va tarixiy qaxramonlik mavzuiga intilishini aks ettirdi. Ikkala opera ham, o’zbek xalqining qahramonona o’tmishga bag’ishlangan bo’lib, davr talabiga javob berardi. Mazkur asarlar badiiy daraja jihatidan bir-biridan farqlanib, ularning sahnadagi taqdiri ham xar-xil bo’ladi.
“Ulug’bek” operasi, O’zbekiston musiqa madaniyatida ancha qiziqarli lekin ziddiyatli bo’lishiga qaramay, respublikada opera janri rivojida ma’lum o’rin egallaydi .Tasodifiy emaski, Kozlovskiy operani 1942 yilda yozib tugatib, keyinchalik asaridagi kamchiliklarini sezadi va ularni bartarf etish, shu orqali dastur hayotini davom ettirish niyatida 1958 yilda yangi redaktsiyani yaratadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling