Иоганн Себастьян Бах


XX asrda balet janrlarining rivojlanishi


Download 0.91 Mb.
bet43/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2.XX asrda balet janrlarining rivojlanishi. O’zbekiston kompozitorlarining balet janriga qiziqishi, aynan urushdan keyingi yillarda ancha kuchaydi. Agar 50-yillarda zamonaviy yoki eratk mavzuidagi yozilgan baletlarning musiqali sahna rivojida, epik qissalar harakteri ustun turgan bo’lsa, 60-70-yillar baletlarida shubhasiz, 50-yillar oxirida boshlangan, Sovet xoreografik san’atining bog’liq bo’lgan yirik dramatik to’liq spektakllar yaratishga keskin, ko’pincha fojeali syujetlarni ifodalashga intilishi seziladi. Xilma-xil mavzu va syujetlarda balet uchun an’anaviy mavzu bo’lgan sevishganlar taqdiri xaqida ( Manas Levievning “Suhayl va Mehri”, I.Akbarovning “Layli va Majnun”, M.Ashrafiyning “Sevgi tumori”, G.Mushelning “Bibixonim” baletlari) qahramonlik va vatanparvarlik (M.Ashrafiyning “Sevgi va qilich“ baleti), ijtimoiy ommabop mavzuda ( A.Kozlovskiyning “Tanovar” baleti) asarlar yaratildi.
Urushdan keyingi davr, balet san’atida G.Mushelning “Raqqosa” katta ahamiyatga molikdir. Balet Sovet O’zbekistoning san’atkor yoshlariga bag’ishlangan. Yoshlarning katta san’atga chiqishi, sahnaga intilishiga katta yoshli avlod ko’pincha e’tiroz bilan qarar edi. Balet stsenariysining asosiga ana shunday hayotiy ziddiyatlik olingan. Asar markazida, dastlab qishloq havaskorlik to’garagining eng yaxshi raqqosasi, so’ng xoreografiya bilim yurtining talabasi Gulnora obrazi turadi. Uning intilishlariga otasi qarshi chiqadi. Lekin bu ziddiyat, voqelikning bosh prujinasi bo’lib qolmaydi u osonlikcha echilib, voqelikka hikoya xarakterini baxsh etadi.
“Raqqosa” ning musiqali xoreografik kompozitsiyasi, uzining umumiy xususiyatlarida klassik balet spektakli tuzilishiga tayanadi. Buni kam vokelilik, raqs va pantomima epizodlarini almashinishi, yaxlit kompozitsiyaning asosi sifatida, klassik syuita va xalk raks syuitalari mavjudligida ko’rish mumkin. Birinchi akt-katta syuita, ikkinchi akt-bitta (xoreografik bilim yurtida dars jarayoni), uchinchisi-xilma-xil milliy rakslardan tuzilgan syuitani tashkil etib, nixoyat, final butun vokeani bayram ruxi (yoshlar va studentlar festivali)da yakunlochi aofeoz sifatida berilgan.
Balet musiqasi yorug’ lirik ohanglarda ifodalanadi va asosan, dramatik tarang epizodlardan holidadir. Balet partiturasida, etakchi muzikali obraz bo’lib, o’zbek xalq lirik qo’shiqlari “Qalk’a bandi“ va “Bulmasa” vositasida ifodalangan Gulnora obrazi turadi. “Qal’a bandi” ning kuyi, Gulnoraning asosiy leytmotivi bo’lib, qahramonning yumshoq, shoirona va nozik muzikali portretini ifodali gavdalantiradi.
Balet spektaklining o’zgacha janrini, Ik.Akbarovning “Layli va Majnun” baleti tashkil etadi. Balet xususiyati, avvalambor, kompozitor Navoiyning mashhur dostonini o’qishi va undagi obrazlarni ijodiy talqin etishiga bog’liqdir.
Bir aktli balet doirasida muzika mazkur poemaning konkret syujetini emas, balki uning emotsional mohiyatini: ikki dil sevgisi, bu sevgi sevinchi va baxti, xijron fojeasi va o’limni ifodalaydi. Dunyo adabiyoti ushbu mazmundagi afsonalarning juda ko’piga ega. Akbarov aynan shu nuqtai nazardan, bu abadiy syujetga yondashadi. “Layli va Majnun” baleti, o’zbek ijodkori muzikasida aks ettirilgan umuminsoniy afsona sifatida qabul qilinadi.
Balet avtori tomonidan adabiy syujet umumlashtirib, talqin etilishi sababli, muzikali to’qimasi yorqin nomoyon bo’luvchi, simfonizatsiyali, muzikali, xareografik poema yaratildi. Syujet roli bo’shashtirilgan va balet, zamonaviy xoreografiyada keng tarqalgan “balet simfoniya” janriga yaqinlashadi. “ Layli va Majnun “ muzikasi bayonining qizg’inligi bilan ajralib, bunga relefli, ifodali kuyning etakchiligida simfonik rivojni teranlashtirish va kuchaytirish natijasida erishiladi. Baletda bosh ahamiyatga quyidagi tema teziz ega.
Ovozning baland-pastligi jihatidan, mazkur tema o’zbek monodiyasi uchun tipikdir. U butun balet muzikasidan o’tibgina qolmay, balki rivojlanish jarayonida yangi tematik tuzilmalarini yaratishda serimkoniyat “manba” sifatida xam o’zini ko’rsatadi. Ijodiy niyatga ko’ra, asar muzikasi obrazlarning individual xarakteristikalariga ega emas, lekin g’oyaviy niyatni u obrazli, simfonik umumlashmada ifodalaydi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling